4- modul. Navoiy dostonlari va nasriy asarlarini sharhlab o’qitish



Yüklə 46,75 Kb.
səhifə3/6
tarix21.12.2022
ölçüsü46,75 Kb.
#97462
1   2   3   4   5   6
1-mavzu

3.“Xamsa” tabdillari.
Tabdil. Asar matni muallif yoki tarjimon davridagi tildan joriy tilga tarjima qilinishi tabdil deyiladi. Bunda ayrim nashrga tayyorlovchilar tilning tarixiyligini bir qadar saqlab qolish hollari ham uchrab turadi. Tabdil nashrlar keng kitobxonlar ommasi uchun tushunarliligi bilan ham muhim hisoblanadi. (M.: «Qobusnoma»ning Ogahiy tarjimasi; «Mahbub ul-qulub»ning Porso Shamsiyev tabdili.
Navoiy asarlarining nashrga tayyorlanishi jiddiy ravishda 1938 yildan boshlanib, shoir tug’ilgan kunning 500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik bilan bog’liq holda hal etila boshlandi. Butun sobiq Sho‘rolar Ittifoqi miqyosida Navoiy tavalludining 500 yilligini keng nishonlash haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan “Xamsa”ning qisqartirilgan varianti (Sadriddin Ayniy, 1939), “Chor devon”, “Muhokamatu-l-lug‘atayn”, “Mahbubu-l-qulub” asarlari nashr qilindi, turli tadqiqot va monografiyalar yaratildi, shoir asarlari rus, ukrain, tojik, ozarbayjon va boshqa ko‘plab tillarga tarjima qilindi. “Xamsa”ning mukammal nashri (Porso Shamsiyev, 1960), “Xazoyinu-l-maoniy”ning akademik nashri (Hamid Sulaymonov, 1959-60) va Alisher Navoiy “Asarlar”i 15 tomligining e’lon qilinishi navoiyshunoslikdagi muhim voqealardan bo‘ldi. O‘tgan asrning 90-yillarigacha Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan tadqiqotlar ro‘yxatining o‘zi alohida bir kitobni tashkil qiladi (Alisher Navoiy:1441-1501 yil. Adabiyotlar ko‘rsatkichi, 1991).
Ilmiy-tanqidiy tekstlarni tuzishdan oldin Navoiyning asarlari mavjud qo’lyozmalar asosida nashrga tayyorlandi. Ular hozirgi zamon o’zbek tilida nasriy izoh bilan ham chiqarildi. U vaqtda, garchi ilmiy-tanqidiy tekst tuzish masalasi kun tartibida turgan bo’lsa-da, uning printsiplari hali ishlab chiqilmagan edi. Ulug’ Vatan urushi yillarida Navoiy asarlarining ilmiy-tanqidiy matnlarini tuzishga kirishildi. S. M. Mutallibov “Hayratul-abror”ning, G’. K. Karimov “Layli va Majnun”ning (1944 y.) ilmiy-tanqidiy tekstini tayyorladi. Bu tekstlar Navoiy merosini tekstologik jihatdan o’rganishda dastlabki qadam sifatida qaralishi mumkin. Bu tekstlarni tayyorlashda noshirlar uch qo’lyozma va keyingi yillarda chiqarilgan bosma nusxani asos qilib oldilar. P. SHamsiev 1956 yilda “Sab’ai sayyor” dostonining ilmiy-tanqidiy matnini nashr ettirdi.
“Xamsa”ning ilmiy-tanqidiy matnini tuzish uchun P. SHamsiev oltita qo’lyozma ichidan O’zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanuvchi (inv. 5018) qo’lyozmani tayanch nusxa sifatida tanladi. P. SHamsiev “Xamsa” ustida olib borgan tekstologik ishlarining yakuni sifatida 1960 yilda asarning to’liq matnini nashr etishga muvaffaq bo’ldi. Olim “Xamsa”ni nashrga tayyorlashda ko’pdan buyon ishlanmoqda bo’lgan “Xamsa” dostonlari ilmiy-tanqidiy tekstlarini asos qilib oladi. SHu bilan birga tanqidiy tekstlarning asosi bo’lgan Abduljamil kotib va Sulton Ali Mashhadiy nusxalaridan hamda XVI asrning yana bir nodir nusxasidan to’la foydalanishga harakat qiladi.
Alisher Navoiyning o’n besh jildlik asarlari matni tayyorlanib, nashr qilindi. Bu Navoiy asarlarining mukammalligini ta’min etdi, uni tekshirish, tahlil etish to’g’ri xulosa va saboqlar chiqarishga asos bo’ldi. “Xazoyin ul-maoniy”ga kiruvchi devonlarning tanqidiy matnini Hamid Sulaymon “Xamsa”ga kiruvchi dostonlarning matnini Solih mutallibov (“Hayrat ul-abror”), Porso Shamsiyev (“Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy”), G’ulom Karimov (“Layli va Majnun”), “Mezon ul-avzon”ni Olim Sharafiddinov va Izzat Sulton, “Majolis un-nafois”ni Suyuma G’aniyevalar nashrga tayyorladilar.
1987-2003 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti hamda H.S.Sulaymonov nomidagi Qo‘lyozmalar instituti tomonidan Alisher Navoiyning 20 jildlik “Mukammal asarlar to‘plami” e’lon qilindi . P.Shamsiyev, N.Mallayev, V.Zohidov, I.Sulton, H.Sulaymonov, A.Qayumov, S.G‘aniyeva, A.Rustamov, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov, S.Erkinov, B.Valixo‘jayev, Yo.Is’hoqov, N.Komilov, R.Vohidov, M.Hakimov, L.Zohidov kabi olimlar navoiyshunoslik taraqqiyotiga alohida hissa qo‘shdilar. 
Alisher Navoiy “Xamsa”si tarkibiga kiruvchi besh doston 2006 yilda asl matni va mukammal nasriy bayoni bilan G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi tomonidan lotin yozuvida nashr etildi. 
Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi munosabati bilan shoir asarlarining 10 jildligi e’lon qilindi . Shuningdek, “Xazoyinu-l-maoniy” kulliyoti tarkibiga kiruvchi 4 devon ham nashrdan chiqdi. 
Навоий Алишер. Ҳайратул-аброр (насрий баёни билан) / Таҳрир ҳайъати: А.Қаюмов ва бошқ: -Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989.- 352 б
Навоий Алишер. Фарҳод ва Ширин (насрий баёни билан) / Таҳрир ҳайъати:А.Қаюмов ва бошқ. – Т.: Адабиёт ва санъат, 1989.- 246 б. 
Навоий Алишер. Лайли ва Мажнун (насрий баён муаллифи В.Раҳмонов, Н.Норқулов). – Т.: Адабиёт ва санъат, 1990. – 365 б.
Навоий Алишер. Сабъаи сайёр (насрий баёни билан) / Таҳрир ҳайъати: А.Қаюмов ва бошқ. – Т.: Адабиёт ва санъат, 1991. – 544 б.
Навоий Алишер. Садди Искандарий (насрий баёни билан) / Таҳрир ҳайъати: А.Қаюмов ва бошқ. – Т.: Адабиёт ва санъат, 1991. - 832 б
Лисонут тайр (насрий баёни билан) / Таҳрир ҳайъати: А.Қаюмов ва бошқ. – Т.: Адабиёт ва санъат, 1991. - 464 б
Navoiy Alisher. Hayrat ul-abror (nasriy bayoni bilan). – T.: G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2006.
Navoiy Alisher. Fahod va Shirin (nasriy bayoni bilan). – T.: G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2006. 
Navoiy Alisher. Layli va Majnun (nasriy bayoni bilan). – T.: G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2006
Navoiy Alisher. Sab’ai sayyor (nasriy bayoni bilan). – T.: G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2006.
Navoiy Alisher. Saddi Iskandariy (nasriy bayoni bilan). – T.: G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2006
Navoiy Alisher. Lison ut-tayr (nasriy bayoni bilan). – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2005.
Yuqorida sanab o‘tgan nasriy bayonlarimizning ayrimlari nasriy tabdil bo‘lib, “Saddi Iskandariy”, “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin” dostonlari, ulardagi bob sarlavhalari ham nasriy tabdil qilingan.
Hozirgi kunda “Hayrat ul-abror” dostonini Abdulhamid Pardayev she’riy tabdil qilgan.

Yüklə 46,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə