2-mavzu: deviant xulq -ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida


Deviatsiya kontseptsiyasida reabilitatsiya



Yüklə 33,66 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü33,66 Kb.
#183817
1   2   3   4
2-amaliy moslashuv

Deviatsiya kontseptsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korrektsiya masalalari Deviant xatti harakatdagi olalar va oʻsmirlarga nisbatan profilaktika, reabilitatsiya va korrektsiya ishlari amalga oshiriladi.
U profilaktika va korrektsiya singari aspektlarni uz ichiga oladi. Profilaktika—bu reabilitatsiya tizimidagi shaxsning rivojlanishidagi u yoki bu chekinishlarni yoʻqotishgan shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlardir. U koʻproq ijtimoiy muhit bilan bogliqdir.
Korrektsiya bu hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va oʻsmirlar bilan olib Boriladiga naniq faoliyat hisoblanadi.
Bolaning kamolga yetishida muhitning ta’siri katta. Fiziologiya va ruxshunoslik fanining koʻrsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning ruyobga chiqishi va rivojlanishi manbai-layoqati bilan tugʻiladi. Layoqat oʻz holicha rivojlana olmaydi, uning rivojlanishi uchun qulay muhit kerakategoriya Muhit deganda kishiga ta’sir etadigan tashqi vositalarning yigindisini tushunamiz, bunga tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti va boshqalar kiradi. Hamdaular bolalarning rivojlanishiga alohida ta’sir etadi. Bola tugilishi bilan ijtimoiy hayot sharoitlari, tayyor ijtimoiy ong shakllarga duch keladi. U mehnat sharoitining ta’sirida oʻsadi-ulgʻayadi. Kishilarning oʻzaro muloqotlari natijasida bolada nutq shakllanadi, usadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ijtimoiy muhit kishilarning faol ishtiroklari, faoliyatlari natijasida tarixan uzgarib boradi. Demak, boladagi irsiy belgilarning usishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash sharoiti va tarbiyaga boglik desak boʻladi. Bunga tarixdan misollar juda koʻp. Alisher Navoiy onasidan – shoir, Eynshteyn-fizik, Ulugbek-astronom, Ibn Sino-tabib bulib tugilmagan, albatta ulardagi qobiliyat kurtaklarning rivojlanishi, istedodiga aylanishida ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya muhiti rol oʻynagan. Agar inson bolasi ijtimoiy muhitga emas boshqa muhit, aytaylik, hayvonlar muhitiga tushib qolsa unda irsiy belgilarning ayrim biologik koʻrinishlari saqlangan lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat boʻlmaydi. Odob-axloq, xulkiy sifatlar faqat muhit vatarbiyaning oʻzaro ta’siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat rivojlanishiga ta’sir etadi, ammo xal kuluvchi omil bula olmaydi. Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir o„tkazishi asosan ta’lim-tarbiya orkali amalga oshiriladi. Bola yoshligidan atrofdagi kishilar bilan muloqotda bulib, bilimlar, koʻnikmalar va malakalarni egallaydi. U dastlab oila sharoitida va maktabgacha tarbiya muassasalarida keyinchalik maktabda ta’limtarbiya oladi. Bolani oʻrab olgan muhit, mehnat va til okibat natijasida tarbiya vositasiga aylanadi. Bunda muhitning ta’siri stixiyali ekanligi xisobga olmoq lozim. Shu sababli inson kamolotida ta’limva tarbiyaning yetakchilik kilishiga imkon berish darkor. Chunki ta’lim-tarbiya jarayonida kishi organizmining usishi va muhitning stixiyali ta’siri bera olmaydigan narsalarni urganib oladi. Lekin oʻqish va yozishni maxsus ta’lim yoʻli bilangina urganadi, maxsus mehnat va texnika bilim, koʻnikma va malakalari faqat ta’limjarayonida egallanadi. Ta’lim-tarbiya yordamida xatto kishining ba’zi tugʻma kamchiliklardan kerakli tomonga uzgartirish mumkin, chunonchi ba’zi bir bolalar ayrim kamchiliklar bilan tugiladi. Lekin maxsus uqtirilgan ta’lim-tarbiya yordamida ularning aqli tula tarakkiy kiladi. Demak, bizning asosiy va eng muxim vazifamiz bolalarni qobiliyat va iste‟dodlarini uz vaktida paykab olish va ularni kamol topishlari uchun kulay sharoit, ta’lim-tarbiya berishdir.
Abdulla Avloniy ‘Tarbiya biz uchun yo xayot, yo mamot - yo najot - yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir’, deb ta’kidlagan edi. Buyuk mutafakkirning bu soʻzlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarb boʻlgan boʻlsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko„ra muxim va dolzarbdir. Chunki ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini oʻzgartirmasdan turib ongni oʻzgartirib boʻlmaydi. Ongni, tafakkurni oʻzgartirmasdan turib esa, biz koʻzlagan oliy maqsad ozod va obod jamiyatni barpo etib boʻlmaydi. Shaxs tarbiyaning ob’ekti va sub’ekti hisoblanadi.
Oiladagi muhit va ayniqsa tarbiya deviant xulq rivojlanishiga ta’sir qiladi. Masalan: toʻliqsiz oilalar, ota-onalarning alohida yashashi, moliyaviy ahvolining beqarorligi, oiladagi munosabatlarning yomonligi, bolalarning qarovsizligi, bolalar uyida tarbiyalanishi kabi hollatlar misol boʻladi.



Yüklə 33,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə