4- modul. Navoiy dostonlari va nasriy asarlarini sharhlab o’qitish



Yüklə 46,75 Kb.
səhifə4/6
tarix21.12.2022
ölçüsü46,75 Kb.
#97462
1   2   3   4   5   6
1-mavzu

4.“Xamsa” sarlavhalari.
Aziz Qayumov Alisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini o‘rganishga bir necha jild bag‘ishlagan. U XX asr navoiyshunosligida eng sermaxsul mutaxassislardan biridir. “Asarlar”ning 1-jildi (ikki kitob)ga ulug‘ shoirning muazzam asari “Xamsa” dostonlarini tadqiq etilgan asarlarini kiritgan. Lekin, “Xamsa”ga bag‘ishlangan yana bir tadqiqot “Xamsa sarlavhalari” 3-jilddan o‘rin olgan bo‘lib, bu asarlar hammasi yaxlit holda buyuk mutafakkirning muhtasham dostonlari borasida yorqin tasavvur uyg‘ota olgan. Muallifning Navoiy lirik merosi (“Xazoyin-ul-maoniy” va yana avvalgi ikki devon) haqidagi asarlari ham qiziqarli bo‘lib, ularda “Badoyi’-ul- bidoya”, “Navodir-un-nihoya”, “Badoye’-ul-vasat”, “Favoyid-ul-kibar” devonlarining tarkibi, g‘azal va boshqa janrdagi asarlarning badiiyati va ma’no-mazmunlari haqida bayon qilingan (2-, 3–va 4-jildlar).
Navoiyning barcha dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, asarning har bir bobi saj’li qilib yozilgan saralavhalarga ega. Bu sarlavhalarning mohiyati shundaki, ular mazkur boblarning mazmunini o‘zida juda siqiq aks ettiradi. Bundan tashqari, sarlavhalar badiiy jihatdan ham diqqatga molikdir.
Navoiy bob sarlavhalarini nasriy yo‘lda, saj’ tasvir vositasini mahorat bilan qo‘llash orqali beradi. Bob nomidan unda qanday voqealar tasvirlanishi ma’lum bo‘ladi, ya’ni bobda tasvirlanuvchi voqealar ma’lumot sifatida aytib o‘tiladi. Masalan, “Farhod va Shirin ” dostonining 45-bobi “Shirinning nayi kilki shakarrezlik qilg‘oni va hajr aro shomi mushkidin ro‘zgori tiyra bo‘lub ul royiha yabusatidin dimog‘i za’fi quvvatin va sudoi shiddatin va nomus pardalari nafasida ishq g‘ammoz mushki isin nihon asramoq suubatin raqam urg‘oni va Farhod o‘qub aning sunbuli mushkinidek pechu tobdin esi ozg‘oni va bexudona aning nomasig‘a javob yozg‘oni” deb nomlanadi. Bob nomidan Shirinning Farhodga maktub yozgani, uni o‘qib Farhodning bexush bo‘lishi va javob xati yozgani ma’lum bo‘ladi. Shuningdek, dostonning 46-bobida Farhodning Shiringa maktubi beriladi. Bob sarlavhasidan Farhod xatini o‘qigan Shirinning iztirobga tushgani va uning ko‘ngil qushi sevglisi tomon qanot qoqqani bayon etiladi.
Bu xususiyat Layli va Majnunning maktublari berilgan boblar sarlavhalariga ham xosdir. Bundan ko‘rinadiki, dostonlarning boblarini sharhlashda bob sarlavhalari ochqich vazifasini o‘taydi. Ya’ni bobdagi sharhlanayotgan mazmun uning sarlavhasida tasvirlanishi va ifodalanishi kerak bo‘lgan mavzu bilan uyg‘un bo‘lishi kerak.

Yüklə 46,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə