3 I. Bob. Oilada bolalarni tarbiyalashda o’zbek xalq pedagogikasi manbalardan foydalanish texnologiyalari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə5/22
tarix29.06.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#90240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Dilshoda

Tаdqiqоtning tuzilishi. Magistrlk ishi kirish bob, besh paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.

I BOB. OILADA BOLALARNI TARBIYALASHDA O’ZBEK XALQ PEDAGOGIKASI MANBALARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI
1.1. O‘zbek xalq pedagogikasi namunalari o‘quvchilarni ma’naviy- axloqiy tarbiyalash omili sifatida
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayotida bo‘lgani kabi ta’lim sohasida ham ko‘plab o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirildi. Ta’lim tizimidagi yangiliklarni bunga yaqqol misol qila olamiz.
Har bir inson umri davomida xalq og‘zaki ijodidan bahramand bo‘lib ulg‘ayadi. Bolaligida ertak eshitib katta bo‘lmagan odam bu dunyoda yo‘q desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. CHunki har bir odam dunyoga kelgach, turli darajadagi ertak, rivoyat, afsonalarni eshitadi va aynan o‘shalar orqali dunyoni o‘rganadi. Ularda xalq badiiy tafakkurining eng sara mevasi yashiringan. Buni anglash va ularni qayta kashf etish kishiga hayotni tushunish, odam va olam munosabatlarini o‘rganishga yordam beradi. Shu ma’noda o‘zbek xalq og‘zaki ijodining tur va janrlarini o‘rganish, ular ustida ishlash va ularning turli davrlarda turli ijtimoiy vazifani bajarishini o‘rganish adabiyotshunoslikning dolzarb muammolaridan biridir.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “...ajdodlarimizning tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalari… bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir”. Lekin xalq og‘zaki ijodi va uning mif, ertak, doston kabi janrlari zamiriga yashiringan ko‘plab hikmatlar hali to‘la o‘rganilmagan. O‘rganilganlari ham kishilik jamiyatining ma’lum bir davrida qayta tahlil va ilmiy izlanishni talab qiladi.
Xalq og‘zaki ijodini o‘rganish – xalq tarixi, urf-odati, an’analari, o‘y-kechinmalari, buguni va kelajagini tadqiq etish demakdir. Unda millatning o‘zini anglashi, o‘zligini namoyon qilish xislatlari, intilishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi aks etgan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”1 .
Ana shunday yuksak ma’naviyatimizning asosi hisoblangan xalq og‘zaki ijodini tom ma’noda anglash uchun esa uning g‘oyaviy-badiiy va janr xususiyati, poetik strukturasi, tarixiy ildizlari hamda mifologik asoslari atroflicha tadqiq etilishi lozim bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodini o‘rganishda bunday kompleks yondoshuv uning jonli og‘zaki ijro sharoitida o‘ziga xos ravishda yaratish, tarqalish xususiyatlarini, uzoq asrlik taraqqiyot jarayonida xalq dunyoqarashi va ruhiyati bilan bog‘liq ayrim hodisalarning aks etishi darajasi, konkret asarlar syujeti, obrazlar tizimida turgan o‘rni, badiiy vazifasi hamda mohiyatini alohida-alohida tadqiq etishni talab etadi.
Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni, xalqimiz yaratgan boy ma’naviy merosni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish zaminini musahkamlash, uni davr talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga katta ahamiyat berildi.
Mamlakatimizda pedagogika ilmi ham, amaliyoti ham yangilanib bormoqda. Ma’lumki har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi. Yoshlar esa bugungi kunda oilada va asosan ta’lim-tarbiya munosabatlarida shakllantiriladi. Ta’lim vositalari o‘quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o‘ziga xosliklarini to‘liq hisobga olgandigana yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
Ta’lim-tarbiya berish jarayonida xalq og‘zaki ijodidan foydalanish ham juda samarali o‘rin egallaydi. Xalq poetik ijodini o‘rganish, ayniqsa ijtimoiy fanlar yuzasidan olib boriladigan ilmiy – tadqiqotlar uchun bebaho qiymatga ega. CHunki “Xalq og‘zaki ijodini bilmaguncha mehnatkash xalqning xaqiqiy tarixini bilish mumkin emas”.
Shu o‘rinda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov:“Bugun yurtimizda kechagi kunni eslamaydigan, ajdodlarini, bobolarini yodga olmaydigan odamning o‘zi yuk, desam, adashmagan bulaman. Dunyo tarixida qudratli saltanat yaratgan soxibqiron Amir Temur bobomiz, o‘z aql-zakovati, ulkan ilmiy saloxiyati bilan jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimiz bilan kim faxrlanmaydi deysiz?.... mening tilagim, istagim shuki, bu hakda ko‘proq gapirish, merosimizni ko‘proq va chuqurroq o‘rganish kerak. Buyuk ajdodlarimizni, ota-bobolarimizni eslash degani - bu o‘zimizga tan berish deganidir”2-degan fikrlari har birimizning ko‘ngillarimizga faxr-iftixor tuyg‘usini paydo qiladi.
SHunday ekan, xalq og‘zaki ijodini o‘rganish boshqa ijtimoiy fanlar kabi pedagogik tadqiqotlarda o‘rganish uchun ham g‘oyat muhim ahamiyatga ega. CHunki “Xalq pedagogikasi asta-sekin xalq ommasi ichida tarkib topa boradi va xalq ijodining topishmoq, matal, maqol, ertak, doston va qo‘shiq kabi yodgorliklarida aks etiriladi”.
Xalq ommasining turmush faoliyat jarayonida to‘plangan tarbiya borasidagi tajriba va bilimlar yig‘indisi xalq pedagogikasining mazmuni ifodalaydi. YA’ni xalq pedagogikasi – mehnatkash xalq va xalq donishmandlarining Yoshlarni kutilgan maqsadga muvofiq kishilar qilib shakllantiradigan tarbiyaning maqsad va vazifalariga bo‘lgan qarashlari hamda xalq ommasi tomonidan ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish bobida qo‘llanib kelingan usul vosita, ko‘nikma va malakalar birligini ifodalovchi tajribalar asosida to‘plangan bilim va ma’lumotlar yig‘indisidir. Boshqacha qilib aytganda, xalq pedagogikasi xalq ommasining og‘zaki tarzda yaratgan avloddan avlodga o‘tib kelayotgan tarbiya haqidagi ma’lumotlari – pedagogik ijodlari yig‘indisidir.
Mamlakatimiz isiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni, xalqimiz yaratgan og‘zaki adabiyotlarni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish zaminini musahkamlash, uni davr talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga katta ahamiyat berildi.
Xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi-ikkilamchisi bo‘lmaydi: Xamma narsa hisobga olinishi, xech bir soha chekkada kolmasligi, ayni chog‘da tarbiyaning nihoyatda nozik, injik, murakkab tamonlari e’tiborga olingan xolda, etti o‘lchab bir kesishga amal kilinadi, shuningdek xalq tarbiyasida kecha, bugun va ertani o‘ylab ish tutadi, ya’ni tarbiyani o‘tmishni unutmaslik, bugunning kadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda xayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko‘rinish qisqasi jonli jonsiz neki bor, undan mukammal foydalanadi.
Xalq pedagogikasini ishontirish, isbotlash, ta’sir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiklash kabilar tarbiyada muxim o‘rin tutadi..
Xalqimizning xalq pedagogikasi g‘oyalariga tayanib, uni o‘rganib, to‘la amal kilgan barcha farzandlari doim el-yurt nazariga tushgan va olqishiga sazovor bo‘lgan.
Xalq pedagogikasining bunchalik darajada ta’sir kuchi uning yashovchanligi, boyib borishi, vatan taqdirida hal qiluvchi rol o‘ynashiga asosiy sabablar quyidagilardan iborat:
1. Xalq pedagogikasining beqiyosligi, ta’sirchanligi serqirra, serma’noligidir.
2. Xalq pedagogikasining bevosita xalq tomonidan mavjud xayot
davomida jonli an’analarida yaratilishi, yashashi, hayot, inson muammolarini o‘z ichiga qamrab olishidir.
3. Xalq pedagogikasi umuminsoniy yunalishicha va umumbashariy g‘oya-maksadlarga qaratilganligi.
Komil insonni tarbiyalash esa, avvalo, yuksak ma’naviyatli, odob – axloqli , xushxulq etib tarbiyalashni ko‘zda tutadi . Odobli, bilimdon va aqlli , mehnatsevar, iymon – e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning zng katta boyligidir. Ana shunday farzandlarni tarbiyalash, voyaga etkazishda xalq pedagogikasi tajribalaridan unumli foydalanishmkechiktirib bulmaydigan dolzarb vazifadir.
Umuman o‘zbek xalq pedagogikasi xalqimizning asrlar osha o‘z xayotiy tajribalari, farzandlar kamolati borasida tutgan udumlari, sa’y-harakatlari, yo’l-yo’riklari, aql-zakovatlari natijasida yaratilgan meroslar majmuasidir.
Hozirgi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalq pedagogikasi manbalaridan foydalanish, uning namunalaridan keng foydalanish insonni har tomonlama kamol toptirish, ma’naviyatimizning ustuvorligi, iymon-e’tiqodimizning butun bo‘lishi garovidir. O‘qituvchilarning asl maqsadi, o‘quvchilarning o‘quv istagi va shaxsidagi ijodkorlikni shakllantirib, ularni barcha darslarda faol bo‘lishlariga jalb qilish, ta’limga bo‘lgan qiziqish va mustaqillik tuyg‘usini uyg‘otishdir. Boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘quvchilarni faollikka undovchi yangi o‘qish metodalarini o‘ylab topishga, interfaol metodlarni boshlang‘ich ta’lim tizimiga tadbiq etish yo‘llarini izlashga harakat qiladi.
Xalq pedagogikasi mazkur xalq paydo bo‘lgan kundan boshlanib, bu nihoyatda keng qamrovli va serjilo, serqirra bo‘ladi.
Ma’lumki, xalqning pedogogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga asosan xalq og‘zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlarda, payg‘ambarimizning xadislarida o‘z ifodasini topgan. Demak, Xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan og‘zaki tarzda bo‘lib, u har bir avlod unga o‘z tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qushgan xolda bizgacha etib kelgan.
SHu bois Xalq pedagogikasi tarix tufonlari-yu, ur-yikitlariga, to‘s-to‘polonlariga bardosh berib, tajriba sinovlaridan muvaffaqqiyatli o‘tib, toblanib, siyqallashib, xech bir payt, xech bir davrda-u kanchalik og‘ir, murakkab qiyin bo‘lmasin baribir faol xizmat kilib, avlodlar kamolati borasida hal kiluvchi rol o‘ynab kelmokda.
Ma’naviy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o‘ziga xos mezon vazifasini o‘taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo‘layotgan faoliyat turlari va rasm-rusmlarga baho beriladi. Yosh avlodning hayotiy mo‘ljallari, «zamon qahramoni» haqidagi tasavvurlari ham ma’naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi.
Milliy g‘oyani ob’ektiv anglashda qadriyatlar va ma’naviyat olamini bilish va uni amaliy o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotga ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi1.
“O‘z- o‘zidan ayonki, yangi davlat barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo`lidagi murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni xal etishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarni tayyorlash masalasi muhim prinsipal va hal qiluvchi ahamiyatga ega3”,- deb ta’kidlaydi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov.
Xalq pedagogikasining ajralmas qismi bo‘lgan “O‘zbek Xalq pedagogikasi” O‘zbek xalqi paydo bo‘lgan va yashab kelayotgan butun davrni o‘z ichiga oladi. Jumladan ijtimoiy va maishiy-axloqni xayotning barcha tomonlarini, Xalq og‘zaki ijodi, kadrshunoslik, udumshunoslik va marosimshunoslikning etakchi yunalishlarini, diniy axloqiy ta’limotni o‘z ichiga oladi. Demak, O‘zbek Xalq pedagogikasi - bu dono xalqimizning ta’lim tarbiya, axloq, odob, insoniy qadriyatlar va uning ma’naviy ustuvorligi, imon e’tiqodi butunligi sohasidagi dunyoqarashi, ommaviy faoliyati, usul-metodlari, an’analari, tajriba xulosalarining lo‘nda, bag‘oyat teran, donishmandnoma tarzda ifodalanishidir.
Umuman o‘zbek xalq pedagogikasi xalqimizning asrlar osha o‘z hayotiy tajribalari, farzandlar kamolati borasida tutgan udumlari, sa’y-harakatlari, yul-yuriklari, aql zakovatlari natijasida yaratilgan meroslar majmuasidir.
Hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri ta’lim tizimiga “O‘zbek Xalq pedagogikasi” an’analarini kiritishdir. CHunki bu milliy istiqlol mafkurasini yaratishda asos bo‘lib xizmat kiladi. Bunga erishish uchun:
1. Yosh avlodni milliy odob-axloq tarbiyasida folklor, shuningdek, qadimiy qadriyatlarimizda ifodalangan milliy va umumbashariy xislat fazilatlar asosida tarbiyalashga erishish;
2. Ta’lim tizimini mukammallashtirish;
3. Xalq og‘zaki ijodining barcha shakllaridan ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlaridan unumli foydalanish;
4. O‘zbek Xalq pedagogikasining xalq an’anaviy sporti, jismoniy tarbiya va folklor o‘yinlarining, jumladan bayram-sayllarining, Yoshlar jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyasi, baquvvatligi, chaqqonligi, epchilligini ta’minlash uchun xizmat kiladigan an’analardan tug‘ri va oqilona foydalana bilishdir.
Xozirgi kunda ta’lim tizimida “O‘zbek Xalq pedagogikasi” namunalaridan keng foydalanish insonni xar tomonlama kamol toptirish, ma’naviyatimizning ustivorligi, iymon-e’tikodlarimizning butun bo‘lishi qadrli qadriyatlarimizning garovidir.
YAngi davlat barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo`lidagi murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni tishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarni tayyorlashda xalq pedagogikasi manbalari asosiy vositalardan biri xisoblanadi.
SHu nuqtai nazardan qaraganda insoniyat taraqqiyotida avloddan-avlodga ko‘chib, tarix sinovlaridan o‘tib kelayotgan umuminsoniy va madaniy-ma’naviy qadriyatlar, milliy an’analar, axloqiy omillar va urf-odatlar muhim ahamiyat kasb etib kelgan. CHunki ular xalqning jamoa ijodkorligining mahsuli bo‘lib, insonlarning talab-ehtiyojlari zamirida aql-zakovat bilan yaratilgan, ularning tasavvuri, dunyoqarashi, tafakkuri, orzu-armonlari, e’tiqodi va axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam etgan, jamiyatning ma’naviy-madaniy rivojiga katta hissa qo‘shuvchi moddiy va ma’naviy boyligi bo‘lgan.
Xalqning bu boyligi, birinchi navbatda asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan o‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlari – qo‘shiq, maqol, topishmoq, afsona, rivoyat, latifa, ertak, naql va dostonlarda o‘z aksini topgan. CHunki ularda xalqning pedagogik g‘oyalari, dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari, ma’naviy-axloqiy ideallari o‘ziga xos yo`sinda aniq, ibratli va qiziqarli tasvirlargan, hikoya qilingan voqea-hodisalarda o‘rnak bo‘ladigan o‘gitlar berilgan, xalqning hayotiy tajribasi, milliy an’analari, urf-odatlari va falsafasi bayon etilgan. Xalq og‘zaki ijodi asarlari badiiy jihatdan yuksak takomilga ega ekanligi, tinglovchilarning, ayniqsa, Yosh bolalarning oson tushunishiga, idrok etishiga qulayligi tufayli xalq pedagogikasining eng muhim, ko‘p qamrovli va tarbiyaviy ta’siri g‘oyat kuchli tarmog‘i hisoblanadi. CHunonchi, maqollar xalqning ijtimoiy, iktisodiy, siyosiy va madaniy tajribalari, hayotiy kuzatishlari asosida vujudga kelgan fikrlarni lo‘nda, aniq va obrazli ifodalovchi bir vosita bo‘lsa, naqllar hayotiy tajribalari, nasihatomuz fikrlari, donishmandligi, axloq qoidalariva falsafasini sodda syujet, ibratli mazmunda ifodalovchi hikoyalardir. Ertaklar esa falsafa, axloq, din, badiiy to‘qima va hayolotga asoslangan xalq donishmandligining mahsulidir. SHu bois ertakdagi to‘qima voqea-hodisalar silsilasida xalqning ma’naviy qadriyatlari, urf-odatlari, axloq-odobning o‘ziga xos milliy xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Rivoyatlar ham asosan ijtimoiy-maishiy voqealarni, tarixiy shaxs va hodisalarni uydirmalar vositasida bayon etuvchi kichik xajmli hikoyalar bo‘lib, ularda lutf va nazokat, aql va idrok, ishq va vafo, adolat va sahovat, vatanparvarlik va mehnatsevarlik madh etiladi, zulm va zo‘rlik, xaqizlik va bosqinchilik qoralanadi.
Ayniqsa, xalq og‘zaki ijodining yirik namunasi hisoblangan dostonlarda umuminsoniy qadriyatlar mujassamlashgan bo‘lib, ularda xalqning turmush tarzi, axloq-odobi, urf-odatlari, marosimlari, an’analari, orzu-umidlari, erk va ozodlik yo`lidagi mardonavor kurashlari, vatanparvarligi, sevgi-muhabbatga sadoqati, kelajakka yaqqol ifodalangan. Buni “Alpomish”, “YAkka Ahmad”, “Rustamxon”, “Murodxon”, “Oysuluv”, “SHirin bilan SHakar”, “Kuntug‘mish” kabi dostolarida ko‘rish mumkin. CHunki bu dostonlar, avvalo, xalq pedagogikasining tarkibiy qismini tashkil etib, ularda oila va bola tarbiyasi, kelin-kuyov mas’uliyatli va burchi, ota-ona va o‘zgalarga hurmat tuyg‘usi, do‘stlik va hamkorlik, xayru sahovat va mehmonnavozlik, sevgi va sadoqat, jasurlik va qahramonlik fazilatlari kabi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ulug‘langan. Misol uchun bu dostonlarda qanday milliy qadriyatlar o‘z ifodasini topganini ko‘zdan kechiraylik.
“RUSTAMXON” dostoni Oqtosh viloyatining bahodiri Rustamxonga bag‘ishlangan bo‘lib, uning kundoshlar tuhmatiga yo`liqqan onasi Huroyimni jallodlardan qutqarish yo`lidagi jasurligi va onasi bilan o‘z yurtidan boshini olib ketgan davridagi g‘aroyib va hayotiy sarguzashtlari tasviridan iborat. Dostondagi tarbiya vositalaridan biri shuki, unda xalqimizning ayolga samimiy munosabati, onaga nisbatan hurmat va e’zozi, onalik va bolalik baxtu iqboliga bo‘lgan mehru muruvvati g‘oyat hayajonli lavhalarda tasvirlangan. Masalan, otasi Sultonxon podsho buyrug‘i bilan 300 jallod tomonidan onasi Huroyimning Mansur doriga haydab ketilganligini eshitgan o‘n to‘rt Yoshli Rustamxon otni egarlab, jang asboblarini ilib, ikki tozisini yo`lga solib, jallodlar ketidan kuvlab boradi va ularga qarshi jangda katta g‘ayrat-matonat ko‘rsatadi. Dostonda begunoh onani-tuhmatga yo`liqqan Huroyimni qutqarish, unga omonlik tilash yo`lida xalqning diniy qarashlari, islom g‘oyalari bilan bog‘liq tasavvuridan ham g‘oyat o‘rinli foydalanilgan. Avvalo uch xotindan ham farzand ko‘rmay, shohlik shavkatini ham tashlab ketishga rozi bo‘lgan Sultonxon diniy udumga ko‘ra, so‘fi-darveshlardan fotiha olgandan keyin, “hademay Huroyim degan o‘rtancha xotini xomilador bo‘lib qoladi”. So‘ngra xalqning diniy tushunchasiga ko‘ra, Mansur dori begunoh tuhmat bilan o‘ldiriladigan kirishilar uchun qurilgan. SHu bois Huroyimning begunoh o‘ldirilishini istamagan xalq xudoga iltijosini Huroyim tilidan shunday izhor etadi:
“...Senga osilgandir tuhmatning bari,

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə