4- modul. Navoiy dostonlari va nasriy asarlarini sharhlab o’qitish



Yüklə 46,75 Kb.
səhifə1/6
tarix21.12.2022
ölçüsü46,75 Kb.
#97462
  1   2   3   4   5   6
1-mavzu




4- modul. Navoiy dostonlari va nasriy asarlarini sharhlab o’qitish


1-mavzu: Navoiy dostonlarini sharhlash tamoyillari.


Reja:

  1. Axloqiy-didaktik, ishqiy-sarguzasht, tasavvufiy-falsafiy dostonlarni sharhlashning o’ziga xos xususiyatlari.

  2. “Xamsa” dostonlarini nasriylashtirish an’anasi.

  3. “Xamsa” tabdillari.

  4. “Xamsa” sarlavhalari.

  5. Хamsachilik an`analari.



Tayanch so’z va iboralar: doston janri, tabdil, nasriy bayon, sharhlash, “Xamsa”, universal janr, xronotop.


1.Axloqiy-didaktik, ishqiy-sarguzasht, qahramonlik, tasavvufiy-falsafiy dostonlarni sharhlashning o’ziga xos xususiyatlari.
Mumtoz adabiyotimizdagi yirik hajmli, odatda, masnaviy shaklida va aruzning ma’lum bir vaznida yoziluvchi she’riy asar. Mumtoz adabiyotimizdagi D.larning aksariyatini yaxlit voqea asosidagi syujetga qurilgan (masalan, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”) epik asarlar tashkil qiladi. Shu bilan birga, syujeti izchil va yaxlit bo‘lmagan (“Hayrat ul-abror”) yoki umuman voqeaband syujetsiz (“Hibat ul-haqoyiq”) D.lar ham mavjudki, ular turli ijtimoiy-ma’naviy, axloqiy-ta’limiy masalalardan bahs yurituvchi liro-epik xarakterdagi falsafiy-ta’limiy yoki didaktik asarlardir1.
Axloqiy-didaktik dostonlar asosan, voqeaband syujetsiz asarlar bo‘lib, bunday dostonlarda ijtimoyi-ma’naviy, axloqiy-ta’limiy masalalar haqida fikr yuritiladi. Axloqiy-didaktik dostonlarda ijodkorning g‘oyaviy maqsadi pand-nasihat ruhidagi fikrlarini falsafiy –ta’limiy yo‘sinda berish bo‘lgani bois unda yaxlit syujet mavjud bo‘lmaydi. Bunday dostonlar liro-epik xarakterga ega bo‘lib, dostonda muallifning olam, borliq haqidagi qarashlari, falsafiy kategoriyalar haqidagi fikrlari yetakchilik qiladi. Axloqiy-didaktik dostonlarning ayrimlarida fikr dalili uchun hikoyat, she’r, qit’alar keltirilishi mumkin. Bunday dostonlarni sharhlash jarayonida ijodkorning g‘oyaviy maqsadi inobatga olinmog‘i lozim. Axloqiy-didaktik dostonlarda shoir g‘oyaviy maqsadini ochishga xizmat qiluvchi kirish qismining eng e’tiborli joylari, falsafiy kategoriyalar va uning izohiga xizmat qiluvchi hikoyat yoki boshqa janrdagi asarlar sharhlanishi va asarning g‘oyasi yoritilishi zarur bo‘ladi.
Ishqiy-sarguzasht doston mumtoz adabiyotda xalq og‘zaki ijodi an’analari asosida shakllangan. Bunday dostonlarning asosiy syujet liniyasini bosh qahramonning yorini tasodifan ko‘rib oshiq bo‘lishi, uni qidirib uzoq va mashaqqatli safarga chiqishi, safarda mashaqqatli sinovlardan o‘tib segilisiga erishishi, uni olib o‘z yurtiga qaytishi voqealari tashkil qiladi. Bunday dostonlarni sharhlashda ham asosiy e’tibor an’anaviy kirish qismidagi ijodkor avtointerpretatsiyasi berilgan o‘rinlar hamda syujetdagi asosiy voqealar sharhlanishi va yozuvchi g‘oyaviy maqsadi yoritilishi kerak bo‘ladi. Ishqiy – sarguzasht dostonlarning eng go‘zal namunasi “Farhod va Shirin” bo‘lib, bu asar Navoiy tasavvufiy-falsafiy qarashlari bilan sug‘orilgan. Navoiy ishqiy –sarguzat doston syujeti orqali o‘zining tasavvufiy-falsafiy qarashlarini ifodalaydi.
Qahramonlik dostonlarida ham xalq og‘zaki ijodidagi qahramonning o‘z yurti, elining tinchligi uchun ko‘rsatgan qahramonliklari tasvirlanadi. Bunday dostonlarning syujet liniyasi alplik tizimi asosida shakllanadi. Qahramon baxtli yulduz burjida tug‘iladi, uni kohinlar tomonidan yo‘q qilishga harakat qilinadi, bunday qahramon nazarkarda bo‘lib, homiy eranlar tarbiyasida turadi, alplik quro-yarog‘lari, ot va sehrli buyuumlar bilan ta’minlanadi.
Tasavvufiy-falsafiy dostonlarda muallifning dunyo, borliqning yaratilishi, odamning paydo bo‘lishi haqidagi tasavvufiy-falsafiy qarashlari beriladi. Bunday dostonlar syujeti izchil va yaxlit bo‘lmasligi mumkin. Masalan, “Hayrat ul- abror” dostonida muallifning tasavvufiy –falsafiy qarashlari berilgan bo‘lib, unda yaxlit syujet yo‘q. Muallifning tasavvufiy-falsafiy qarashlari hikoyatlar bilan dalillanadi. Yaxlit voqea asosidagi syujetga qurilgan tasavvufiy –falsafiy dostonlarga “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlari kiradi.
Navoiyning “Masnaviy” asarida shunday baytlar mavjud:
Agar xossa ma’no gar iyhom erur,
Aning kunda yuz bayti halvom erur
Iyhom bir so‘zni bir joyning o‘zida ikki ma’noda ishlatishdir. Iyhom tasvir vositasi baytdagi biror so‘zning yuzaki va asl – shoir ifodalamoqchi bo‘lgan ma’nosi asosida shakllanadi, lekin Navoiy bu o‘rinda iyhom deyilganda baytdagi so‘zni ikki ma’noda qo‘llashni emas, balki yirik epik asarlarida ifodalangan ma’nolar qatlamini nazarda tutadi. Masalan, “Farhod va Shirin” dostoni yuzaki qaraganda ishqiy-sarguzasht doston sifatida ko‘rinadi, lekin uning tub konsepsiyasida muallifning tasavvuf falsafasining sintezi sifatidagi komil inson g‘oyasi talqin etilganining guvohi bo‘lamiz. Shuningdek, “Layli va Majnun” dostonining faqat zohiriy qatlamini kashf etgan o‘quvchiga u oddiy ishqiy dostondek ko‘rinadi. Lekin teranroq mushohada qilsak, asardagi afsona hamda real hayot lavhalari ulkan, azaliy va abadiy haqiqatni ifodalovchi majoz muallifning asl muddaosi bo‘lgan ilohiy ishq konsepsiyasini berish uchun xizmat qildirilganini anglaymiz. Demak, baytdan ana shunday iyhom asosida shakllantirilgan asarlarni yozmoqchi bo‘lsam, har kuni yuz baytini halvo yeganchalik osonlik bilan bitaman, degan fikr anglashiladi.
Bunday dostonlarni sharhlashda ham asosiy e’tibor muqaddimadagi shoir avtointerpretatsiyasi berilgan o‘rinlar sharhiga va ijodkor g‘oyaviy maqsadi bayon qilingan eng e’tiborli o‘rinlar sharhlanishi kerak bo‘ladi.

Yüklə 46,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə