3. Umumiy xavfsizlik talablari Dizelning suv tizimi, vazifasi va chizmasi kirish



Yüklə 71,01 Kb.
səhifə1/7
tarix11.12.2023
ölçüsü71,01 Kb.
#145260
  1   2   3   4   5   6   7
Ma’lumki hozirda Respublikamiz iqtisodiyot infrastrukturasini xa




Mavzu: Lokomotiv deposning ish vazifalari va tuzilishi.


Reja: 1. Kirish
2. Tinchlik lokomotiv deposining tuzulmasi va uning
vazifalari haqida
3. Umumiy xavfsizlik talablari
4. Dizelning suv tizimi, vazifasi va chizmasi


KIRISH
Ma’lumki hozirda Respublikamiz iqtisodiyot infrastrukturasini xalqaro
jamiyatga integratsiyalash borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Ushbu
jarayonda asosiy vazifa savdodagi mavjud texnik to‘siqlarning echilishidir. SHu
bois, standartlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat o‘ta muhim ahamiyatga
ega. CHunki, jahon bozoriga to‘siqlarsiz chiqish, Butunjahon savdo tashkiloti
talablariga javob berish uchun texnik talablarning oqilona qo‘llanilishi zarur
bo‘ladi.
Olib borilayotgan islohotlarning yanada rivojlantirish, davlat va jamiyatning
har tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida hamda
mazkur faoliyatga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan
vazifalarni amalga oshirishda ushbu ishlanma muayyan darajada xizmat qiladi.
Shu bilan birga kadrlar tayyorlash milliy modeli talablariga mos keladigan
hamda Davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan «Uzluksiz ta’lim tizimi
uchun o‘quv adabiyotlarini yangi avlodini yaratish konsepsiyasi»ning asosiy
vazifalaridan biri sifatida elektron o‘quv-uslubiy majmualarini yaratish uchun
ilmiy-g‘oyaviy, psixologik-pedagogik va metodik talablarni ishlab chiqish,
elektron o‘quv-metodik majmualaridan to‘g‘ri va ratsional foydalanish maqsadida
ularning mavjud shakllari va turlariga aniq ta’riflar berish hamda mamlakat
miqyosida zamonaviy elektron o‘quv-metodik majmualarni tayyorlash bo‘yicha
strategik masalalar ko‘lamini aniqlash belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasiga muvofiq talim tizimida o‘zgarishlar bosqichma-bosqich olib
borilishi nazarda tutilgan:
oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda
davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy
ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat
muhitini yaratish;
talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta
tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
Ma’lumki, taraqqiyotni harakatga keltirish va turmushda ro‘y berayotgan
jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazishda jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniyma’naviy
yangilanishining muhim sub’ekti bo‘lgan yoshlarni barkamol shaxs qilib
tarbiyalash masalasi muhim ahamiyatga ega.
- oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametr-larini
shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish yo‘nalishlari va
mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks
rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini
inobatga olgan holda optimallashtirish;
- ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik
texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy – ta’lim
jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish
asosida yanada takomillashtirish;
- yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim
muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini
zamonaviy o‘quv, o‘quv – metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu
jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot –
resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;
- oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm
– fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm – fan bilan integratsiyalashuvini
kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor – o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot
faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba – yoshlarni ilmiy
faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish

Yüklə 71,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə