3 I. Bob. Oilada bolalarni tarbiyalashda o’zbek xalq pedagogikasi manbalardan foydalanish texnologiyalari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə9/22
tarix29.06.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#90240
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Dilshoda

Sehrli ertaklar ham bolalar sevib va qiziqib o‘qiydigan fantastik hikoyalardir. Ularda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan, asar qahramonlari har narsa qo‘lidan keladigan mo‘jizakor kimsalar («YAlmog‘iz», «Devbachcha») yoki jonlantirilgan narsa yoxud hayvonlar («Ur to‘qmoq», «Ochil dasturxon», «Semurg‘», «Susambil» ertaklari)dan iborat. Bu ertaklarning maqsadi ham turli g‘ayriinsoniy illatlar: yolg‘onchilik, johillik, ikkiyuzlamachilikni la’natlash, aql-farosatlilik, tadbirkorlik, jasurlik, rahmdillik, ahillik kabi chin insoniy xislatlarni targ‘ib qilishdir. Sehrli ertaklar. Jahon xalqlari ertaklaridagi umumiy o‘xshashlik haqida fikr borganida, ko‘proq sehrli ertaklar nazarda tutiladi. Inson qadim zamonlarda ham xayol surgan, o‘zicha turli-tuman g‘aroyib voqelarni o‘ylab topgan. Aslida, miflarning vujudga kelishida ham ajdodlarimizdagi aynan ana shu xususiyat etakchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik fantastik voqealar totem, fetish obrazlardan uchar gilamlarga, sehrli dasturxonlarga, oltin qaynaydigan xumlarga, istagan odamni istagan paytda ko‘rish mumkin bo‘lgan jomlarga, oynalarga o‘tgan. Bunday voqealarni o‘ylab topish ajdodlarimiz orzulari, havaslari bilan asoslangan. Yo‘l azobidan aziyat chekkan inson uchar gilam, ot, manzilga ko‘z ochishda etkazgan bo‘rini o‘ylab topgan. Oziq-ovqat topishga qiynalgan odam esa ochil dasturxonning ijodkoriga aylangan. Natijada, sehrli ertaklardagi voqea-hodisalar haqiqiy ma’noda ajdodlarimiz orzu-havaslarining majmuasiga aylangan. Ilm-fan taraqqiyotida katta kashfiyotlar, odatda, olim xayolida paydo bo‘lgan reja – gipotezadan boshlanadi. Gipoteza asta-sekin rivojlanadi va hayotga tatbiq etilishining loyihasi shakllanadi. Olim ana shu loyihaning ilmiy zaminini topganidan so‘ng kashfiyotning amalga oshishi uchun sharoit yaratilgan bo‘ladi. Sehrli ertaklar bir jihatdan inson ongida yaratiluvchi ana shu gipotezalar yo‘nalishini boshqargan, deb xulosa qilish uchun etarli asos bor. Gap shundaki, bugungi kunda oddiy hayot haqiqatiga aylangan velosipeddan tortib avtoulov, poezd, samolyotlar; telefon, telegraf, radio, televidenie, elektr chiroqlarning kashf etilishini bevosita ertaklarda aks etgan orzular bilan dalillaymiz. Uyali telefonni aytmaysizmi, to‘quv dastgohlari, har xil kimyoviy, fizikaviy kashfiyotlar bosqichma-bosqich tahlil etilsa, ularning hammasini biz bir oz oldinroq sehrli ertaklar voqealarida uchratganimizga amin bo‘lamiz. Sehrli ertaklar bosh qahramonga nimadir (ko‘pincha, farzand) etishmasligi, qahramonning etishmayotgan narsasiga ega bo‘lishi, unga nimadir qilishning (gapirish, alohida bir eshikni ochish, biror narsaga qarash va h.k) taqiqlanishi, taqiqning buzilishi, kuchli raqibga duch kelish, xavfli safarga chiqish, safar yakuni, raqib bilan olishuv, murod-maqsadga etish kabi lavhalardan iborat bo‘ladi. Xalqimiz yaratgan xayoliy hikoyalar orasida shunday turkum ertaklar borki, ularni biz hayotiy-maishiy ertaklar deb ataymiz. Bunday ertaklardagi voqealarning aksariyati hayotga yaqin, hayotdan olingan. «Zumrad va Qimmat», «Oygul bilan Baxtiyor», «Ziyod botir», «Tohir va Zuhra», «Ozodachehra», «Farhod va SHirin», «Malikayi Husnobod», «Uch og‘a-ini botirlar» ana shunday ertaklar sirasidan. Biz yuqorida tilga olgan hayotiy-maishiy ertaklar kishida jiddiy fikr – mulohazalar uyg‘otadigan, muayyan tarbiyaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan asarlardir. Maishiy ertaklar mazmun jihatdan hayvonlar, sehrli ertaklardan bevosita hayotiy voqea-hodisalar haqida hikoya qilishi bilan farqlanadi. To‘g‘ri, bu turdagi ertaklarda sehrli-fantastik belgilarning mavjudligini inkor qilib bo‘lmaydi. Ammo umumiy ifoda chegarasi maishiy ertaklarda ancha cheklangan. CHunki ularda xalq, avvalo, oddiy odamlar qo‘lidan keladigan ishlar yuzasidan fikr yuritadi. Bevosita real hayot, turmushda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqealar asos qilib olingani uchun ham bunday asarlar turkumiga maishiy ertaklar atamasi berilgan. Ularda haqiqiy hayotdagi inson – millat vakili (xoh ijobiy, xoh salbiy bo‘lsin), uning imkoniyati darajasidagi jismoniy kuchi, ilmi, aqliga voqealar zaminida tavsif beriladi. Aksariyat hollarda asar qahramonlarining ismlari ham qayd etilmaydi. CHol, kampir, bir odam, o‘g‘il, qiz, kambag‘al kabi nomli insonlar mazkur ertaklarning qahramonlari bo‘lib kelaveradi. Bu bilan dono xalq ertakda bevosita tinglovchi aholining har biri asar qahramoni ekanini ta’kidlagan bo‘liSHi mumkin. Ba’zan esa shaxs haqidagi ma’lumotlar o‘ta aniq shaklda beriladi. Ertakchi bu usul bilan ham qahramon taqdiri to‘qima emasligini uqtirgandek bo‘ladi. Filologiya fanlari doktori Komil Imomov shunday deydi: «Hayotiy-maishiy ertaklarda qahramon obrazi folklorga xos individuallashtirilgan bo‘lib, uning ismi, avlod-ajdodi, elat, urug‘i hamda voqealar sodir bo‘ladigan o‘rin-joy nomlarigacha mukammal aniq beriladi. «O‘tgan zamonda, Bog‘dod tomonda, Mo‘majon kampir degan ayol yashar ekan. U qizidan qolgan nabirasi G‘aflatjonni bola qilib boqar ekan» . Ma’lum bo‘ladiki, qahramon ismi berilsa ham, berilmasa ham asosiy maqsad ertakdagi hikoya qilinayotgan voqea oddiy maishiy turmush sharoitida kechganini ta’kidlashdan iborat bo‘ladi.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə