403-guruh talabasi Maxammadiyeva Sitora Savollar



Yüklə 52,21 Kb.
səhifə8/11
tarix20.05.2023
ölçüsü52,21 Kb.
#111649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
403-guruh talabasi Maxammadiyeva Sitora Savollar

Gap bo’laklari tartibi ikki xil bo’ladi: odatdagi tartib, o’zgargan tartib. Odatdagi tartibda gap bo’laklari tartibi quyidagicha bo’ladi:



  1. Ega (aniqlovchisi bilan) avval, kesim gap oxirida keladi; Ilg’or yoshlar to’plandilar.

  2. Payt holi egadan oldin keladi: Kecha yosh havaskorlar to’plandilar.

  3. To’ldiruvchilar (aniqlovchisi bilan) egadan keyin keladi. Jamoa a’zolari xorijiy mehmonlarga bayram chiqishlarini namoyish etdi.

  4. Vaziyat holi kesimdan avval keladi: Uzoqdan daryo mavjlanib ko’rinar edi.

Gap bo’laklari tartibining o’zgarishi inversiya deyiladi. Inversiya ma’lum maqsadlarda amalga oshiriladi: O’zgargan tartib-inversiya asosan she’riyatda uchraydi: Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o’zbegim.
Ma’no urg’usi gap bo’laklari tartibining o’zgarishi orqali namoyon bo’ladi. Biz konsertga kecha bordik. Ma’no urg’usini olgan bo’lak kesimdan oldin joylashadi.
Ikki bosh bo’lakli gaplar ikkinchi darajali bo’laklar ishtirokiga ko’ra yig’iq va yoyiq gaplarga ajratiladi. Faqat bosh bo’laklar (ega va kesim)dan iborat gap yig’iq gap deyiladi. Talabalar qatnashdilar. Ikkinchi darajali bo’laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq sodda gap deyiladi.


8. Odatda, nutqda, gapda so`zlar ma’lum qonun-qoidalar asosida o`zaro ma’no va grammatik jihatdan bog`langan bo`ladi. Masalan, qiziqarli kitob, toqqa chiqmoq, tez o`qimoq. Bunday juftlik bir butunlik hosil qilib, yaxlit, lekin o`z ichida qismlarga bo`linadigan bir butun tushunchani bildiradi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so`z va so`z shakllarning nopredikativ tobe aloqasi asosida birikishidan hosil bo`lgan bog`lama so`z birikmasi deyiladi.
So`z birikmasi mustaqil so`zlarning bog`lanishidan hosil bo`ladi, yordamchi so`zlar (ko`makchilar) o`z oldidagi mustaqil so`z bilan birikmaning bir qismi, a’zosi sanaladi. Masalan, do`stlik haqida suhbatlashmoq, qarsaklar bilan olqishlamoq kabi.
So`z birikmasi tarkibidagi so`zlardan biri hokim, ikkinchi tobe bo`ladi. So`z birikmasi boshqaruv, bitishuv, muvofiqlashuv usullari bilan hosil bo`ladi.
So`z birikmasi frazeologik iboralardan farq qiladi. Frazeologik iboralar so`z kabi til birligi bo`lib, so`z kabi tayyor holda qo`llanib, bir butun holda lug`aviy ma’no ifodalaydi va gapda bitta gap bo`lagi vazifasini bajaradi. So`z birikmasi esa nutq birligi bo`lib, nutq so`zlanib turgan paytda tuziladi va tarkibidagi qismlar, a’zolar boshqa-boshqa gap bo`lagi vazifasini bajaradi.
So`z birikmasini gapdan farqlash lozim. So`z birikmasi tushuncha ifodalab, nominativ (nomlash, atash) vazifasini bajaradi, shuning uchun intonatsion tugallikka ega bo`lmaydi. Gap esa fikr bildirib, kommunikativ (aloqa qilish) va kognitiv (fikr almashish) vazifalarini bajaradi. So`z birikmasi kamida ikki mustaqil so`zdan tuzilsa, gap ba’zan bir so`zdan ham tashkil topishi mumkin.
So`z birikmasi o`zaro teng bog`langan so`zlardan ham farq qiladi. Masalan: Maqsad va marom insonning eng buyuk quvvatidir. (Oz-oz o`rganib dono bo`lur). Bunda maqsad va maarom so`zlari o`zaro teng bog`lanib, gapda uyushiq bo`lak hosil qilib, so`z birikmasi sanalmaydi.
So`z birikmalari quyidagi xususiyatlari asosida tasnif qilinadi:
1. So`z birikmalari qismlarining grammatik tabiatiga ko`ra.
2. So`z birikmalarining tuzilishiga ko`ra.
So`z birikmalari qismlarining grammatik tabiatiga ko`ra tasnif qilinganda, hokim a’zoning qaysi so`z turkumidan ekanligi, tobe a’zoning sintaktik vazifasi asosga olinadi.
8-§. So`z birikmalari hokim qismning qaysi so`z turkumidan ekanligiga ko`ra quyidagi turlarga ajratiladi: 1) otli birikma; 2) fe’lli birikma; 3) sifatli birikma; 4) ravishli birikma; 5) modal so`zli birikma.
1. Otli birikma. Bunday birikmaning hokim so`zi vazifasida ot, otlashgan so`zlar keladi va u quyidagi ko`rinishlarga ega bo`ladi:
Hokim qism vazifasida ot keladi: g`ayratli odam, samimiy inson, ezgu niyatli kishi.
Hokim qism sifatida olmosh keladi: bolaning o`zi, Karimaning o`zi.
Hokim so`z sifatida otlashgan sifat keladi: kishilardan eng mardi, qizlarning sarasi.
Hokim qism vazifasida otlashgan son keladi: talabalarning beshtasi, o`quvchilardan biri.
Hokim qism vazifasida otlashgan olmosh keladi: tilaklarning barchasi, kutib oluvchilarning hammasi.
Hokim so`z vazifasida otlashgan sifatdosh keladi: onamlarning aytganlari, bolalarning o`qiyotgani va h.k.
Hokim qism vazifasida otlashgan ravish keladi: ko`p so`zning ozi, ishlarning ko`pi.
Hokim so`z sifatida otlashgan undov so`z keladi: ularning dod-voyi, bolalarning urasi.
Hokim so`z vazifasida otlashgan taqlid so`z keladi: otlarning dupur-dupuri, to`plarning gumbur-gumburi.
Ko`rinadiki, otli so`z birikmasi qismlari bitishuv, muvofiqlashuv va boshqaruv yo`li bilan grammatik aloqaga kirishadi. Otli birikma so`z shakli bilan so`zning (leksemaning) yoki ikki so`z shakllarning bog`lanishidan hosil bo`ladi.
2. Fe’lli birikma. Bunday birikmaning hokim qismi fe’l bilan ifodalanadi: tez ishlamoq, oldinda yurmoq, diqqat bilan tinglamoq, kulib gapirmoq.
Fe’lli birikmaning qismlari o`zaro bitishuv va boshqaruv yo`li bilan bog`lanadi. Fe’lli so`z birikmasi so`z shakl bilan so`zning (leksemaning) o`zaro bog`lanishidan yuzaga keladi.
3. Sifatli birikma. Mazkur birikmada hokim so`z otlashmagan sifat bilan ifodalanadi, birikmaning qismlari boshqaruv yo`li bilan sintaktik munosabatga kirishadi: akasidan kuchli, singlisidan ziyrakroq.
4. Ravishli birikma. Bunday birikmaning hokim so`zi otlashmagan ravish bilan ifodalanadi. Ravishli so`z birikmalarida tobe va hokim qismlar o`zaro boshqaruv yo`li bilan bog`lanadi: raketadan tez, toshbaqadan sekin.
5. Modal so`zli birikma. Bunda modal so`z birikmaning hokim so`zi sifatida keladi. Birikma boshqaruv yo`li bilan tuziladi: bizga kerak, o`quvchilarda bor.
Sifatli, ravishli, modal so`zli birikmalar ham fe’lli birikma singari so`zshakl bilan so`z (leksema)ning o`zaro bog`lashi natijasida hosil qilinadi.

Yüklə 52,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə