3-mavzu: Asosiy harakat yurish, yugurish, sakrash va boshqa yordamchi mashqlar (2 soat)



Yüklə 277,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü277,99 Kb.
#141786
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu Asosiy harakat yurish, yugurish, sakrash va boshqa yord

Sakrash mashqlari
.
Katta maktabgacha ѐshida sakrashga oid mashqlar 
anchagina ko‘payadi. Yerdan anchagina kuchli itarilish, ko‘lni shiddat bilan silkish, 
yuqoriga, uzunlikka va hokazolarga sakrashni bajarishning barcha bosqichlarida 
juda yaxshi harakat muvofiqligi kuzatiladi.
Katta guruh bolalari beriladigan yuklamalarni bemalol uddalaydilar, bu 
o‘rinda mashqlar miqdorini ham oshirish mumkin, biroq mashqlarning bajarilish 
sifatiga e’tiborni ko‘proq qaratish lozim. Joyida turib ѐki oldinga siljib ikki oѐqda 
sakrashni takrorlash bilan birga yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash
kalta arg‘amchadan joyida turib uzunlikka sakrash ham o‘rgatilib boriladi.
Uloqtirish mashqlari
. Olti ѐshga qadam qo‘ygan bolalar harakatlarni tahlil 
qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar, bu ularning turli topshiriqlarni o‘zlashtirib 
olishlariga ѐrdam beradi: nishonga aniq tekkiza oladi, qo‘lini shiddat bilan 
harakatlantirib, to‘g‘ri dastlabki holatni egallab, to‘pni uzoqqa ota oladi. To‘p 
tashlab berishda, to‘pni olish va ilib olishda fazoda va vaqtda tashlab bera oladilar, 
uchib kelaѐtgan to‘pga tomon gavda holatini o‘zgartirib, qo‘llarini cho‘za oladilar, 
bular harakatlar muvofiqlashuvining anchagina takomillashganidan dalolat beradi.
Muvozanatni saqlash mashqlari
. Ma’lumki muvozanat (uni saqlab turish va 
tutib turishga intilish) har qanday harakatlar uchun doimiy va zarur komponet bo‘lib 
hisoblanadi. Katta maktabgacha ѐshda muvozanat saqlashni turli tuman mashqlar 
vositasida takomillashtirib borish davom ettiriladi.
Muvozanat saqlash funksiyasining kechiqishi ѐki yetarli rivojlanmasligi 
harakat aniqligiga, sur’atiga, me’ѐriga ta’sir ko‘rsatadi. Ular natijalarining 
yaxshilanishi 5-6 ѐshli bolalarda mushak tonusi muvofiqligining yetarli darajada 
yaxshi rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Katta guruhlarda muvozanat mashqlarini tayanchni toraytirilgan va 
kengaytirilgan holatda bajarish taklif etiladi. Bunda topshiriqlar turli narsalar bilan 
bajariladi. Muvozanatni saqlashni rivojlantirish mashqlarining barchasi bolalardan 
diqqatni bir joyga to‘plashni, diqqat- e’tiborni, irodaviy zo‘r berishni talab qiladi; 
shuning uchun mashqlarni o‘rtacha va sekin sur’atda tarbiyachining kuzatuvi ostida 
o‘tkazish va zarur hollarda ayrim bolalarga ѐrdam berish hamda ularni asrab-


avaylash lozim .

Yüklə 277,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə