3 I. Bob. Oilada bolalarni tarbiyalashda o’zbek xalq pedagogikasi manbalardan foydalanish texnologiyalari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə6/22
tarix29.06.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#90240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Dilshoda

Begunoh quridi oyimning sho‘ri,
To‘rt ming gaz ko‘taril Mansurning dori,
Otganda etmasin jallod arqoni!
... Huroyim bu so‘zni aytib bo‘lgandan keyin dor shiqirlab, poyidan qo‘zg‘alib ko‘tariladi. Dor ham endi bu tuhmatdan xazar qiladi...”
(Rustamxon, 386-387-sahifalar).
Dostonda sharqona tarbiyaning yana bir ko‘rinishi farzand odob-axloqi, mehr – shavqati va burchining ota-onaga itoatida, hurmat qilishida, gap qaytarmasligida namoyon bo‘lishidir. CHunonchi, Rustam zolimlarni engib, onasini eson-omon ko‘rgandan keyin, endi Oqtoshga qaytamizmi, deb onasidan maslahat so‘raydi. Onasi shunday javob qaytaradi:
Meni desang Oqtosh elga bormayman,
Otangning diydori qursin, ko‘rmayman,
Qaytib borib, bu ish esimga tushib,
Sira, bolam, burungiday bo‘lmayman.
Meni desang, boshqa yurtni izlagin,
Qursin otang, men ixtiyor qilmayman!...
Rustam esi kirib qolgan, kitob o‘qib har gapning ma’nosiga tushunadigan bo‘lgan, serfahm, aqli ko‘p yigit edi. Enasining so‘zlarini tinglab, ma’nosiga tushunib, ...enasining gapi ma’qul bo‘lub: . Ena, unday bo‘lsaixtiyor senda-da. Sen shu gaplarni aytding; men otamning qoshiga bormayman, sendan ayrilib qolmayman. Tirik bo‘lsak, bir tepada, o‘lik bo‘lsak bir chuqurda. Endi senning hayoling qaerda bo‘lsa, mening ham hayolim shu erda, dedi”.
(Rustamxon, 390-391-sahifalar).
Ona va bola o‘rtasidagi shu birgina samimiy muloqotdan ajdodlarimizdan meros qolgan hurmat, mehr-muhabbat qoidalari targ‘ib etilgani yaqqol ifodalangan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bunday ota-onaga, kattalarga hurmat qoidasi asosini e’zozlash, rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash, xizmatga tayyor turish, avaylash, ma’qullash, to‘g‘ri maslahat berish, ranjitmaslik, samimiy va iltifotli bo‘lish kabi muhim insoniy fazilatlar tashkil etishi ta’kidlangan.
“Rustamxon” dostonida bunday ma’naviy qadriyatlar va milliy an’analarni unda tasvirlangan barcha voqea-hodisalar va obrazlarda ko‘rish mumkin. Zotan, dostonning asosiy g‘oyaviy yo`nalishi ham – ona yurtga muhabbat qo‘yish, oddiy kishilarga muruvvat ko‘rsatish va yaxshilik qilish, dushmanga nisbatan g‘azab va nafrat bildirish, olijanob ezgu niyatlar yo`lida qat’iyat, dovyuraklik va jasurlik ko‘rsatish, katta Yoshdagi kishilarga jumladan, ota-onaga mehr-shafqatli, muruvvatli, sahovtli bo‘lish, insonlar o‘rtasidagi birodarlikniulug‘lashdan iboratdir.
Misol uchun dostonda ajdodlarimizning sharqona odob-axloqini, fe’l-atvorini va muruvvatini ifodalovchi vosita bo‘lmish mehmondo‘stlik qadriyati fanday ifodalanganini ko‘zdan kechiraylik. Ma’lumki, SHarq xalqlariga xos mehmondo‘stlik eng qadimgi davrlardan mavjud bo‘lib, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo`qotmagan qadriyatlardan hisoblanadi. CHunki mehmondo‘stlik odamga mehr qo‘yish, bir-biriga sahovatli va oqibatli bo‘lish, oqko‘ngillik va olihimmatlilikning yuksak ifodasidir. Buni biz “Murodxon” dostonidagi ijobiy obrazlardan biri – Ko‘lquduq mamalakatining podshosi Orzigul parining do‘sti Oqilxon timsolida g‘oyat jozibali tasvirlanganini ko‘ramiz. Oqilxonning do‘stlikni qadrlashi va e’zozlashi, do‘st uchun har qanday yaxshilikni, mol-dunyoni ayamasligi uzoq yo`ldan piyoda horib-yaaryaab kelgan, ochlikdan holdan toygan, mashaqqat chekkan Murodxonga ko‘rsatgan mehribonligida, mehmondo‘stlikning barcha rasm-rusumlariga rioya qilib, izzat-ikrom bilan kutib olganida yaqqol ko‘rinadi: “Murodxonning ... ko‘nglini xushlab, ko‘shkiga boshlab olib borib, ostiga palos tashlab, qirqin qiz bekning xizmatida turdilar.
Oqilxon ... Murodxonning oldiga kelib, qo‘l uzatib ko‘rishib, so‘rashib, dasturxon yozib, har turli taomlardan tortib, ko‘p siylab tashladi.
... Murodxonning oldiga pista, rusta, bodom, har xil alvonda nozu ne’mat narsalardan tortib, oltin kosalarga sharob suzib, Murodxonning ko‘nglini xuo‘lab ziyofat ustiga ziyofat, asal ustiga sharbat tortib, maylisni qizitib o‘tira berdi. Hammasi zarli-zarbof kiyimlardan kiyib, Murodxonga jilvalar qilib, ko‘nglini olib, nozlar bilan gapira berdi...”.
SHu xilda vaqtixushlik bilan oqshomni o‘tkazib, Oqilxon ertalab mehmon bilan tanishadi, uni maqsadi yo`lida xizmat qilishiga va’da berib, o‘z mamlakatini mehmonga ko‘rsatadi.
“Oqilxon shahrining yarmini Murodxonga ko‘rsatib, past ko‘cha, tor ko‘cha, rost ko‘cha – barini ko‘rsatib, guliston chorbog‘lariga iyartib, shunday dumog‘ni chog‘ qilib, shul kechani o‘tkardi. SHul kecha o‘tdi, xo‘p yaxshi qildi xizmatdi, oqshom yotdi. Tong otdi. Kun choshkua haddiga etdi. SHunda Oqilxon qirqin kanizlariga buyurdi: - Qora qashqa tulporni egarlab olib kelinglar! – dedi.
... Bu qirqin qizlar hammasi jam bo‘lib, otning oldiga bordi. YAlang‘ochlab, qashlab, supurib-sidirib, ... otning ustiga tilla, zarli-zarbof abzallarni solib, turli po‘pak-tillalarni taqib, otni bezab, tilla yuganlarni urib, har xil kashtali tillaning suvini yugirtgan davirlarni solib, tilla egarni otning beliga urib, yaxshilab, hamma anjom-abzallarni urib, bezab bo‘lib otning jilovini hammasi ushlab, bu tulpor otni o‘rtaga olib, etaklab, sozlab bora berdi... SHunda Murodxon bu otni ko‘rib, vaqti xush bo‘lib, dumog‘i chog‘ bo‘ldi.
SHunda Oqilxon xazinasini ochdirib, podsholik dag‘dag‘a bilan turli sarpolar olib kelib, yaxshi sarpo – bosh oyoq kiyimlardan Murodxonga yoptirdi. Safarning kamchilik asboblaridan Murodxonga berib, har nima yovga kerak bo‘lsa, hammasini tayyorlab, qo‘liga yaxshi tilla dastli qamchin, yaxshi ispixon shamshirlarni ham berdi.
...Qizlar uzangini bosib, Oqilxon qiz Murodxonning qo‘ltig‘iga suyab, Murodxon uzangiga oyoq qo‘yib, “bismillo”, deb otga mindi”.
(Murodxon, 89-90-sahifalar).
Ana shunday keyin Oqilxon Murodxonga oq yo`l tilab, fotiha beradi va qirqin qizlariga amr qilib, Murodxonni shahar darvozasidan chiqartirib, yo`lga solib yubortiradi.
Bu parchadan ravshan ko‘rinib turibdiki, ajdodlarimizning mehmon kutish qoidalari, mehmonnavozlik rasmi-rusmlari juda qadimdan mavjud bo‘lib, asrlar osha sayqal topib kelgan xalq dostonlarida, buyuk mutafakkir allomalarimizning asarlarida pedagogik tarbiyaning bir amaliy shakli siftida bayon etilib, milliyong va g‘ururni shakllantiruvchi bir tarbiyaviy vosita sifatida hamon davom etib kelmoqda. Zotan, mehmondo‘stlik, qadriyati negizida o‘zbek xalqining insoniylik, samimiylik, do‘stlik, xayrihohlik, saxiylik xususiyatlari, mehmon kutish, kuzatish, sovg‘a tortiq qilish odobi bilan bog‘liq taomillar yotadiki, ularni o‘rganib, umumlashtirib, hozirgi ta’lim-tarbiya tajribasiga singdirish ilmiy-amaliy mohiyat kasb etadi.
SHIRIN BILAN SHAKAR” dostoni ham o‘zbek xalq epik ijodiyotining yaxshi bir namunasi bo‘lib, unda oila va bola tarbiyasi, ota-onaning bola tarbiyasi uchun mas’uliyati va burchi, farzandga nisbatan dili pokligi va mehr-muruvvatliligi muammolari xalq orzu-havasi talqinida hal etiladi. CHunonchi, doston syujeti afsonaviy Quyonqi yurtining podshosi Qosimxonning sakson xotinlaridan biri – Bo‘tako‘zdan bir o‘g‘il, vazirning xotinidan ham bir o‘g‘il tug‘ilishi bilan boshlanadi. Biroq vazirning xotini o‘lib, o‘g‘li etak ostida qoladi. Bo‘tako‘z vazirning bolasini ham emizib, parvarish qiladi. Podshoning o‘g‘liga SHakarbek, vazirning o‘g‘liga SHirinbek deb nom qo‘yib, ular aka-uka bo‘lib o‘sa beradilar. Ular etti Yoshga etib, savodxon bo‘lib, birinchi ovga chiqqanlarida tuhmatga yo`liqadilar: o‘gay onalari Kenjaoyim o‘zining epchi g‘ozini ovlagan SHirin bilan SHakardan ranjib, Qosimxonga o‘g‘illaring meni zo‘rladilar, deb shikoyat qiladi. Natijada ular otalarining amri bilan Mansur doriga osib o‘ldirishga hukm qilinadi.
Dostondagi bundan keyingi voqealar davomida SHirin bilan SHakarning pirlari Alovxo‘ja yordamida dor ostidan qutulib, o‘z ota yurtlaridan bosh olib ketganlari, uzoq mashaqqatli sargardonlikdan keyin CHibich cho‘liga kelib qolganlari, bunda baland Zil tog‘i etagida Xoliyor bobo ismli bir chol bilan topishib, undan bu tog‘ ichida Gulgun pari borligini, Qoraxon shoh parining xushtori ekanini, lekin parini daxshatli ajdar qo‘riqlab yotgani uchun bu erda har yili son-sanoqsiz shoh lashkari qirilib ketayotganini bilib oladilar. CHarchab qolgan ukasini tog‘ to‘shida qoldirib, tog‘ning yuzasiga chiqqan SHakarbek ajdar damiga ro‘baro‘ bo‘ladi va komil piri Alovxo‘jadan madad tilab, ajdarni o‘ldiradi. Ajdarning ikki shohi tilsimi bilan sirli tog‘ ichiga kirib, Gulgun pariga uylanadi. Akasini yo`qotgan SHirin esa yolg‘iz qolib, to‘satdan yo`ldan o‘tayotgan qalandarlarga qo‘shilib SHakarbekni izlab ketadi.
Doston qahramonlarining jangnoma xilidagi sarguzashtlari shundan keyin boshlanadi. Zil tog‘iga bostirib kelgan Qoraxon shoh lashkarini tor-mor qilishi, so‘ng shoh xiylasiga tushunmay, ayyor kampirning tuzog‘iga tushib, sevgan yoridan ajralishi, Gulgun pari maslahati bilan Zil tog‘iga kelgan SHirinbek boshliq qalandarlar bilan Qoraxon shoh yurtiga bostirib borib, son-sanoqsiz lashkarni engishi, shu mamlakatga xon bo‘lib, Gulgun pari bilan qaytadan topishishi tasvirida SHakarbekning jasurligi, qahramonligi, olijanobligi, sevgisiga sadoqati, onasiga muhabbati namoyon bo‘la boradi.
Dostonlarning tarbiyaviy va ma’rifiy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, ularda pedagogikadagi tarbiya manbalari hamda vositalarning o‘zaro ta’siri va aloqasi yaqqol namoyondir. SHu bois ularni to‘plab, umumlashtirib, e’zozlab, targ‘ib etib borish hozirgi Yoshlarimiz- kelajak avlodimizning dunyoqarashini kengaytiradi, hayotni to‘g‘ri tushunishga o‘rgatadi, uni o‘z davriga munosib barkamol va olijanob insonga aylantiradi, ma’naviy sog‘lom, madaniyatli, vijdonan va e’tiqodan pok, halol, sadoqatli, vafodor, insonparvar, vatanparvar, adolatparvar, dushmanga shafqatsiz, bilimdon, zukko, tadbirkor, aqlli, sahovatli odam qilib tarbiyalashga yordam beradi.

1.2. Olada bolalarni xalq pedagogikasi manbalaridan foydalanib tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari.


O’zbek xalq pedagogikasi an’analarida farzandlarni estetik idroki, hissiyoti va tasavvurlarini rivojlantirish hamda mukammallashtirish; tarbiyalanuvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va kamol toptirish, estetik did asoslarini shakllantirish va takomillashtirish; estetik tarbiyada tarbiyalanuvchilar o’yin folьklorining o’rni va ahamiyati, tarbiyalanuvchilar folьklor-etnografik dastalari-estetik tarbiya markazi ekanligi, vorislik, ustoz-shogirdlik an’analarining pedagogik, axloqiy-estetik ahamiyati, yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish hamda badiiy-estetik tarbiyalashda xalq ommaviy tomosha san’ati-tsirk, dorbozlik, askiya, baxshi-shoirchilik, dostonchilik, ertakchilik, qiziqchilik, taqlidgo’ylik, maddohlik, qiraotxonlik, qissaxonlik, otunlik, voizlik, bo’zaxo’rlik alyorlari kabi san’atlarining tutgan o’rni va pedagogik-tarbiyaviy ahamiyati, xalq an’anaviy sporti, fizkulьturasi-farzandlar jismoniy baquvvatligi va yetukligining garovi ekanligi, chaqqonlik, epchillik va har tomonlama garmonik rivojlanishning sinalgan vositasi ekanligi, tarbiyalanuvchilar o’yin folklorining pedagogik tarbiyaviy ahamiyati, xalq pedagogik tarbiyasida turizm va sayohatning, savdo-sotiq va tijoratning o’rni, jismoniy tarbiya va sport ko’nikmalarida xalq qiziqarli tomosha san’ati, ahloq-odob va ta’limning uyg’unligi va o’ziga xosligi xalq sport va jismoniy tarbiyasida jinsiy tafovutlarga ahamiyat berishning axloqiy-aqliy ahamiyati; xalq a’anaviy pedagogikasida tabiat va inson uyg’unlashuvi muammolari, tabiat va tarixni e’zozlash, saqlash va qadrlashning ahamiyati, hayvonlar dunyosi, qushlar olami hamda dov-daraxtlar, o’simliklar va giyohlarga; ruxsat, suv, borliq-atrofga insoniy munosabat-xalq pedagogikasining ekologik tarbiyasi asoslarining asosi ekanligi, odatlar, udumlar, rasm-rusumlar, marosimlar, irim-sirimlar, qarg’ish va olqish-duolar, tabiat, diniy bayramlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, xalq ommaviy bayram-sayllari “Navro’z”, “Mehrjon”, “Hayit-ro’za”, “Hayit bayrami” va boshqalarning, tarbiyalanuvchining dunyoga kelishi, qulog’iga azon aytish, tish chiqishi, ilk qadami, beshikka solish, birinchi kiyim-bosh kiydirish, besh, yetti kun, o’n bir kunligi, bir yilligi, uch, to’rt, besh yilligining alohida bayram qilinishi, ukuv muassasasiga borishi, sunnat qilinishi, kokil qo’yish, kokil oldirish, mo’ylov oshi, uylanish-nikoh to’yi, birinchi farzand ko’rish, qirq, ellik, oltmish yoshlar tantanalari, payg’ambar yoshi, yetmish, sakson, tuqson yillik yubileylari, kumush to’y, oltin to’y, marvarid to’y va boshqa bayram-sayllar, to’y-tomoshalar, odatlar, udumlar, marosimlar va an’analarning ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik yo’nalishi, ahamiyati va shu kabilar.
Xalq pedagogikasi manbalaridan biri - bu xalq og‘zaki ijodidir.
Mehnatkash omma ijodi, xalq san’atining boshqa, ya’ni musiqa, teatr, raqs, o‘yin, tasviriy va amaliy san’at kabi turlaridan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og‘zaki so‘z san’atidir.
Xalq og‘zaki ijodi - insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. Har bir xalqning og‘zaki ijodi o‘sha xalqning fe’l – atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zgudir. Biz ana shu ko‘zgu vositasida olamshumul ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg‘ularini ko‘ramiz.
Og‘zaki so‘z san’ati «folklor» yoki «xalq og‘zaki poetik ijodi» atamalari bilan ifodalanadi. «Folklor» atamasi ilk bor XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846- yilda qo‘llangan bo‘lib, «folk» - xalq va «lor» - bilim, donolik, donishmandlik, ya’ni «xalq bilimi», «xalq donoligi», «xalq donishmandligi» demakdir. Xalq og‘zaki ijodini o‘rganuvchi fan folklorshunoslik deb ataladi.
Xalq ijodiyotining yaratilishi va yashash tarzi og‘zaki usulda amalga oshadi. YA’ni bunday asarlar og‘zaki ravishda ijro etilishi sababli ulaming mazmuni va shakli o‘zgarishi, unga yangi qismlar qo‘shilishi yoki biron-bir qismi tushib qolishi mumkin.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi eng qadimiy san’atlardan biri bo‘lib, u jahon xalqlari poetik ijodi taraqqiyotida alohida o‘rin egallaydi. O‘zbek folklorida turlar va janrlar quyidagicha tashkil topgan:

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə