4-mavzu: Ijtimoiy guruhlar psixologiyasi, ekstremal vaziyatlarda omma bilan ishlashda tibbiyot xodimlarni o‘rni. Reja


guruh – bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda



Yüklə 421,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix19.05.2023
ölçüsü421,64 Kb.
#111295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
4 (1)

guruh – bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda 
umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir
.
Demak, odamlar guruhi tashkil 
topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo„lishi shart. 
Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko„p: o„quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga 
xos birliklar (o„spirin yoshlar), ma‟lum o„quv yurtida ta‟lim olish istagi va hokazo. Ko„chada 
biror tasodif ro„y berganligi uchun to„plangan kishilar uchun ham umumiy bo„lgan narsa bor – 
bu qiziquvchanlik bo„lib o„tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir. 
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil 
etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o„ziga xos qonuniyatlariga bo„ysunadi. 
Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlargi boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil 
etuvchmilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. 
Guruhlarning turlari ko„p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya 
qiladilar. Bizning nazarimizda, G.M.Andreyevaning “Ijtimoiy psixologiya” darsligidagi 
klassifikatsiya guruhlarning asosiy turlarini o„z ichiga qamrab olgan. U har qanday kishilar 
guruhini avvalo 
shartli va real guruhlar
ga bo„ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda 
to„plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo„linadi. Konkret faoliyat va 
odamlarning ehtiyojlari asosida tashkil bo„ladigan bunday tabiiy guruhlarning o„zi kishilarning 
soniga qarab 
katta, kichik guruhlar
ga bo„linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning 
maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va uyushmagan 
turlarga, kichiklari esa o„z navbvtida endi shakllanayotgan – diffuz hamda taraqqiyotning yuksak 
pog„onasiga ko„tarila olgan jamoa turlariga bo„linadi. Guruhlarning ijtimoiy psixologiya uchun 
ayniqsa muhim hisoblangan turlariga ta‟rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini 


o„rganishni maqsad qilib qo„ygan holda, bevosita katta guruhlarning ijtimoiy psixologik 
qonuniyatlarini o„rganishga o„tamiz.

Yüklə 421,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə