5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə13/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

SHaxsiy bilim. Bilim shakllari to’g’risida so’z yuritar ekanmiz, M.Polani tomonidan ishlab
chiqilgan shaxsiy bilim konsepsiyasini chetlab o’tishimiz mumkin emas. Olim o’z konsepsiyasini
tuzishda bilim – anglash mumkin bo’lgan narsalarni faol o’zlashtirish, alohida mahorat va
alohida vositalarni talab qiluvchi harakat, degan tamoyildan kelib chiqqan. Madomiki fanni
odamlar yaratar ekan, bilish faoliyati jarayonida olinadigan bilimlarni (xuddi shu jarayonning
o’zi kabi) odamlardan ajratish mumkin emas. Demak, odamlarni (aniqrog’i, o’z qiziqishlari,
maqsadlari va mo’ljallariga ega bo’lgan olimlarni) ular yaratayotgan bilimlardan ajratib yoki
boshqa odamlar bilan almashtirib bo’lmaydi.
Polani fikriga ko’ra, shaxsiy bilim muqarrar tarzda intellektual salohiyatni talab qiladi. Unda
nafaqat bilish borlig’i, balki bilishga harakat qilayotgan shaxs, uning bilimga qiziqishi, bilimni
talqin qilish va undan foydalanishga nisbatan shaxsiy yondashuvi, uni o’ziga xos tarzda anglab
yetishi mujassamlashadi.
SHaxsiy bilim nafaqat qandaydir fikr-mulohazalar majmui, balki shaxsning kechinmalari
hamdir. SHaxs bilimni shunchaki qayd etmaydi, balki u bilan birga yashaydi.
Ijtimoiy bilim asosan o’zi o’rganayotgan borliqning sifat tomonini tavsiflashga qarab
mo’ljal oladi. Bu yerda hodisalar va jarayonlar miqdor va umumiylik nuqtai nazaridan emas,
balki sifat va xususiylik nuqtai nazaridan o’rganiladi. SHu sababli miqdor metodlarining ulushi
bu yerda tabiiy-matematik siklga mansub fanlarga qaraganda kamroq. Biroq bilimning
matematikalashuvi, komp’yuterlashuvi jarayonlari bu yerda ham tobora kengroq tus olib
bormoqda.
«Inson borlig’i», ijtimoiy bilim predmeti sifatida, o’ziga xos xususiyatga ega bo’lganligi
tufayli, unda matematik apparatdan foydalanish ancha mushkul. Bu sohaga matematik
metodlarni tatbiq etishga ijtimoiy ob’yektlarning o’ta individualligi (va hatto betakrorligi),
sub’yektiv (shu jumladan sof irratsional) jihatlar doimo mavjudligi, nazorat qilib bo’lmaydigan,
tasodifiy munosabatlarning ko’pligi, ma’nolarning mujmalligi, nomukammalligi va hokazolar
xalaqit beradi.
Biroq bu ijtimoiy fanlarni matematikalashtirish mutlaqo mumkin emasligidan dalolat
bermaydi. Bu borada toq to’plamlar nazariyasiga katta umid bog’lanmoqda. Toq to’plamlar
deganda chegaralari aniq bo’lmagan to’plamlar tushuniladi, bunda elementlarning mazkur
to’plamga mansubligidan unga mansub emasligiga o’tish keskin emas, balki asta-sekin yuz
beradi.
Ijtimoiy fanlarda miqdor metodlaridan foydalanish tobora keng va samarali tus olib
bormoqda. Ularning ayrimlari (iqtisodiyot, sotsiologiya)dan miqdor metodlari mustahkam o’rin



olgan, ayrimlari (tarix, san’atshunoslik va boshqalar)ga esa ular ehtiyotkorlik bilan kirib


bormoqda. Masalan, tarix fani doirasida matematik metodlar tarixni o’rganishning asosiy
vositasi bo’lgan alohida fan – kiometriya (so’zma-so’z ma’nosi – tarixni o’lchash) yuzaga keldi
va shakllanmoqda. Biroq, ijtimoiy fanlarda matematik metodlar qay darajada keng
qo’llanilmasin, ular bu fanlar uchun asosiy emas, balki yordamchi metodlar bo’lib qolayotir.
Ijtimoiy bilimda empirik va nazariy unsurlarning o’ziga xos uyg’unligi kuzatiladi. Ijtimoiy
bilimda empirik metodlarning imkoniyatlari cheklangan bo’lsa-da, ular bu yerda tobora kengroq
va o’ziga xos tarzda qo’llanilmoqda. Bular, avvalo, ko’rib chiqilayotgan hodisalarning sof
ob’yektiv xossalarini emas, balki ularning insoniy ko’rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan
so’rovlar, anketalash, testlash, modelda eksperiment o’tkazish va hokazolardir.

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə