Reja: Erga yoppasiga ishlov beradigan kul tivatorlar



Yüklə 493,5 Kb.
səhifə1/6
tarix23.09.2023
ölçüsü493,5 Kb.
#123289
  1   2   3   4   5   6
Kul tivatorlarning tuzilishi turlari va ishlashi


Kul tivatorlarning tuzilishi turlari va ishlashi
Reja:

  1. Erga yoppasiga ishlov beradigan kul tivatorlar.

  2. Kombinatsiyalangan agregatlar.

  3. Chopiq kul tivatorlari.

  4. Kul tivatorlarning tuzilishi.

  5. Kul tivator ishchi qismlariga ta`sir etuvchi kuchlar.

  6. Ishchi qismlari.

  7. Agrotexnik talablar.

Kul tivatorlar
Tuproq palaxsasini ag’darib yerga ishlov berish, kupincha, salbiy okibatlarga, ya`ni, uglerodning kamayishi, shamol va suv eroziyasining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, tuproqni ag’darmasdan yumshatib, tabiiy namlikni saqlab qolish, begona o’tlarga qarshi kurashish, ekilgan urug’ni unib chiqishi uchun eng kulay sharoit yaratish kabi maqsadlarda yerga ishlov berish uchun kul tivatorlardan keng foydalaniladi.
Kul tivatorlar yerga yoppasiga ishlov beradigan va maxsus hamda chopiq qiluvchi turlarga bo’linadi.
Erga yoppasiga ishlov beradigan turlari ishlov berilmagan joylarni qoldirmasdan tuproqni yumshatish va begona o’tlarni yo’qotish maqsadida ishlatiladi.
Maxsus kul tivatorlar bog’ va o’rmonlarda daraxtlar oraligiga hamda eroziyaga uchragan joylarga ishlov berishda ishlatiladi. Bu guruhga chuqur yumshatkich-keskich kul tivatorlari ham kiritiladi.
Chopiq kul tivatori sugoriladigan dexgonchilikda ekinlar kator oraligidagi tuproqqa ishlov berish, begona o’tlarni yo’qotish va o’g’itlash uchun ishlatiladi.
Kul tivator bilan ishlov berishda quyidagi agrotexnik talablarga: tuproqning pastki, nam qatlamini yer yuzasiga chiqarmaslik; eroziyani kuchaytiradigan changsimon zarrachalarni hosil kilmaslik; yumshatiladigan chuqurlik tayinlanganidan 1,0 sm dan ortiq farq qilmasligi va begona o’tlarni 98...99 % yo’qotilishiga rioya qilinadi.
Kul tivator ishchi qismlari bajaradigan ishiga qarab, asosan to’rt turga bo’linadi: yumshatuvchi tishlar, o’toqlovchi yotiq tishlar, o’qyoysimon tishlar va chuqur yumshatuvchi tishlar.
Yumshatuvchi tishlar iskanasimon (46- v rasm), to’ntarma (46- g rasm) va nayzasimon (46- d rasm) kabi turlarga bo’linadi. Bunday tish sirtining yumshatish burchagi o’zgaruvchan qilinadi (balandligi ortsa, kattalashadi). Iskanasimon tishning kamrov kengligi v mm bo’lib, tuproqning pastki, namrok qismini yuzaga chiqarmaydi. Bunday tish bikr ustunga ostida o’rnatilib, 25 sm chugurlikkacha, prujinasimon ustunga burchagi ostida kotirilib, 12 sm chuqurlikkacha ishlov berishi mumkin. To’ntarma tish uchining kengayish burchagi bo’lib, kamrov kengligi v = 35…65 mm bo’ladi. Ishlatilayotgan uchi utmaslanib kolsa, tish 180° ga to’ntarilib o’rnatiladi. Nayzasimon tish (46- d rasm) ko’p yillik begona utlarni yo’qotishda gul keladi.
O’toqlovchi yotiq tishlar (46- a rasm) ekin kator oraligidagi begona utlarni yo’qotish maksadida ishlatiladi. Shu sababli, uning yumshatish burchagi uta oz o’rnatiladi va tuproqni maydalash deyarli kuzatilmaydi. Bunday tishning tigi begona utlar ildizini kam kuch sarflab kesishi uchun burchagining miqdori sirpanib kesishni ta`minlashi kerak. Shu sababli, utoklovchi yotik tish gamrov kengligi v = 85165 mm, 28...32° qabul qilinadi va a 4…6 sm chuqurliklarda ishlatiladi.

46-rasm Kul tivator tishlari
O’kyoysimon (universal) tishlar (46- rasm) begona utlarning ildizlarini kesib yo’qotish va tuproqni yetarli darajada yumshatish uchun ishlatiladi. Shu sababli, bo’lib, mm, ishlov berish chuqurligi a 12 sm gacha yetadi.
Chuqur yumshatuvchi tish (46- ye rasm) tuproqni 30ѕ…40 sm chuqurlikkacha yumshatadi. Bunday tish shaklan ukyoysimon bo’lib, boshmok va unga o’rnatilgan iskanasimon tumshuk, va ikkita lemexlardan tashkil topgan bo’ladi. Kamrov kengligi 80 sm va undan ko’p bo’lishini ta`minlash uchun 60° qabul gilinadi. Iskana, lemex esa burchak ostida gorizontal yunalishga egilgan bo’ladi. Tuproq palaxsasi lemex ta`sirida 10 sm gacha ko’tarilib, oldingi joyiga tushiriladi, natijada, tuproq ag’darilmasdan birmuncha yumshatilib, begona ut ildizlari kesiladi.
Kul tivator tishi ta`sirida tuproq deformatsiyalanishining shakli, tirma tishi ta`sirida tuproqning yumshatilishiga uxshaydi (47- rasm). Tuproqqa botirilgan tish ilgarilanma harakatlantirilsa, tuproqning deformatsiya-lanishi pastdan yuqoriga =20...25° burchak ostida tarkaladi. Shu sababli, bitta tish ta`sirida yumshatilgan tuproqning shakli trapetsiyaga uxshash bo’lib, uning pastki asosi tishning konstruktiv kamrov kengligi vk ga teng bo’ladi (47- a rasm). Agar tuproqda yonma-yon iz koldiradigan tishlar (masalan, yumshatuvchi tishlar) oraligi S, vk dan kattarog o’rnatilsa, dala yuzasi yoppasiga yumshatilgan (xatto fde maydoniga ikki marta ishlov beriladi) bo’lsa ham uning tubida yumshatilmagan Kdm dungchasi koladi, u yerdagi begona ut to’liq yo’qotilmagan bo’ladi.
Dungchaning balandligi:

Yüklə 493,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə