85 Tovar ishlаb chiqаrishning vujudgа kеlishi va rivojlаnishi sаbаblаri



Yüklə 110,22 Kb.
səhifə6/6
tarix26.04.2023
ölçüsü110,22 Kb.
#107068
1   2   3   4   5   6
85 96 gacha javob

96Qiymаtning mехnаt nаzаriyasi
. Qiymatning mehnat nazariyasi asoschilari bo'lib Uilyam Petti,
Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi. U.Petti qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo'lib, u qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi Tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko'rsatib o'tgan. Biroq, U.Petti tovaming iste’mol qiymati va qiymati o'rtasidagi farqni ko'ra olmagan. U tovaming qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga
sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan. A.Smit o'zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to'g'risida tadqiqotlar» (1776 y.) nomli asarida tovaming iste’mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo'lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo'lgan o'rtacha mehnat belgilab berishini ko'rsatib o'tgan. D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo'lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini isbotlab bergan. U tovaming iste’mol qiymati va qiymati o'rtasidagi farqni aniq ko'rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovaming qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishini ta’kidlagan. Demak, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha, tovarlami ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o'lchanadi. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi aloqalami, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag'batlantirishni tartibga soluvchi, obyektiv qiymat qonunini mavjud bo'lishini tan oladi. Ular fikriga ko'ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.
tamon
Yüklə 110,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə