4-mavzu: Ijtimoiy guruhlar psixologiyasi, ekstremal vaziyatlarda omma bilan ishlashda tibbiyot xodimlarni o‘rni. Reja



Yüklə 421,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix19.05.2023
ölçüsü421,64 Kb.
#111295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
4 (1)

rasmiy va norasmiy 
turlarga bo„lish qabul qilingan. Bunday 
bo„linishni amerikalik olim E.Meyo taklif etgan edi. Uning fikricha, 
rasmiy guruh
har bir 
a‟zolarning rasmiy rollarga ega ekanligi, ular mavqeining va guruhda tutgan o„rnining aniqligi 
bilan xarakterlanadi. Bunday guruhlarda munosabatlar asosan “vertikal” tarzda ro„y berib, 
guruhning bir yoki bir necha a‟zosida “hokimiyat” bo„lganligi uchun ham , ular boshqalarni 
boshqarish, ularga buyruq, rasmiy ko„rsatmalar berish huquqiga ega bo„ladilar. Rasmiy guruhga 
misol qilib har qanday birgalikdagi faoliyat maqsadlari asosida shakllangan jamoalarni – ishlab 
chiqarish brigadasi, talabalar guruhi, sinf o„quvchilari, pedagogik jamoa va boshqalarni olish 
mumkin.
Rasmiy guruhlardan farqli o„laroq 
norasmiy guruh
lar ham mavjud bo„ladiki, ular asosan 
stixiyali tarzda, aniq maqsadsiz tarkib topadi va ularda a‟zolarning aniq mavqelari, rollari 
oldindan belgilangan bo„lmaydi. Ko„pincha norasmiy guruh rasmiy guruh tarkibida tashkil 
topadi va ularni boshqarish ham oldindan belgilangan bo„lmay, odamlar ichidan u yoki bu 
shaxsiy sifatlari tufayli ajralib chiqqan a‟zolar norasmiy rahbarlik rolini bajarishlari mumkin.
Bundan tashqari, ijtimoiy psixologiyada 
referent guruh
tushunchasi ham bor. Bu 
tushuncha fanga birinchi marta amerikalik tadqiqotchi G.Xaymen tomonidan 1942 yilda 
kiritilgan edi. U o„z tadqiqotlarida shuni isbot qildiki, ma‟lum bo„lishicha, guruh a‟zolari uchun 


shu guruh ichida yoki boshqa doiralarda shunday shaxslar guruhi mavjud bo„lar ekanki, u o„z 
xatti-harakatlari, fikrlari va yo„nalishlarida o„sha guruh a‟zolariga ergashish, ularni tanqidsiz 
qabul qilishga moyil hamda tayyor bo„lar ekan. Shunday shaxslar guruhi referent guruh nomini 
oldi. O„quvchi uchun bunday guruh rolini maktabdagi bir necha o„qituvchilar, otasi yoki onasi, 
yaqin do„sti yoki qarindoshlaridan kimdir o„ynashi mumkin. Shunisi xarakterliki, shaxs doimo 
shu guruhga ergashadi, uni qadrlaydi, u bilan muloqotda bo„lishga intiladi. Rus psixologlari bu 
guruhni odatda shaxs uchun mavjud haqiqiy guruh (a‟zolik guruhi) tarkibida yoki unga qarshi 
bo„lgan guruh sifatida qaraydilar. Nima bo„lganda ham ana shunday guruhning mavjudligi shaxs 
uchun ahamiyatli bo„lib, uning xulq-atvori uchun etalon hisoblanadi. Tadqiqotchi yoki 
tarbiyachining vazifasi, ana shu guruhni aniqlay olish va aniqlagandan so„ng nima uchun aynan 
shu guruh referent rolini o„ynaganini bilish muhimdir. Referent guruhga qarab shaxsga baho 
berish, uning xulq-atvorini bashorat qilish mumkin.

Yüklə 421,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə