3. Umumiy xavfsizlik talablari Dizelning suv tizimi, vazifasi va chizmasi kirish



Yüklə 71,01 Kb.
səhifə6/7
tarix11.12.2023
ölçüsü71,01 Kb.
#145260
1   2   3   4   5   6   7
Ma’lumki hozirda Respublikamiz iqtisodiyot infrastrukturasini xa

Dizel suv tizimi ishlash prinspi
Tizim kengaytirish bakining 10 quyish bo‘g‘izi yoki ulash kallaklari 12
orqali suv bilan to‘ldiriladi.
Ikki konturli sovutish tizimiga ega bo‘lgan zamonaviy lokomotivlarda har
ikki konturni o‘zaro bog‘lab turgan rostlash klapani bo‘lgan o‘tkazish quvuri
o‘rnatiladi. Rostlash klapani ikkinchi konturning jalyuzisini boshqarish mexanizmi
bilan bir xil (sinxron) ishlaydi. Jalyuzi yopilganida klapan suvning birinchi
(“qaynoq”) konturdan ikkinchisiga qaytib kirishini ta’minlab, jalyuzi ochilishida
ikkinchi konturga suv uzatilishi to‘xtatiladi. Dizelning sovutish tizimiga kiritilgan
o‘zgartirishlar mos isishi va dizelning yuklama ostida ishlashga tayyorlashni 1,5
baravar tezlashtirib, bu ayniqsa qish mavsumida o‘ta muhim o‘rin tutadi. Havo
sovutgichda nadduv havosini sovutish kamayib, bu dizelning yoqilg‘i sarfiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Teplovozlardagi suv tizimi quvurlari och yashil rangga bo‘yaladi.
Haroratni nazorat qilish va dizelni qizib ketishdan saqlash uchun
mo‘ljallangan asboblar.
Haroratni nazorat qilish uchun mashinist kabinasida elektr termometrlar
ko‘zda tutilgan. Ushbu termometr datchiklari sovutish tizimi birinchi konturining
chiqarish quvurida o‘rnatilgan. Teplovozning dizel bo‘linmasida dizelga kiritish va
undan chiqarish joyidagi mos ravishda birinchi va ikkinchi konturlarning
haroratini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish uchun simobli termometrlar
joylashtiriladi. CHiqarish quvurida harorat termometrlari o‘rnatilib, ular mos
ravishda jalyuzi ochilishi hamda dizel yuklamasini kamaytirishni boshqaradigan
termorele bilan bog‘langan.
TEP70BS teplovozida chiqarish quvuriga termorostlagich quvuri ulangan
bo‘lib, u ventilyator gidromotori ishini boshqaradi. Termorostlagich qaynoq
konturdagi suv harorati oshganida gidromotorga ko‘proq moy o‘tkazib, bu holda
gidromotor aylanish chastotasi ham ortadi va shu bilan suv harorati pasayadi.
Suv (kengaytirish) baki lokomotiv agregatlarini sovutish tizimida harorat
ortishi bilan hajmi ko‘payadigan suvning bir qismini joylashtirish, zarur bosimni
ta’minlash, shuningdek suv oqib ketganida tizimni to‘ldirib turish uchun
mo‘ljallangan. Kengaytirish bakining mavjudligi havo va bug‘ tikin (probka)lari
hosil bo‘lishining oldini oladi va dvigatellar to‘xtatilganidan so‘ng, issiq suv
dvigateldan bakka ko‘tarilib, sovuq suv esa dvigatelga kelib tushganida ularni
termosifon usulida sovutish imkoniyatini paydo qiladi. Kengaytirish baki suv
tizimining eng yuqori nuqtasida o‘rnatiladi. Zamonaviy teplovozlar suv tizimining
sig‘imi 900-1500 l ni tashkil qiladi. Suv 20 dan 90S gacha isitilganida uning
hajmi 30-60 l ga ortadi. Kengaytirish baki sig‘imi 100-300 l.

Yüklə 71,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə