4-mavzu: Ijtimoiy guruhlar psixologiyasi, ekstremal vaziyatlarda omma bilan ishlashda tibbiyot xodimlarni o‘rni. Reja



Yüklə 421,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix19.05.2023
ölçüsü421,64 Kb.
#111295
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
4 (1)

Etnopsixologiya
– bu psixologiyaning shunday tarmog„iki, u ayrim olingan millatlar 
psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham o„rganadi. 
Ma‟lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlarni V.Vundt boshlab bergan edi. Uning 
tadqiqotlaridagi “xalq” tushunchasi aslida etnik uyushma ma‟nosida tushuntirilgan edi. Uning 
fikricha, etnik guruhlar psixologiyasini o„rganish uchun ularning tilini, odatlarini va ana shu 
xalqlarda keng tarqalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o„rganish kerak. Shunisi diqqatga 
sazovorki, Vundtdan keyingi davrda o„tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri bizning o„lkamizda 
o„tkazilgan bo„lib, uni psixolog A.R.Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot 
bo„lib, uni o„tkazishdan asosiy maqsad L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy yondashuv g„oyasini 
tekshirish edi. Luriya boshchiligidagi olimlar guruhi revolyusiya bo„lib o„tgan O„zbekiston 
sharoitida turmush tarzining o„zgarishi bilan o„zbek xalqi psixologiyasining ham o„zgarganligini 
isbot qilmoqchi bo„lganlar. Asosiy maqsad bilish jarayonlarining o„zgarganligini isbot qilish 
bo„lsa ham tadqiqotchilar o„z-o„zini anglash va o„z xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda 
o„tiradigan ayollar, endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida o„qiyotgan xotin-
qizlar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta‟lim olayotgan qizlar o„rtasida farq bor-yo„qligini 
tekshirishdi. Tadqiqot asosan o„z-o„zini analiz qilish metodi yordamida o„tkazilgan bo„lib, 
tadqiqot mobaynida ayollarga turli savollar orqali o„z shaxsiga xos xususiyatlarni, o„zidagi 
etakchi sifatlarni aniqlash va ba‟zi psixologik holatlarga baho berish topshirig„i berildi. Lekin 
javoblarning sifati, to„liqligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan 
o„rniga bog„liq bo„lib chiqdi. Uyda o„tirgan ayollar ko„p hollarda qo„yilgan savolni ham 
anglamasliklari ma‟lum bo„ldi. Luriya shu narsaga iqror bo„ldiki, o„zbeklardagi ong asosan 
boshqa odamlar fikriga bog„liq ekanligi, tobelik psixologiyasi kuchliligini aniqladi. Masalan, 
ayollarga o„zidagi yomon sifatlarni aytish topshirig„i berilganda, ular yomon qo„shnilarni 
ko„rsatishar va umuman o„z-o„zini baholashdan ko„ra boshqalarni baholash, ularga sifat 
xarakteristikalari berish ancha yengil tuyulardi.
Yuqorida ta‟kidlaganimizdek, A.R.Luriyaning asosiy maqsadi milliy psixologik 
xususiyatlarni o„rganishda tarixiy tamoyiliga tayanish lozimligini isbotlash hamda milliy 
psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan 
o„rniga bevosita bog„liqligini isbot qilish edi. Lekin tadqiqotning ahamiyati shunda ediki, unda 
birinchi marta milliy psixologiyani o„rganishga yordam beruvchi metodlar va metodologik 
tamoyillar sinab ko„rildi. To„g„ri, bu tadqiqotda to„plangan ma‟lumotlar va ilmiy xulosalar bilan 
bugungi kunda kelishib bo„lmaydi, qolaversa, bu konsepsiyaning o„zi necha bor qayta ishlovni 
talab qildi, lekin milliy psixologiya bo„yicha o„tkazilgan kross-tadqiqot sifatida uning ahamiyati 


kattadir. Qo„llangan piktogramma – “so„z portretlari”ni, o„z-o„zini analiz qilish metodlarini 
hozirgi zamonaviy tadqiqotlarda ham faqat yangicha metodologik prinsiplarda qo„llash mumkin.
Oxirgi yillarda chet el va sobiq Ittifoq olimlarining tadqiqotlarini umumlashtirib, 
etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish harakatlari sezilmoqda. Bu sohada 
mashhur rus etnografi va psixologi Yu.Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida 
to„plangan ma‟lumotlar misol bo„lishi mumkin. Yu.V.Bromley etnik guruhlar psixologiyasida 
ikki tomonni farq qiladi:
1) 

Yüklə 421,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə