403-guruh talabasi Maxammadiyeva Sitora Savollar


MURAKKAB QO‘SHMA GAPLAR TURLARI



Yüklə 52,21 Kb.
səhifə5/11
tarix20.05.2023
ölçüsü52,21 Kb.
#111649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
403-guruh talabasi Maxammadiyeva Sitora Savollar

MURAKKAB QO‘SHMA GAPLAR TURLARI
Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar
Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap
Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
Aralash murakkab qo‘shma gaplar
Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar
Bunday gaplar tarkibida uchta va undan ortiq sodda gap o‘zaro bog‘lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog‘langan bo‘ladi (avvalgi mavzuda bu gaplar bog‘lovchilarsiz tuzilgan murakkab qo‘shma gap deb atalgan edi): Bu sahroda maysalar ham, chechaklar ham yo‘q, qushlar, bulbullar ham sayramaydi, buloqlar qaynab toshmaydi.
Aralash murakkab qo‘shma gaplar
Tarkibida ham ergashgan qo‘shma gap, ham bog‘langan qo‘shma gap yoki bog‘lovchisiz qo‘shma gap ishtirok etgan gaplar aralash turdagi qo‘shma gaplar deyiladi. Bunday qo‘shma gaplar to‘rt va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.
Bunday gaplar tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo‘ladi: Tog’ va osmon shunday tiniqki, nafas olish shunday yengilki, keksa odam ham bu yerda musaffo bolalik yillarini eslaydi
Birdan ortiq ergash gap bir bosh gapga tobelanib kelsabir necha ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bunday gaplar tarkibidagi ergash gaplar bosh gapdan, shuningdek, bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Botirjon klubdan chiqqanida, quyosh sharq ufqida terak bo‘yi ko‘tarilib, bulut darvoza oralig‘ida charaqlab turardi.
Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap
Ergash gaplarni bosh gapga bog’lanishi
To‘g’ridan-to‘g’ri ergashish (birgalik ergashish). 
Ketma-ket ergash gap. 
To‘g’ridan-to‘g’ri ergashish (birgalik ergashish). Ergash gaplarning har biri to‘g’ridan-to‘g’ri bosh gapga bog‘lansa, birgalik ergash gap deyiladi. Bunday gaplardagi ergash gaplar
1) bir xil ergash gaplar (uyushgan) bo‘ladi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi; 
2) har xil ergash gaplar (uyushmagan) bo‘ladi: Bordi-yu, rost bo‘lsa, hammasi emas, yarmi rost bo‘lganda ham, juda xunuk gap-ku!
Ketma-ket ergash gap.
Har bir ergash gap to‘g’ridan-to‘g’ri bosh gapga bog‘lanmasdan, biri ikkinchisiga ketma-ket bog‘lansa, ketma-ket ergashish deyiladi. Bunday gaplar tarkibida turli xil ergash gaplar qatnashadi: Bahorda havo noqulay kelib, g‘o’zaning parvarishi kechikkan bo‘lsa ham, hosil mo‘l bo‘ldi.


7. Sodda gaplar grammatik asosiga(ega va kesim ishtirokiga) ko’ra ikki xil bo’ladi; ikki bosh bo’lakli gap va bir bosh bo’lakli gap.
1.Ikki bosh bo’lakli gap. Gapning grammatik asosida ikki xil bosh bo’lak, ya’ni ega va kesim ishtirok etsa, bunday sodda gap ikki bosh bo’lakli hisoblanadi.

Yüklə 52,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə