403-guruh talabasi Maxammadiyeva Sitora Savollar



Yüklə 52,21 Kb.
səhifə6/11
tarix20.05.2023
ölçüsü52,21 Kb.
#111649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
403-guruh talabasi Maxammadiyeva Sitora Savollar

Gap bo’laklari gapdagi vazifasi, o’rniga qarab bosh bo’laklar (ega va kesim) va ikkinchi darajali bo’laklar (to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol ) ga ajratiladi. Ega va kesim ikki bosh bo’lakli gapning grammatik asosini tashkil etadi.
Ega. Gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, boshqa bo’laklarga grammatik tobe bo’lmagan bo’lak egadir. Ega kim?, nima?, qaer? so’roqlarini oladi. Ega bosh kelishikda bo’lib, quyidagicha ifodalanadi:
a) ot bilan: Daraxt shoxlari egildi.
b) olmosh bilan: U menga yoqmaydi.
v) otlashgan so’zlar bilan:To’g’ri o’zadi, egri to’zadi.
g) ibora bilan: Qildan qiyiq axtarish uning odati bo’lib kelgan.
Kesim. Ega haqidagi xabarni bildirib, unga grammatik tobe bo’lgan bo’lak kesim deyiladi. Kesim quyidagicha ifodalanadi:
a) fe’l bilan: Mehnat insonni ulug’laydi.
b) sifat bilan: Voqeadan hamma xabardor.
v) ot, son, olmosh, ravish bilan: Mening akam student; Ikki o’n besh-bir o’ttiz. Bularning bari sizniki. Dangasaning vaji ko’p.
Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga qarab ikki xil bo’ladi: fe’l-kesim, ot-kesim.
Fe’l-kesim fe’l yoki uning sifatdosh, ravishdosh shakllari bilan ifodalanadi, fe’l-kesim tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: sodda fe’l-kesim , murakkab fe’l-kesim. Sodda fe’l- kesimlar sof fe’l shakllari bilan ifodalanadi: Maktabni tugatdik. Murakkab fe’l-kesim ikki so’zdan iborat bo’ladi: xatni yoza oladi. Mevalar pisha boshladi.Bu fikrni hammaning oldida aytdi-qo’ydi.
Ot-kesim fe’l bo’lmagan so’zning kesim vazifasida kelishidir. Ot-kesim ham sodda va murakkabga ajratiladi. Bir so’z bilan ifodalangan kesim sodda ot-kesim deyiladi: Yoshlik-inson umrining oltin davri.
Murakkab ot-kesim quyidagicha tuziladi: a) ot,sifat, son, olmosh, ravish hamda bo’lmoq fe’li yoki to’liqsiz fe’ldan iborat bo’ladi: Mehnatning noni shirin bo’ladi. Uning maqsadi shu edi.
b) yo’q, bor, oz,ko’p, zarur, lozim, kerak kabi so’zlar hamda bo’lmoq fe’li yoki to’liqsiz fe’ldan iborat bo’ladi: Sharpa bir zumda yo’q bo’ldi. Suyanadigan hech kimi yo’q edi.
v) Harakat nomi hamda kerak, zarur kabi so’zlardan iborat bo’ladi: O’quvchi intizomli bo’lishi kerak.

Yüklə 52,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə