7-ma’ruza: kompaniya ahvolining tahlili



Yüklə 6,21 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü6,21 Kb.
#168969
7-ma\'ruza

7-ma’ruza: kompaniya ahvolining tahlili

REJA:

  • Kompaniya ahvolini tahlil qilish uslubiyoti.
  • SWOT – tahlil, qadriyatlar zanjiri tahlili, xarajatlar tahlili, raqobatbardoshlik bahosi.
  • Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari.

Strategik qiymat tahlili

Kompaniyada yuzaga kelgan vaziyatni eng aniq ko`rsatadigan indikatorlardan biri - uning o’z raqobatchilariga nisbatan narx pozitsiyasidir. Bu ayniqsa mahsuloti kam differensiyalashgan tarmoqlarga taalluqli bo`lib, kompaniya har qanday sharoitda ham o’z raqiblardan orqada qolmasligi kerak, aks holda raqobatli pozitsiyani qo’ldan boy berib qo’yishi mumkin.

Raqobatchilarning xarajatlaridagi farqlarga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin:

Strategik qiymatli tahlilda asosiy e’tibor firmaning o’z raqiblariga nisbatan qiymat pozitsiyasiga qaratiladi. Bunday tahlilning birlamchi tahliliy yondashuvi qiymat zanjirini yasash bo`lib, ushbu zanjir xomashyodan pirovard iste’molchilarning narxlarigacha bo`lgan qiymat manzarasini aks ettiradi

Strategik qiymatli tahlilda asosiy e’tibor firmaning o’z raqiblariga nisbatan qiymat pozitsiyasiga qaratiladi. Bunday tahlilning birlamchi tahliliy yondashuvi qiymat zanjirini yasash bo`lib, ushbu zanjir xomashyodan pirovard iste’molchilarning narxlarigacha bo`lgan qiymat manzarasini aks ettiradi

harakatlar/xarajatlar zanjirida raqobatchi firmalar bir-biridan eng katta farq qiladigan uchta asosiy soha borligini ko`rsatadi: ta’minot sohasi, taqsimot kanallarining ilg’or qismlari, kompaniyaning o’z ichki faoliyati.

Agar firma zanjirning orqa yoki oldingi qismlarida raqobatbardoshlikni qo’ldan boy bersa, u raqobatbardoshlikni tiklash maqsadida o’z ichki xatti-harakatlarini o’zgartirishi mumkin.

Qiymat Bo’shliqlari asosan zanjirning orqa qismida yotsa, firma quyidagi olti xil strategik xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin:

Qiymat Bo’yicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki sohalarida bo’lsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

Firmaning raqobat pozitsiyasi kuchini baholash

Firmaning raqobat prozitsiyalarini baholash uchun muvaffaqiyatning asosiy omillari bo’yicha balli baholar shkalasidan foydalaniladi. Bunda firma va uning raqiblari bo’yicha ana shunday omillar solishtirib ko’riladi.

Umumiy qoida: kompaniya o`zining raqobatdagi kuchli jihatlarini ko’paytirib borishi va o`zining raqobatchilikdagi zaif jihatlarini himoya qilishi kerak. U o’z strategiyasida o`zining kuchli jihatlariga tayanishi va zaif jihatlarini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni ko’rishi lozim.

Ayni paytda raqiblarning kuchli jihatlari reytingi hujumning qaysi tomondan bo`lishini va aksincha, raqiblarning zaif tomoni qayerda ekanligini ko`rsatadi. Agar aynan kompaniya raqobatda kuchli bo`lgan jihatlarda raqiblar zaif bo’lsa, ushbu vaziyatdan foydalanib qolish chora-tadbirlarini ko’rish lozim.

Kompaniyaning raqiblarga nisbatan strategik kuchini baholashning namunasi. (reyting shkalasi: eng zaif - 1, eng kuchli - 10, qavs ichida - salmoqning reyting bahosiga Ko’paytmasi)


MAO / Kuch birligi

salmoq

O’rganilayotgan Kompaniya

A raqib

B raqib

V raqib

Mahsulotning sifati/ishlanishi

0,10

8 (0,80)

5 (0,50)

9 (0,90)

6 (0,60)

Nufuz / imidj

0,10

8 (0,80)

7 (0,70)

10 (1,00)

6 (0,60)

Materiallar / qiymat

0,05

5 (0,25)

5 (0,25)

6 (0,30)

4 (0,20)

Texnologik san’at

0,05

8 (0,40)

5 (0,25)

5 (0,25)

4 (0,20)

Ishlab chiqarish quvvatlari

0,05

9 (0,45)

7 (0,35)

10 (0,50)

6 (0,30)

Yüklə 6,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə