5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»


Bilishda sub’yekt va ob’yektning o’zaro aloqasi



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə14/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Bilishda sub’yekt va ob’yektning o’zaro aloqasi. Bilish dunyoning ob’yekt va sub’yektga
bo’linishini nazarda tutadi.
Falsafada bu tushunchalar jonli mavjudot bo’lgan insonni bilish jarayoniga olib kiradigan va
bu jarayonga salbiy ta’sir ko’rsatadigan sub’yektivlikdan uzoqlashish uchun ishlab chiqilgan.
Bilimning ob’yektivligi, haqiqatning sub’yektdan mustaqilligini e’lon qilinganda namoyon
bo’ladi. Sxolastika tabiatshunoslikning rivojlanishiga to’sqinlik qilgan sharoitda ilmiy bilish
sub’yektlarining o’tkinchi manfaatlari ko’pincha ob’yektivlikka xalaqit bergan, shu bois bu
tushunchalarning aniq farqlanishi o’rinli bo’lgan. Faylasuflarni sub’yektning ob’yektga ta’siri
muammolari, anglab yetilayotgan ob’yektga sub’yektivlikning ta’siri yo’llari va xususiyati
masalalari tobora ko’proq qiziqtira boshlagan hozirgi kunda ham bu muammo o’z ahamiyatini
yo’qotgani yo’q.
Sub’yekt – bu bilish faolligining manbai. Sub’yekt deganda odatda individ tushuniladi. Biroq
bu uncha to’g’ri emas. Sub’yekt – bu, albatta, avvalo bilish qobiliyatiga ega bo’lgan individ.
Sub’yekt – bu mikroguruh, ijtimoiy guruh sinf, jamiyat hamdir. Tafakkur jarayoni amalga
oshadigan bosh miya po’stlog’ida tafakkur muayyan insonning harakatlari, uning kechinmalari,
his-tuyg’ulariga qaratilishi mumkin: bu holda ong o’zining alohida jihati – o’zlikni anglash
sifatida amal qiladi, tafakkur (individ doirasida) nimaga qaratilgan bo’lsa, shu ob’yekt bo’ladi.
Sub’yekt negizi butun ijtimoiy yaxlitlikni tashkil etuvchi murakkab iyerarxiyadan iborat.
Pirovard natijada bilim va donishmandlikning oliy yaratuvchisi – butun insoniyat. Uning tarixiy
rivojlanishida uncha yirik bo’lmagan birliklar ajratiladi, bu birliklar sifatida ayrim xalqlar amal
qiladi. Har bir xalq o’z madaniyatida qayd etiladigan me’yorlar, g’oyalar va qadriyatlarni
yaratib, asrdan asrga bilish faoliyatining alohida sub’yekti sifatida o’tib keladi. U tabiat
hodisalari, hayvonlar yoki o’simliklarning shifobaxsh xossalari, turli xalqlarning huquqlari va
urf-odatlari haqida ma’lumotlar to’playdi. Jamiyatda maxsus vazifasi va mashg’uloti hayot
uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan bilimlar yaratishdan iborat bo’lgan individlarning tarixiy
guruhlari ajratiladi. Xususan, sub’yekti olimlar hamjamiyati bo’lgan ilmiy bilimlar shunday
bilimlar jumlasidan. Bu hamjamiyatda qobiliyati, iste’dodi va bilimi bilan bilish sohasida yuksak
natijalarga erishadigan ayrim individlar alohida o’rin tutadi.
Bu odamlarning ismlari tarixda ilmiy g’oyalar evolyutsiyasidagi buyuk bosqichlar ramzi
sifatida saqlanib qoladi.
Bilishning haqiqiy sub’yekti hech qachon faqat gnoseologik xususiyatga ega bo’lmaydi: u
o’z mayllari, qiziqishlari, fe’l-atvori, mijozi, aql yoki aqlsizlik, qobiliyat yoki qobiliyatsizlik
darajasiga ega bo’lgan, irodali yoki irodasi bo’sh tirik shaxs. Biroq ko’pincha bilish sub’yekti
deganda intellektual faollikning qandaydir shaxssiz mantiqiy bo’lagi tushuniladi.
Sub’yektning bilish faoliyati faqat muayyan tarixiy kontekstda aniq tushunchalarda
namoyon bo’lishi mumkin. Ilmiy bilish nafaqat sub’yektning ob’yektga nisbatan, balki o’ziga,
o’z faoliyatiga nisbatan ham ongli munosabatini, ya’ni tadqiqotchilik faoliyati shartlari, usullari,
me’yorlari va metodlarini bilishi, an’analarni hisobga olishi va hokazolarni nazarda tutadi.
Borliqning muayyan parchasi izlanayotgan tafakkur diqqat markazidan o’rin olgach, bilish
ob’yektini tashkil etadi, sub’yekt bilan «sub’yekt – ob’yekt» munosabatlariga kirishib, ma’lum
ma’noda sub’yektning «mulki»ga aylanadi. Binobarin, sub’yektning ongiga bog’liq bo’lmagan
o’zicha borliq va sub’yekt bilan yuqorida zikr etilgan munosabatga kirishgan borliq mavjud. U



go’yo sub’yektni o’zini bilishga da’vat etadi. Bir so’z bilan aytganda, sub’yekt bilan


munosabatga kirishgan ob’yekt oddiy borliq emas, balki u yoki bu darajada anglab yetilgan,
ya’ni ong – o’zining bilishga intilishida ijtimoiy belgilangan ong daliliga aylangan borliqdir, shu
ma’noda bilish ob’yekti endi ijtimoiy dalilga aylanadi.
Ob’yekt – bu sub’yektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki hodisa. Asbob ham
(o’rganilayotgan va ta’mirlanayotganida), boshqa individ ham, individ bilan bog’liq narsa va
hodisalar ham ob’yekt bo’lishi mumkin. «Ob’yekt» tushunchasini ob’yektiv borliq bilan
aralashtirmaslik kerak. Masalan, hayvonlarning hujayralaridagi xromosomalar ular sitologiya va
genetikada o’rganish «ob’yekti»ga aylanishidan oldi ham ob’yektiv mavjud bo’lgan, biroq kashf
etilganidan keyingina o’rganish «ob’yektlari»ga aylangan.
Bu tushunchalar nafaqat bilish faoliyati, balki amaliy va baholash faoliyati bilan ham
bog’liq.
Bilish faoliyatida sub’yekt ob’yektsiz, ob’yekt esa – sub’yektsiz mavjud bo’lmaydi.
Masalan, gen jonli narsalar tarkibida mavjud bo’lgan holda, nafaqat antik davrda, balki
J.B.Lamark va CH.Darvin uchun ham ilmiy tafakkur ob’yekti bo’lmagan. Olimlar bu ko’zga
ko’rinmas biologik borliqni ma’lum vaqtgacha o’z bilish faoliyatining ob’yekti sifatida aniqlay
olmaganlar. Bunga nisbatan yaqinda, dunyoning umumiy ilmiy manzarasida jiddiy o’zgarishlar
yuz berganidan so’ng muvaffaq bo’lindi. YOki, aytaylik, ilmiy tafakkur, texnika yutuqlari va
ijtimoiy shart-sharoitlar atigi bir necha o’n yilliklar muqaddam Kosmosning olis kengliklarini
tadqiqot ob’yektiga aylantirish imkonini berdi.
Hozirgi zamon gnoseologiyasida bilish ob’yekti va predmetini farqlash odat tusini olgan.
Bilish ob’yekti deganda borliqning o’rganilayotgan amalda mavjud bo’laklari tushuniladi. Bilish
predmeti – bu izlanayotgan fikrning diqqat markazidan o’rin olgan muayyan jihatlar. Masalan,
inson juda ko’p fanlar – biologiya, tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, falsafa va hokazolarning
tadqiqot ob’yekti hisoblanadi. Biroq ularning har biri insonni o’rganishga o’z nuqtai nazaridan
yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq-atvorini, tibbiyot –
insonning kasalliklari va ularni davolash usullarini o’rganadi va h.k. Binobarin, tadqiqot
predmetiga tadqiqotchining muhim mo’ljali kiradi, ya’ni u tadqiqot vazifasi nuqtai nazaridan
shakllanadi.
Ma’lumki, inson tarix yaratuvchisi, sub’yekti hisoblanadi, o’z tarixiy mavjudligining zarur
shart-sharoitlari va asoslarini o’zi yaratadi. Ijtimoiy-tarixiy bilish ob’yekti odamlar tomonidan
nafaqat o’rganiladi, balki yaratiladi ham, demak, ob’yektga aylanishdan oldin u yaratilishi,
shakllantirilishi lozim.
SHunday qilib, ijtimoiy bilishda inson o’z faoliyatining mahsuli, amaliy faol jonzot bo’lgan
o’zi bilan ham ish ko’radi. Bilish sub’yekti bo’lgan inson shu tariqa uning ob’yektiga ham
aylanadi. SHu ma’noda ijtimoiy bilish insonning ijtimoiy o’zlikni anglash jarayonidir. Bunda
inson tarixiy rivojlanish jarayonida yaratiladigan o’zining ijtimoiy mohiyatini o’zi uchun kashf
etadi va o’rganadi.
SHu sababli ijtimoiy bilishda sub’yekt va ob’yektning o’zaro aloqasi murakkablashadi, bu
yerda ob’yekt bir vaqtning o’zida tarixiy ijod sub’yekti hamdir.
Ijtimoiy bilishda hamma narsa va hodisalar inson sohasida aylanadi: bilish ob’yekti –
odamlarning o’zi va ular faoliyatining natijalari, bilish sub’yekti ham insondir. Bilish jarayoni
shohidlarning guvohliklari, hujjatlar, so’rovlar, so’rovnomalarsiz, odamlar yaratgan mehnat
qurollari va madaniy yodgorliklarisiz bo’lishi mumkin emas.
Bularning barchasi ijtimoiy bilishga ma’lum darajada o’z ta’sirini o’tkazadi va uning o’ziga
xos xususiyatlarini shakllantiradi. Ayni shu sababli ijtimoiy bilishda olimning grajdanlik
pozitsiyasi, uning ma’naviy qiyofasi, haqiqat ideallariga sodiqligi juda muhimdir.

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə