2-mavzu. Boshqaruv hisobi tizimida hisob siyosati Reja: Hisob siyosati haqida tushuncha va uning nazariy asoslari


MHXS laridan hisob siyosatini ishlab chiqishda faydalanish



Yüklə 198,5 Kb.
səhifə7/11
tarix31.05.2023
ölçüsü198,5 Kb.
#114724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-мавзу

3.MHXS laridan hisob siyosatini ishlab chiqishda faydalanish
Halqaro aloqalarning rivojlanishi, respublikamiz iqtisodiyotida xorijiy sarmoyalar kirib kelishi kengayishi natijasida respublikamiz tijorat banklari, xo’jalik yurituvchi subyektlarining moliyaviy hisobotlarini takomillashtirish va ularni xalqaro standartlarga moslashtirishni talab qilmoqda.
Moliyaviy xisobotlarni halqaro standartlarga moslashtirish, ayniqsa xo’jalik subyektlari moliyaviy ko’rsatkichlariga baho berishda va ularning halqaro miqyosda harakat qilishida va muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan ham hisob siyosatini shakllantirishda faoliyat yuritayotgan xo’jalik subyektlarida moliyaviy xisobotlarni halqaro standartlar asosida tayyorlash va moliyaviy hisobotlarning halqaro standartlarni kelib chiqish tarixi va uning evolyusiyasini ko’rib chiqish lozim.
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo’yicha qo’mita (XMHSQ) xususiy sektordagi mustaqil organ hisoblanib, uning maqsadi butun dunyodagi kompaniya va boshqa tashkilotlarning moliyaviy hisobotini tuzishda qo’llaniladigan buxgalteriya hisobi tamoyillarini unifikasiyalashga erishishdir. Ushbu qo’mita Avstraliya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Irlandiya hamda Amerika Qo’shma Shtatlari buxgalterlar kasbiy tashkilotlari bitimiga muvofiq 1973 yil 29 iyunda tuzildi.
Qo’mita bugungi kunda MHXS ishiga ko’plab boshqa davlat va boshqa tashkilotlardan jalb qilingan bo’lib ular HMHSKga a’zo bo’lmasada Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarini qo’llamoqda. 1973 yildan 2001 yilgacha ushbu standartlar qo’mita tomonidan ishlab chiqilgan va bu standartlar xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari (International Accounting Standards) deb yuritilgan 2001 yildan boshlab ushbu qo’mita kengashga (International Financye Report Standards of Board) aylantirildi va u tomonidan ishlab chiqilgan standartlar (International Financye Report Standards) IFRS deb chop etila boshlandi.
Moliyaviy Hisobotlar Xalqaro Standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol o’ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

  • ko’pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar uchun asos bo’lib xizmat qilish;

  • hisob va hisobotga nisbatan o’z talablarini ishlab chiqayotgan alohida mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi (sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda endi rivojlanib borayotgan bozorlar uchun;

  • fond birjalari va tartibga soluvchi organlar tomonidan moliyaviy hisobotni MHXSlariga mos ravishda tuzilishini talab qilgan hollarda;

  • kapital bozorlari uchun standartlar ishlab chiqishda to’lig’icha MHXSlariga asoslanishga qaror qilgan Yevropa Komissiyasi kabi milliy organlar tomonidan ishlatishi;

  • MHXS talab qilinmaydigan mamlakatlarda ham kompaniyalar soni ortganligi tufayli foydalanilishi.

Yuqoridagilar tufayli MHXS butun jahonda yanada kengroq foydalanilmoqda va tan olinmoqda. Hatto ba’zi mamlakatlar MHXSni o’z standartlaridek o’zgarishlarsiz ishlatishmoqda, ba’zilari esa mamlakat xususiyatidan kelib chiqib ba’zi o’zgarishlarni kiritmoqdalar. Ko’p millatli yirik kompaniyalar esa MHXSlaridan foydalanish ular uchun qulayligini ta’kidlashmoqda.
O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan xo’jalik subyektlarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ni qo’llanishidan asosiy maqsad, mamlakatda qabul qilingan hisob, hisobot va audit qoidalarini xalqaro standart talablariga moslashtirish evaziga buxgalteriya hisobining shaffofligi va oshkoraligini ta’minlashdir. Mutaxassislarning fikricha, bank tizimida MHXSni muvaffaqiyatli qo’llash barcha moliya muassasalarida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini faol joriy etishga ko’maklashadi. Subyektlarda MHXSni qo’llash ular tomonidan ham nazorat maqsadida, ham boshqaruv maqsadlarini ko’zlab, ishonchli moliyaviy axborot berishini ta’minlashi lozim. Respublika xo’jalik subyektlarida MHXSni qo’llash bilan bir vaqtda o’z hisob axboroti tizimini (avvalo boshqaruv maqsadidagi hisobni va ichki nazoratni) takomillashtirish uchun imkoniyat paydo bo’ladi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (keyingi o’rinlarda — MHXS) o’tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo’yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PQ-4611-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga asosan: 1. Belgilansinki, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar:
2021 yil 1 yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi, qonun hujjatlarida MHXSga o’tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno;
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.29.00.00 Бухгалтерия ҳисоби. Молиявий ҳисобот / 07.29.01.00 Умумий қоидалар]
2021 yil yakuniga qadar buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo’yicha moliyaviy hisobot» fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to’g’risida hujjatga yoxud «Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)», «Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)», «Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)» va «Xalqaro moliyaviy hisobot bo’yicha diplom (DipIFR)» sertifikatlaridan (keyingi o’rinlarda — xalqaro buxgalter sertifikati) biriga ega kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo’llash uchun yetarli bo’lgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020 yildan boshlab, ushbu bandda ko’rsatilmagan davlat ulushi bo’lgan xo’jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashga o’tish jadvali har yili tasdiqlanishi va 1 iyunga qadar rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini ta’minlasin.
2. Shunday tartib o’rnatilsinki, unga muvofiq moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik subyektlari buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo’yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.
3. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MHXSni joriy etish bo’yicha vakolatli organ etib belgilansin va unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda MHXSning joriy etilishini, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlar MHXS asosida o’z vaqtida e’lon qilinishini monitoring qilish;
[ОКОЗ:
1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.04.00.00 Аудиторлик фаолияти / 09.04.02.00 Аудиторлик фаолиятини лицензиялаш. Аудиторнинг малака сертификати]
MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha jahonning muvaffaqiyatli tajribalarini ommalashtirish, shu jumladan buxgalteriya hisobi va audit sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish bo’yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarini (keyingi o’rinlarda — akkreditasiyadan o’tgan o’quv markazlari) hamda sohaga oid oliy ta’lim muassasalarining o’quv dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditasiyadan o’tkazish yuzasidan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar (Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assosiasiyasi (Association of Chartered Cyertifiyed Accountans — ASSA) va boshqalar) bilan o’zaro hamkorlikni kengaytirish;
rivojlangan davlatlarning ilg’or tajribasi asosida o’quv jarayonining sifatini, imtihonlarni o’tkazish va natijalarini baholashning shaffofligini ta’minlovchi MHXS bo’yicha sertifikatlashning samarali tizimini joriy etish, shuningdek, MHXS sohasida talab yuqori bo’lgan mutaxassislarni akkreditasiyadan o’tgan o’quv markazlarida o’qitish bo’yicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama ko’maklashish;
buxgalteriya hisobining milliy standartlarini MHXSga muvofiq uyg’unlashtirish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tuzilmasida vazirlikning boshqaruv xodimlari cheklangan soni doirasida uchta shtat birligidan iborat moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishni muvofiqlashtirish va e’lon qilinadigan moliyaviy hisobotlar sifatining tashqi nazorati bo’limi tashkil etilsin.
Buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
4. Ilg’or xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etish bo’yicha «yo’l xaritasi» tasdiqlansin.
5. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
a) buxgalterlar va auditorlar respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda, Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
2020 yil 1 iyunga qadar Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to’g’risidagi nizom;
2021 yil 31 yanvarga qadar MHXSni joriy etishning ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda va MHXS bo’yicha mavjud kadrlar salohiyatini o’rganish natijalariga ko’ra tayyorlangan buxgalterlarni sertifikatlash milliy tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahliliy ma’lumotnoma;
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va boshqa manfaatdor davlat organlari xodimlarini (keyingi o’rinlarda — davlat organlarining xodimlari) akkreditasiyadan o’tgan o’quv markazlarida MHXS bo’yicha o’qitish jadvali har yili tasdiqlanishini ta’minlasin;
[ОКОЗ:
1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.01.00.00 Таълим / 13.01.11.00 Олий таълим (бакалавриат ва магистратура)]
v) Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Farg’ona politexnika institutining (keyingi o’rinlarda – tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalari) «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo’yicha pedagog xodimlarini akkreditasiyadan o’tgan o’quv markazlarida MHXS bo’yicha tezlashtirilgan tarzda o’qitish jadvalini tasdiqlasin;
2020 yil 31 dekabrga qadar buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha xalqaro tajribani o’rganish natijalari asosida «Buxgalteriya hisobi va audit» bakalavriat ta’lim yo’nalishida o’qitishning kunduzgi shakli muddatini qisqartirish imkoniyati to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
[ОКОЗ:
1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.01.00.00 Таълим / 13.01.26.00 Дарсликлар, ўқув қўлланмалар ва ўқув қуроллари]
6. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi:
2020 yil 1 avgustga qadar bakalavriat ta’limi yo’nalishlari va magistratura mutaxassisligidagi «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo’yicha MHXSni chuqur o’rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o’quv dasturlarini tasdiqlasin va belgilangan tartibda ta’lim jarayoniga joriy etsin;
2020 yildan boshlab tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarining o’quv dasturlarini buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro akkreditasiyadan o’tkazish va keyinchalik mazkur tajriba-sinov loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga oid boshqa oliy ta’lim muassasalarida joriy etish choralarini ko’rsin;
2021 yil 1 yanvarga qadar «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo’yicha pedagog kadrlarning akkreditasiyadan o’tgan o’quv markazlarida MHXS bo’yicha o’qitilishini ta’minlasin, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida akkreditasiyadan o’tgan o’quv markazlarida tahsil olgan pedagog kadrlari to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini rasmiy veb-saytida e’lon qilsin va doimiy ravishda ularni yangilab borsin.
2021 yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari (keyingi o’rinlarda — AXS) bo’yicha o’qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditasiyasidan o’tgan o’quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditasiyadan o’tgan o’quv markazlari lisenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish bo’yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilish sharti bilan, tegishli lisenziya olmasdan MHXS va AXS bo’yicha o’qitish va malaka oshirish yuzasidan lisenziyalangan faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga egadir;
2021/2022 o’quv yilidan boshlab, tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo’yicha moliyaviy hisobot» yoki «AXS bo’yicha audit» fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to’g’risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo’lgan o’qituvchilar tomonidan o’qitiladi;
xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo’lgan talabgorlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan to’lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega.
8. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar soliq hisoboti shaklini qayta ko’rib chiqsin va uning MHXS bo’yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan shaklini ishlab chiqsin.
9. Belgilansinki, 2020 — 2025 yillar davomida akkreditasiyadan o’tgan o’quv markazlarida MHXS (buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo’yicha moliyaviy hisobot», «Xalqaro moliyaviy hisobot bo’yicha diplom (DipIFR ACCA)» kurslari va boshqalar) bo’yicha o’qitish, malakasini oshirish, interfaol usullarni qo’llagan holda o’qitish, shuningdek, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O’zbekiston Respublikasida dastlabki ro’yxatdan o’tkazish va imtihon topshirish uchun ro’yxatdan o’tkazish xarajatlari O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari («Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo’yicha), talabalari va bitiruvchilari (o’qishni tugatgandan so’ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlarini o’qitish xarajatlari o’quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan akkreditasiyadan o’tgan o’quv markazlari birgalikda belgilangan o’qitishning yagona qiymati bo’yicha akkreditasiyadan o’tgan o’quv markazlariga qoplab beriladi;
b) oliy ta’lim muassasalarining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo’yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilari (o’qishni tugatgandan so’ng olti oy ichida) hamda davlat organlari xodimlarining har biriga alohida quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
dastlabki ro’yxatdan o’tish xarajatlari — to’liq hajmda;
imtihon topshirish uchun birinchi marta ro’yxatdan o’tish xarajatlari — ro’yxatdan o’tish summasining 50 foizi miqdorida imtihon topshirgunga qadar, ro’yxatdan o’tish summasining qolgan 50 foizi — imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda;
imtihon topshirish uchun ikkinchi marta ro’yxatdan o’tish xarajatlari — ro’yxatdan o’tish summasining 50 foizi miqdorida imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o’quv markazlariga o’qitish xarajatlarini, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo’yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilariga (o’qishni tugatgandan so’ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlariga dastlabki ro’yxatdan o’tish va imtihon topshirish uchun ro’yxatdan o’tish xarajatlarini qoplash bo’yicha avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqsin.
10. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
moliyaviy hisobotning yagona standartlarini ishlab chiqadigan va tasdiqlaydigan mustaqil xalqaro tashkilot hisoblangan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi (keyingi o’rinlarda — MHXS fondi) bilan bitim tuzsin;
2020 yilda MHXS va unga tushuntirishlar matnini davlat tiliga tarjima qilish, boshqa tillarda MHXSni qo’llash bilan bog’liq hamda MHXS fondi yillik badallar to’lash xarajatlarini O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti qo’shimcha daromadlari hisobidan qoplasin, 2021 yildan boshlab esa zarur mablag’lar ajratilishini O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetida nazarda tutsin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi «O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3946-son qarorining 5-bandiga 2-ilovaga muvofiq o’zgartirishlar kiritilsin.

5-jadval


Yüklə 198,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə