4-mavzu: Ijtimoiy guruhlar psixologiyasi, ekstremal vaziyatlarda omma bilan ishlashda tibbiyot xodimlarni o‘rni. Reja


Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar



Yüklə 421,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix19.05.2023
ölçüsü421,64 Kb.
#111295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
4 (1)

Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar
Ma‟lumki, guruhda to„plangan kishilar o„rtasida doimiy muloqot va munosabatlar 
mavjud bo„ladiki, ularning mazmuni va yo„nalishiga ko„ra, o„ziga xos sotsial psixologik muhit 
shakllanadi. Bu muhit guruhning taraqqiyotini ham, undagi turli jarayonlarni ham belgilaydi. 
Guruhning 
dinamik jarayonlari
deganda avvalo uning shakllanish jarayoni, liderlik va guruhda 
turli qarorlarni qabul qilish jarayoni, guruhning har bir shaxsga ta‟siri kabilar tushuniladi. 
Guruhning shakllanishi, uning paydo bo„lishi haqida gapiriladigan bo„lsa, avvalo shuni 
ta‟kidlash lozimki, guruh jamiyat ehtiyojlari va ijtimoiy talablar asosida paydo bo„ladi. Masalan, 
sinf jamoasi doimo bolalarning tug„ilishi, rivojlanishi va ularning maktablarda ta‟lim olishlari 
kerakligi uchun, talabalar guruhi ham shunga o„xshash oliy ma‟lumotli shaxslar kerak 
bo„lganligi uchun paydo bo„ladi va hakozo. Lekin bu masalaning ijtimoiy tomoni. Uni sof 
psixologik tomoni ham borki, u odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida 
bo„lishi bilan bog„liq. Chunki har bir normal insonda muloqotga bo„lgan ehtiyoj hamda turli 
hayotiy vaziyatlarda o„zini ijtimoiy himoyada sezish ehtiyoji borki, bu narsa turli kichik 
jamoalarda ularning bo„linishi taqozo qiladi. Lekin guruhga a‟zo bo„lish bilan birgalikda har bir 
individ qator guruhiy jarayonlarning guvohi bo„ladi.
Birinchidan, guruh o„z a‟zolariga ma‟lum tarzda 
psixologik ta’sir
ko„rsatadi. Bu hodisa 
psixologiyada 
konformizm 
deb ataladi ( o„zbek tilida “moslanish” ma‟nosini bildiradi). Bu 
hodisaning mohiyati shundan iboratki, u individning guruhda qabul qilinadigan normalar, fikrlar, 
hulq-atvor standartlarini qanchalik qabul qilish yoki qabul qilmasligi bilan bog„liq. Guruh fikrini 
qanchalik tez qabul qilish, uning ta‟siriga berilish individ bilan guruhning ziddiyatlarini oldini 
olishi mumkin. Shuning uchun ham individ ana shunday hatti-harakat qilishga intiladi. Lekin 
ana shunday guruh fikriga, harakatiga qo„shilish turli shakllarda bo„lishi mumkin: 

Yüklə 421,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə