2-mavzu. Boshqaruv hisobi tizimida hisob siyosati Reja: Hisob siyosati haqida tushuncha va uning nazariy asoslari


Boshqaruv hisobida hisob siyosatining texnikaviy, tashkiliy va uslubiy jihatlari



Yüklə 198,5 Kb.
səhifə2/11
tarix31.05.2023
ölçüsü198,5 Kb.
#114724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-мавзу

2.Boshqaruv hisobida hisob siyosatining texnikaviy, tashkiliy va uslubiy jihatlari
Hisob siyosati subyekt buxgalteriya hisobining analitik jihatini ham ichki, ham tashqi axborot foydalanuvchilar manfaatlariga mos keltirishga qaratilishi kerakligini, olimlar o’z ilmiy ishlarida buxgalteriya hisobining konseptual masalalarida belgilab bergan.

Buxgalteriya hisobini yuritishning normativ xujjatlarda belgilangan usullaridan foydalanish tartibini muayyanlashtirish;





Mustaqil ishlab chiqilgan buxgalteriya hisobini yuritish usullariga normativ xujjat maqomini berish;





Subyekt tuzilishi va faoliyat xususiyatlariga muvofiq buxgalteriya hisobi usullarini amalga oshirish mexanizmlarini o’rnatish.

1-Chizma. Xo’jalik subyektlarida hisob siyosatini ishlab chiqish maqsadi
Xo’jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati rahbar tomonidan 1-sonli BHMS asosida tuzilib, subyektning turli yillar uchun taqdim qilingan moliyaviy hisobotlaridagi ko’rsatkichlar taqqoslanuvchan, hamda boshqa aloqador milliy standartlar (BHMS) asosida shakllantirilgan bo’lishi lozim. Xo’jalik yurituvchi subyekt har bir kalendar yili uchun o’z hisob siyosatini ishlab chiqishi kerak.
Boshqaruv hisobining hisob siyosatida asosan xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini aklkulyasiya qilish, byudjetlashtirish, segmentar hisob va hisobotni tuzish, trasfert bahoni shakllantirish, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish, mahsulotlarni baholash va sotish tartibi, boshqaruv hisobining ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqish va boshqalar belgilanadi. Navbatdagi hisobot yili uchun ishlab chiqilgan hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan tasdiqlangandan so’ng huquqiy maqomga ega bo’ladi.
Xo’jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbarining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
Hisob siyosatining shakllantirishda subyekt tomonidan qabul qilingan buxgalteriya hisobini yuritish usullari buyruq chiqqan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan qo’llaniladi. Bunda xo’jalik subyekti bo’linmalarining joylashgan joylaridan qat’iy nazar, barcha tarkibiy bo’linmalari tomonidan qo’llaniladi.
Yangi tashkil etilgan xo’jalik subyektlari qabul qilgan hisob siyosatini, moliyaviy hisobotini matbuotda birinchi nashr etilishigacha, lekin davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan 90 kundan kechikmasdan rasmiylashtirilishi kerak.
Kalendar yili ichida hisob siyosati o’zgarmaydi. Faqat quyidagi hollarda xo’jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati o’zgarishi mumkin:
1. Subyekt qaytadan tashkil etilsa;

  1. Mulkdorlarning almashishi natijasida;

  2. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi o’zgarsa yoki O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi normativ tizimida o’zgarish bo’lsa;

  3. Buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilsa.

Hisob siyosati oldiga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:
- To’liqlilik (barcha faktlarni hisobda to’liq aks ettirshini ta’minlash);
- Ehtiyotkorlik - nobudgarchiliklarni aks ettirishga tayyor bo’lish;
- Mazmunning shakldan ustunligi;
- Qarama - qarshisizlik;

  • Oqilona.

Xalqaro tajribadan shu narsa ma’lumki, har qanday hisob siyosati quyidagi ikki xil usulda tashkil etiladi:
birinchidan, Umummilliy hisob yuritish siyosati - mamlakat davlat yoki nodavlat muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va unda amaldagi qonunlar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi xo’jalik subyektlari uchun umumiy bo’lgan uslubiy asoslar ishlab chiqiladi.

Yüklə 198,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə