403-guruh talabasi Maxammadiyeva Sitora Savollar



Yüklə 52,21 Kb.
səhifə1/11
tarix20.05.2023
ölçüsü52,21 Kb.
#111649
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
403-guruh talabasi Maxammadiyeva Sitora Savollar


403-guruh talabasi Maxammadiyeva Sitora
Savollar:

  1. Sintaksis qanday masalalar bilan shug’ullanadi?

  2. Gap deb qanday til birligiga aytiladi?

  3. Gaplar qanday nuqtai nazardan turlarga bo’linadi?

  4. Sodda va qo’shma gaplar qanday mezon asosida farqlanadi?

  5. Qo’shma gaplarning qanday turlarini bilasiz?

  6. Qanday gaplar murakkab qo’shma gaplar deyiladi?

  7. Gap bo’laklari qanday vazifalarni bajaradi?

  8. So’z birikmalari qanday nuqtai nazardan turlarga ajratiladi?

  9. Sintaktik munosabat vositalari nimalardan iborat?

  10. Gapning aktual bo’linishi deganda nimani tushunasiz?



Javoblar:
1. Sintaksis yunoncha “Sintaksis” so’zidan olingan bo’lib, ”Tuzish” degan ma’noni anglatadi. Sintaksis grammitikaning bir bo’limi bo’lib, bunda so’zlarning va gaplarning o’zaro aloqasini, so’z birikmalari va gaplarning turlarini, birikish usullarini o’rganadi.
Bu jihatdan sintaksis morfologiyadan farqlanadi. Chunki morfologiya so’zlarning tuzilishi, yasalishi, turlanishi, tuslanishi kabilarni tekshiradi. Sintaksis esa, ana shu formalarning dinamikasini, ularning funksiyasini ma’lum bir fikrni ifodalashdagi rolini o’rganadi.
Morfologiya va sintaksis bir-birini to’ldiruvchi, o’zaro munosabatda bo’lgan sohalardir. Gap-turlari – darak, so’roq, buyruq, undov gaplarning bir-biridan farqlanishi, asosan kesimlarning qanday so’z turkumi orqali ifodalanishiga bog’liq.
Masalan:
1. Nosir bu ertakni buvisidan eshitdi.-Darak gap.
2. Ekskursiyaga kim qatnashmadi? – So’roq gap.
So’z birikmalari ham boshqaruvchi, ya’ni bosh so’zning qanday so’z turkumi ekanligiga qarab, tasnif qilinadi. Sintaksisda esa, ergash gaplar bosh gap tarkibidagi ayrim belgi xususiyatlariga ko’ra ega, kesim, to’ldiruvchi, aniqlovchi ergash gaplarga ajratiladi.
Demak, har bir sintaksisning kategoriyasi morfologiya bilan bog’langan holda tahlil qilinadi va belgilanadi. Ba’zan esa bu ikki sohani, ya’ni morfologiya va sintaksisni bir-biridan ajratish ham qiyin bo’ladi.
Masalan: Kelishiklar morfologiyada ham, sintaksisda ham o’rganiladi. Ammo morfologiyada, asosan kelishik yolg’iz formal jihatdan, ya’ni kelishikning formasi, qanday so’z turkumiga qo’shilishi tekshirilsa, sintaksisda esa kelishikning vazifasi, qanday so’zlar bilan, bo’laklar bilan bog’lanishi o’rganiladi. Ammo kelishikning vazifasi ham hisobga olinadi.
Shuningdek, sintaksis kategoriyalari morfologik kategoriyalarga teng emas. Masalan: Bizning oila - to`q oila.
Bu jumladan, morfologik jihatdan to’rt so’z, uch xil so’z turkumi bor. (olmosh, ot, va sifat, ot). Sintaktik jihatdan esa faqat bitta bo’lak –ega va kesim mavjud xolos.
Demak, sintaksisda so’zlar kengroq aspektda, ularning ma’nosi va vazifasi hisobga olingan holda tekshiriladi.


2. Voqelikni va unga bo'lgan munosabatni ifoda qilish uchun grammatik jihatdan shakllangan, ohang va mazmun jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lgan so'z yoki so'zlar bog'lanmasi gap deyiladi.
Ma'lumki, kishilar o'zaro fikr almashadilar, aloqa qiladilar, bunday aloqa aralashuv faqat gap orqali yuzaga keladi. Shuning uchun gap fikrni ifoda etuvchi nutq birligidir.
Gapning asosiy belgilari quyidagilar:
1. Gap asosan so'zlarning ma'lum grammatik qoidalari asosidabirikuvidan hosil bo'ladi. Masalan: Dars boshlandi.
2. Gapning yana muhim belgilaridan biri hukm(predikativlik)dir. Bunda so'zlovchining aytilayotgan fikrigabo'lgan munosabati ifoda qilinadi. Hukm (predikativlik moddalik,zamon, shaxs-son kategoriyalarini o'z ichiga oladi. Hukmso'zlarning predikativ munosabatiga kirishuvi bilan (ega va kesimaloqasi) ifodalanadi. Masalan:
Yoshlar mustaqil vatanga sodiq bo'ling!
3. Gap ohang (intonatsiya) tugalligiga ega. Ohang, birtomondan, bir qancha so'zlar bir gapni tashkil etganligini ko'rsatsa.ikkinchidan, gapning tugallanganligini ko'rsatadi. bu esa yozuvda turli tinish belgilari orqali ifodaetiladi. Masalan: Ular butun vujudi bilan ishga sho'ng'ib ketishgandi-yu, ammo texnika yetishmasdi.(Ch.A.)
Oltinsoy tongi naqadar go'zal! (Sh.R.)Yuragimni hech sezasanmi men sevaman, sen sevasanmi? (qo'shiq). Birinchi gapda xabar ohangi bo'lgani uchun (.), ikkinchi gapda his-hayajon ohangi bo'lgani uchun (!), uchinchi gapda so'roq ohangi bo'lgani sababli (?) belgilari qo'yilgan.
4. Gap fikriy jihatdan nisbiy tugallikka ega. Bu esa ma'lumsharoit bilan bog'liq. Ba'zan bir so'z ham gap bo'lishi mumkin.Masalan: Kuz oltin fasl. Pishiqchilik. To'kin-sochinlik.



Yüklə 52,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə