3. Umumiy xavfsizlik talablari Dizelning suv tizimi, vazifasi va chizmasi kirish


Ish vaqti nihoyasida qo‘yiladigan xavfsizlik talablari



Yüklə 71,01 Kb.
səhifə4/7
tarix11.12.2023
ölçüsü71,01 Kb.
#145260
1   2   3   4   5   6   7
Ma’lumki hozirda Respublikamiz iqtisodiyot infrastrukturasini xa

Ish vaqti nihoyasida qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
5.1. Chilangar elektrik quyidagilarni bajarishi shart:
a) ishni tugatish, ish joyini tartibga keltirish, axlatlardan tozalash va ularni
ajratilgan joyga tashlashi;
b) asboblarni yig‘ishi va ularni saqlash uchun belgilangan joyga taxtlash;
v) ishning bajarilganligi yoki yuzaga kelgan barcha nosozliklar va
kamchiliklar haqida masteri yoki boshlig‘iga xabar berishi;
g) garderobga maxsus ish kiyimi va boshqa shaxsiy himoya vositalarini
yechish ularni yopiq turdagi shkafga joylash, sovun bilan dush qabul qilish.
4. Dizelning suv tizimi, vazifasi va chizmasi
Suv tizimi silindrlarning gilza va qopqoqlari, shuningdek dizelning chiqarish
kollektorlari qizib ketishining oldini olish maqsadida ulardagi issiqlikni olib ketish
va tarqatish uchun mo‘ljallangan. Suv dizelning ana shu detal va uzellarini ichki
sovutish tizimida sovutadi va issiqlikni sovutish qurilmalariga (radiatorlarga)
ko‘chirib, u erdan atmosferaga chiqarib yuboradi. Havo yordamida sovutilgan suv
yana dizel tizimiga qaytadi. Dizelning o‘lchamlari va uning o‘rnatilish
avtonomligini hisobga olib lokomotivning suv tizimi faqat yopiq tipda bo‘lishi
mumkin. Unda suv sirkulyasiyasini suv nasosi ta’minlab beradi. Dizelning suvga
issiqlik uzatishi ancha katta. SHu sababli magistral teplovozlar uchun
mo‘ljallangan zamonaviy dizellarda samaradorligi 100-150 m3/s ga teng bo‘lgan,
sovituvchi suvning jadal sirkulyasiyasini ta’minlaydigan markazdan qochma suv
nasoslari o‘rnatiladi.
Ba’zi TEP70BS teplovozida suv tizimi suv-moy issiqlik almashtirigichi va nadduv
havosi sovutish moslamasidan
issiqlikni chiqarish (sovutish) uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, ko‘pgina
teplovozlarda issiq suvning ozroq qismi yilning sovuq paytida yoqilg‘i isitgichga
va mashinist kabinasi kaloriferiga uni isitish uchun uzatiladi.
Suv tizimlari quyidagi alomatlariga ko‘ra tasniflanadi: suvni
sirkulyasiyalash konturlari soniga ko‘ra – bir, ikki va uch konturli; suv haroratiga
ko‘ra, agar u qaynash nuqtasidan past bo‘lsa – o‘rtacha haroratli, baland bo‘lsa –
yuqori haroratli; suvning atmosferaga bilan bog‘lanish usuliga ko‘ra – ochiq va
yopiq.
Umumiy hollarda teplovozda suv issiqlikning uning uch manbaidan haydash
(ketkazish) uchun qo‘llanishi mumkin: dizel 2, suv-moy issiqlik almashtirgichi 6
va havo sovutgich 1. Issiqlik manbalari suv tizimiga turlicha ulanishlari mumkin
1-rasm.



1-rasm. Teplovoz dizellari suv tizimlarining sxemalari:
a – uch konturli; b – ikki konturli; vagonlar – bir konturli; 1 – havo
sovutgich; 2 – dizel; 3, 4, 7 – suv nasoslari; 5 – suv-havo radiatori; 6 – suv-moy
issiqlik almashtirgich
SHunga bog‘liq ravishda suv tizimi uch konturli bo‘lishi mumkin. Bu holda
har bir issiqlik manbai uchun nasoslar 3,4 va 7 hamda suv-havo radiatori
bloklariga muvofiq suv mustaqil sirkulyasiyalanadigan konturi yaratiladi. Bunday
tizim sovituvchi suyuqliklar, ayniqsa nadduv havosi haroratini ayrim-ayrim holda
muvofiqlashtirish uchun qulay bo‘lib, biroq uch nasos mavjudligi va ularni
yurgizish zarurati uni juda ham murakkab qilib yuboradi. Bundan tashqari, barcha
nasoslar odatda dizelda o‘rnatilganligi sababli bu tizimda o‘tkazgich quvurlar eng
uzun va eng og‘ir bo‘ladi. Uch konturli tizim TEP60 teplovozlarining
dastlabki namunalarida qo‘llangan.
Ikki konturli sxemada dizelni sovutish konturi 2 nasos 3 bilan hamda suv
moy issiqlik almashtirgichidagi 6 moy sovutish konturi va havo sovutgichidagi 1
havo konturlari nasos 4 bilan ajratib qo‘yilgan. SHu kabi sxema ko‘pgina
magistral va manevr teplovozlarida suv va moy haroratini alohida
muvofiqlashtirish maqsadida qo‘llangan.
Bir konturli tizim ham bo‘lishi mumkin va bu holda barcha issiqlik
manbalari suv sirkulyasiyasining bir nasosli umumiy konturiga ulangan. Bu sxema
tuzilishiga ko‘ra eng sodda. Ammo unda agregatlarni sovutishning optimal
sharoitlarini ta’minlash qiyin. Nadduv havosi sovutilmaydigan moy-havo radiatorli
teplovozlarda (TE3, TEM1) dizelni sovutishga mo‘ljallangan konturlardan birining
suv tizimi qo‘llangan. Ana shunday sxema ba’zi tajriba tariqasida chiqarilgan va
eksport teplovozlarda (U300), shuningdek 1A-5d49 dizelli TE109 teplovozida
ishlatilgan edi.
Ochiq tizimlarda uning nuqtalaridan birida (kengaytirish bakida) suvning
ochiq yuzasi atmosfera havosi bilan bog‘lanadi. Bu kabi tizimlardagi havoning
maksimal harorati 95-97°S bilan cheklanadi, chunki normal atmosfera
sharoitlarida 100°S da suv qaynab ketadi. ochiq tizimlar ko‘plab mahalliy
teplovozlarda qo‘llangan.

Yüklə 71,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə