3-mavzu: Asosiy harakat yurish, yugurish, sakrash va boshqa yordamchi mashqlar (2 soat)



Yüklə 277,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü277,99 Kb.
#141786
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu Asosiy harakat yurish, yugurish, sakrash va boshqa yord

Sakrash mashqlari.
Katta maktabgacha yoshida sakrashga oid mashqlar 
anchagina ko‘payadi. Yerdan anchagina kuchli itarilish, ko‘lni shiddat bilan silkish, 
yuqoriga, uzunlikka va hokazolarga sakrashni bajarishning barcha bosqichlarida 
juda yaxshi harakat muvofiqligi kuzatiladi.
Katta guruh bolalari beriladigan yuklamalarni bemalol uddalaydilar, bu 
o‘rinda mashqlar miqdorini ham oshirish mumkin, biroq mashqlarning bajarilish 


sifatiga e’tiborni ko‘proq qaratish lozim. Joyida turib yoki oldinga siljib ikki oyoqda 
sakrashni takrorlash bilan birga yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash, 
kalta arg‘amchadan joyida turib uzunlikka sakrash ham o‘rgatilib boriladi.
Uloqtirish mashqlari
. Olti yoshga qadam qo‘ygan bolalar harakatlarni tahlil 
qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar, bu ularning turli topshiriqlarni o‘zlashtirib 
olishlariga yordam beradi: nishonga aniq tekkiza oladi, qo‘lini shiddat bilan 
harakatlantirib, to‘g‘ri dastlabki holatni egallab, to‘pni uzoqqa ota oladi. To‘p 
tashlab berishda, to‘pni olish va ilib olishda fazoda va vaqtda tashlab bera oladilar, 
uchib kelayotgan to‘pga tomon gavda holatini o‘zgartirib, qo‘llarini cho‘za oladilar, 
bular harakatlar muvofiqlashuvining anchagina takomillashganidan dalolat beradi.
Muvozanatni saqlash mashqlari
. Ma’lumki muvozanat (uni saqlab turish 
va tutib turishga intilish) har qanday harakatlar uchun doimiy va zarur komponet 
bo‘lib hisoblanadi. Katta maktabgacha yoshda muvozanat saqlashni turli tuman 
mashqlar vositasida takomillashtirib borish davom ettiriladi.
Muvozanat saqlash funksiyasining kechiqishi yoki yetarli rivojlanmasligi 
harakat aniqligiga, sur’atiga, me’yoriga ta’sir ko‘rsatadi. Ular natijalarining 
yaxshilanishi 5-6 yoshli bolalarda mushak tonusi muvofiqligining yetarli darajada 
yaxshi rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Katta guruhlarda muvozanat mashqlarini tayanchni toraytirilgan va 
kengaytirilgan holatda bajarish taklif etiladi. Bunda topshiriqlar turli narsalar bilan 
bajariladi. Muvozanatni saqlashni rivojlantirish mashqlarining barchasi bolalardan 
diqqatni bir joyga to‘plashni, diqqat- e’tiborni, irodaviy zo‘r berishni talab qiladi; 
shuning uchun mashqlarni o‘rtacha va sekin sur’atda tarbiyachining kuzatuvi ostida 
o‘tkazish va zarur hollarda ayrim bolalarga yordam berish hamda ularni asrab-
avaylash lozim .

Yüklə 277,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə