3-mavzu: Asosiy harakat yurish, yugurish, sakrash va boshqa yordamchi mashqlar (2 soat)



Yüklə 277,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü277,99 Kb.
#141786
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu Asosiy harakat yurish, yugurish, sakrash va boshqa yord

Yurish
va
yugurish mashqlari. 
Yurish
va 
yugurish 
mashqlarining vazifasi qo‘l va
oѐqlar 
harakatlanaѐtganda 
muvozanat 
yaxshi
saqlagan holda
yengil,
erkin
harakatlar qilishni o‘rgatishdir. Bolalar katta maktabgacha ѐshda bir 
yo‘nalishda hamda bir me’ѐrda yurish va yugurish ko‘nikmasini egallay biladilar.
Bolalar olti ѐshga yetganda yugurishda uchish holatini egallab olgan 


bo‘ladilar. Yurish va yugurishni takomillashtirish uchun oldingi guruhlarda 
egallangan harakat
malakalari asosida
turli mashqlarni asta-sekin 
murakkablashtirib borishdan foydalaniladi.
Tarbiyachi katta guruhda yurish va yugurishni navbatma-navbat o‘rgatib 
boradi, bunda topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirib boradi hamda 
bajarilaѐtgan mashqning texnikasiga talablar qo‘yadi.
Masalan, tizzalarni baland ko‘tarib yurish mashqini o‘zlashtirib olishni 
anchagina qiyin desa bo‘ladi. Yurishning ushbu ko‘rinishida qadamlar qisqa 
harakatlar aniq, avvaliga oѐqning oldingi qismi uchi
so‘ngra oѐq to‘liq qo‘yiladi. Tizzalarni baland ko‘tarib 
yugurishda tizzadan
bukilgan
oѐq to‘g‘ri 
burchak darajasiga ko‘tariladi va yerga yumshoq 
qo‘yiladi, ammo oѐq uchi shahdam harakat bilan qo‘yiladi.
Keng erkin qadam bilan yurish va yugurish, harakat bir oz sekinlatilishi bilan 
harakterlanadi. Bunda qo‘l
va oѐq odatdagidek o‘zaro muvofik, harakat qilib oldin oѐq tovoni qo‘yilib, 
uchiga o‘tiladi.
Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish uchun tezlik bilan yugurish (20 m 
masofaga) taklif kilinsa, chaqqonlik va harakat muvofiqligini rivojlantirish uchun 
mokisimon yugurish beriladi va, nihoyat, chidamlilikni rivojlantirish uchun 
belgilangan masofaga sekin va o‘rtacha sur’atda 2.5 daqiqa davomida 
muntazam yugurish qo‘llaniladi.



Yüklə 277,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə