3-mavzu: Asosiy harakat yurish, yugurish, sakrash va boshqa yordamchi mashqlar (2 soat)



Yüklə 277,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix29.11.2023
ölçüsü277,99 Kb.
#141786
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu Asosiy harakat yurish, yugurish, sakrash va boshqa yord

Tirmashib chiqish mashqlari
. Tirmashib chiqish mashqlari bajarilaѐtganda 
turli 
guruh 
mushaklari 
ishga 
solinadi. 
Qatta 
guruhda 
topshiriqlar 
murakkablashtiriladi, ularni bajarish texnikasiga yuqoriroq talablar qo‘yila 
boshlaydi. Ilgari o‘rganib olingan mashqlar bilan bir qatorda, gimnastika devoriga 
sur’atni o‘zgartirgan holda chiqish, ѐnma-ѐn turgan devorchaning biridan 
ikkinchisiga oshib o‘tish hamda zinapoyalar orasidan o‘tish taklif qilinadi va 
boshqalar.
Maktabgacha ѐshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimida bolalarga 
mo‘ljallangan asosiy gimnastika tarkibini asosiy harakatlar, umumrivojlantiruvchi 
va saflanish mashqlari tashkil etadi.
 
2 Bolalarda hayotiy xarakat ko’nikmalarini shakillantirish 
Jismoniy tarbiya jarayonida o‘rgatishning asosiy vazifasi harakat 
ko‘nikmalari va maxsus bilimlarini egallashdir. Jismoniy tarbiya jarayonida ham 
ta’lim ham tarbiya amalga oshiriladi. Bundan o‘rgatishning asosiy fani bo‘lib o‘zaro 
bog‘langan harakat tizimini o‘z ichiga oluvchi ratsional harakat faoliyatlari 
hisoblanadi. Biror bir harakatga o‘rgatish shug‘ullanuvchilarning jismoniy 
rivojlanishi, fuksional imkoniyatlarini oshirish va rivojlantirish, sog‘liqni 
mustahkamlash va h.k. lar bilan bog‘liqdir, hamda jismoniy sifatlarini oshirish sodir 
bo‘ladi. 
Harakat faoliyatlariga turli va konkret vazifalarni hal etgan holda o‘rgatiladi. 
Ko‘pgina holda quyidagilarga olib kelinadi: 
1. Harakatning dastlabki maktabini ta’minlash, ya’ni harakat faoliyatini 
murakkab shakllari uchun dastlabki bazani yaratgan harakat apparatining asosiy 
bo‘ginlarida oddiy harakatlarni boshqarishga o‘rgatish. Masalan yuqori stardan 
chiqish. 
2. "Yordamchi" mashqlar yangi yoki ayrim jismoniy sifatlar qobiliyatlarni 
rivojlanishiga ta’sir etuvchi vositalar sifatida foydalaniladigan harakatlarga 
o‘rgatish. Masalan: har-xil usulda balandlikka sakrash- plankasiz oyoqlarni har-xil 


ketma-ketli harakatlari 
3. Kundalik hayotda, faoliyatning mehnat, sport va boshqa sohalarda zarur 
bo‘lgan asosiy harakat ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda 
takomillashtiruvning kerakli darajaga olib borish. Masalan: har-xil sport turlari.
Bu vazifalarning xarakteriga va o‘rganilayotgan harakat faoliyatlarining 
xususiyatlariga bog‘liq holda o‘qitish jarayoni bir qator xususiyatlariga egadir. 
Ma’lumki, vazifalarning qiyinligiga qarab ularga sarf bo‘ladigan vaqtlar ham 
turlichadir. Masalan: bir-ikki bo‘g‘inli gimnastika harakatlariga o‘rgatish mu’lum 
holatlarda nisbatan tezroq bo‘ladi, lekin ularni o‘zlashtirish hamda murakkab 
harakat foliyatlarni yuqori darajaga oshirishga ba’zan yillab vaqtlar ketadi (misol: 
shest bilan sakrash). 
Bunday holatda o‘rgatish metodikasi ham farq qiladi. Harakat faoliyatining 
tuzilish murakkabligi ma’lum darajada harakatga dastlabki harakatda asosiy 
metodlarni tanlashni oldindan aniqlaydi. 
Oddiy xarakatlarga o‘rgatishda butunlicha o‘rgatish qo‘llanilsa, murakkab 
mashqlarda esa qismlab o‘rgatish qo‘llaniladi. Harakatning tayyorlov, asosiy, 
yakuniy vazifalari orasida bog‘lanish muhim ahamiyatga va xususiyatlarga egadir. 
Ba’zi hollarda o‘rgatishning asosiy vazifalaridan foydalanilsa, (masalan, 
balandlikka sakrashda, depsinish) boshqa hollarda esa tayyorlov vazifasidan 
foydalaniladi, (masalan: tebranish va engashgan holda tayanch holatga o‘tish), ayrim 
hollarda yakuniy fazasidan o‘rgatish lozim (masalan, bolalarga sakrashda yumshoq 
qunishni o‘rgatish). 
Harakatlarga o‘rgatish umumiy didaktik prinsiplariga asoslanadi, bu 
prinsiplar jismoniy tarbiya sohasida o‘z maxsus ifodasini topadi. Bu maxsus harakat 
ko‘nikmalari va malakalarini hosil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadi. 
Harakat ko‘nikmalari va malakalari. Mashqlarni harakat ko‘nikmasi va 
harakat malakasi bo‘lgan taqdirdagina bajarish mumkin. Bu ko‘nikma va malakalar 
harakatlarni bajarishning muayyan usullarini ifoda etadi.
Xarakat ko‘nikmalari. Kishida harakat tajribasi va bilimlari to‘planib, 
jismoniy jihatdan zarur darajada rivoj topgach, kishida biror bir harakat vazifasi hal 


qilish imkoniyati yaratiladi. Biror harakat 
faoliyatida Qatnashishni amalga oshirish 
uchun kishi ilgari hosil qilgan ko‘nikmalar va 
malakalardan jismoniy va ma’naviy irodaviy 
sifatlarda ijodiy foydalana oladi. Keyinchalik 
esa, yangi ilgari tanish bo‘lmagan harakat faoliyatini bajarishga imkon yartadi. 
Bunda hamisha butun faoliyat davomida ma’lum darajada aqliy mehnat bilan ish 
ko‘rish talab qilinadi. 
Bilim va tajribalar asosida egallangan harakat ko‘nikmalari - ya’ni harakat 
faoliyati jarayonida harakatlarni ongli ravishda avtomatlashmagan holda boshqarish 
qobiliyatidir. Jismoniy tarbiya jarayonida 2 xil ko‘rinishda bo‘lgan harakat 
ko‘nikmalari: a) yaxlit harakat faoliyatini amalga oshira olish. b) har xil 
murakkablikda - bo‘lgan alohida xarakatlarini bajara olish ko‘nikmalari hosil 
qilinadi. 
A.) Birinchi ko‘rinishdagi ko‘nikma murakkab, o‘zgaruvchan sharoitlarda 
to‘satdan bo‘ladigan vazifalarni hal qilish zarurligi bilan bog‘liqdir. Bunday harakat 
faoliyati har doim ongli ravishda bajariladi, lekin avtomatlashmagan ravishda 
bajariladi va standart xarakterda bo‘la olmaydi. Bu ko‘nikmalar umumiy malakaga 
aylanmaydi. O‘rganilgan harakat va jismoniy sifatlarni chaqqon va ijodiy ravishda 
qo‘llanish bu har xil ko‘nikmalarga xos xususiyat bo‘lib qoladi. 
B) Alohida harakatlarni bajara olish ko‘nikmalari, odatda malaka hosil 
qilishga olib keladi. O‘rganish jarayonida bu ko‘nikmalar harakat texnikasini 
dastlabki umumiy tarzda egallashdan tortib, mukammal ravishda egallagunga qadar 
rivojlanadi. Oddiy yoki murakkab harakatlarni bajara olish qobiliyati bu harakatlarni 
bajarish uchun butun harakat aktini, bajarish diqqatini to‘la talab qilmagunga qadar 
ko‘nikma doirasi bo‘ladi. 
Harakat ko‘nikma va malakalari. Harakat mashqlarini ko‘p martaba stereotip 
tarzda takrorlash malaka hosil qilishga olib keladi. harakat malakasi - bu bir butun 
harakat vaqtida harakatlarni avtomatlashgan usulida olib borishga aytiladi. 
Harakat akti stereotip ravishda takrorlanaversa, uning bajarilishini asta sekin 


odatga aylanib qoladi; harakat aktining biror bir qismi qanday bajarilish ustida 
tobora kamroq fikr yuritiladi; yetarli darajada o‘ylab, sinab ko‘rilgan va odat bo‘lib 
qolgan harakatlarga fikrni qaratishga endilikda zaruriyat qolmaydi va asta-sekin 
harakat avtomatlashib boradi. Shunday qilib ko‘nikma reflektori harakat aktlari 
tizimi bilan mustahkamlangan malakaga aylanadi. Avtomatlashgan holat 
malakaning asosiy xususiyatlaridir. Avtomatlashish bilan umuman harakat aktini 
ongli ravishda bajarishga chek qo‘yilmaydi, lekin har bir alohida harakatni 
bajarishga ongning ishtirokiga extiyoj qolmaydi. 
Malaka hosil bo‘lish davrida ong yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki o‘z rolini 
almashtiradi. 
Malakaning hosil bo‘lishi jarayonida alohida harakatlarning avtomatlashishi 
bilan birga bu harakatlar tuzilishining nisbatan doimiy fazoviyligi, vaqtliligi va 
kuchliligi bilan bir butun aktga harakatlarga birlashish yuzaga keladi. Bu 
harakatlarning yengil, ritmik, tejamli bo‘lishini 
ta’minlaydi. Malaka o‘sishining eng yuqori 
bosqichida suzishda "suvni his etishda" o‘yinda 
"o‘yinni his etish", konki bilan figurali uchishda 
"belni his etish" singari ixtisoslashgan sohaga xos tasavvurlar paydo bo‘ladi. 
Harakat malakasining barqarorligini harajat amalining o‘zgaruvchanligini 
ajratib bo‘lmaydi. Malakaning mustaxkamlanib borishi bilan harakat aktini uning 
texnikasi asosini saqlagan holda har xil variantini ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. 
(Masalan: gimnast turnikda ko‘tarilish mashqini har xil holda bajara oladi, 
changichilar va yugiruvchilar joyning relefiga muvofiq holda yugirish texnikasini 
ham boshlash va tugallash oson bo‘lib qoladi va bu o‘zgarilgan harakatni boshqa 
harakatlar bilan qo‘shib bajarishga imkon beradi samarali harakat qilish imkoniyati 
kengayadi. Bu o‘zgaruvchanlikka harakat aktining tayyorlanish, to‘ldirish va 
yakunlash vazifalar natijasida erishiladi. 
Harakatlarga o‘rgatish. 
Jismoniy tarbiya jarayonida o‘rgatishning asosiy vazifasi harakat 
ko‘nikmalari va maxsus bilimlarni egallashdir. Jismoniy tarbiya jarayonida ham 


ta’lim ham tarbiya amalga oshiriladi. Biror bir harakatga o‘rgatish 
shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi, funksional imkoniyatlarni oshirish va 
rivojlantirish, sog‘liqni mustahkamlash va h.k lar bilan bog‘liqdir, hamda jismoniy 
sifatlarni oshirish sodir bo‘ladi. 
Adabiyotlar: 
1. Salomova R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. -T., 2014.
2. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi -T.:
Iqtisod-moliya, 2008.
3. “Sog‘lom bola yili” davlat dasturi. -T.: 2014.
4. “Ilk qadam ” Davkat dacturi T., 2018.
5. Fayzullayeva M. va boshqalar. Sog‘ tanda-sog‘lom aql. -T., 2014.
6. Usmonxo‘jayev T. va boshqalar. 500 harakatli o‘yinlar. -T.: Yangi asr avlodi, 
2014 
7. Djamilova N.N, Sharipova M.X “Jismoniy tarbiya” metodikasi moduli 
bo‘yicha o’quv uslubiy qo’llanma –T.,2018 

Yüklə 277,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə