2-mavzu. Boshqaruv hisobi tizimida hisob siyosati Reja: Hisob siyosati haqida tushuncha va uning nazariy asoslari



Yüklə 198,5 Kb.
səhifə3/11
tarix31.05.2023
ölçüsü198,5 Kb.
#114724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-мавзу

ikkinchidan, xo’jalik subyektlarining hisob yuritish siyosati - uni ishlab chiqishda umummilliy hisob yuritish siyosatidan kelib chiqib, o’z faoliyatini samarali tashkil qilish uchun zarur bo’lganlarini tanlab oladilar va uni tegishli xujjatlar orqali rasmiylashtiriladi.

AQShda Umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi tamoyillari (GAAP – Generally Accyepted Accounting Principles). Tizimimida hisob siyosati shakllantiriladi. Ushbu tartib buxgalteriya hisobi standartlari vazifasini bajaradi. Standartlarni ishlab chiqishda «Moliyaviy hisob bo’yicha Qo’mita» (FASB), «Qimmatli qohozlar va birja bo’yicha Komissiya» (SEC) va «Amerika jamoatchi diplomli buxgalterlar instituti» (AICPA) kabi tashkilotlar faol ishtirok etadi. Buyuk Britaniyada hisob va hisobotga(hisob siyosatiga) qo’yilgan umumiy talablar “Kompaniyalar to’g’risidagi” qonun bilan tartibga solinadi (Company Act, 2006, CA 2006). Ushbu qonunning 15 moddasida boshqariladigan buxgalteriya hisobi va hisoboti haqida so’z yuritilgan. Germaniyada buxgalteriya hisobi va hisoboti (hisob siyosati) soliqqa tortish nuqtai nazardan tashkil etilgan. Buxgalteriya hisobi amaliyoti bo’yicha «Buxgalterlar instituti shug’ullanadi» (IW-1931 y). Shuningdek «Buxgalterlar Palatasi» (WSO) xam faoliyat ko’rsatadi. O’zbekistonda hisob siyosati Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi (umummilliy doirada). Shu asosida iqtisodiyot tarmoqlari o’zining hisob siyosatini ishlab chiqadi (xo’jalik subyekti doirasida)

Hisob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumotlar quyidagilardan iborat:


- xo’jalik subyektining hisob siyosati to’g’risidagi buyruq (farmoyish);
- buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi;
- tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari va ichki buxgalteriya hisobotlari uchun hujjatlar shakllarining ro’yxati;
- hujjatlar aylanish reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyalari;
- ayrim ko’rsatkichlarni hisobga olish bo’yicha tasdiqlangan uslubiyot va tekshiriladigan korxona hisob siyosati to’g’risidagi buyruqqa boshqa ilovalar;
- quyidagi masalalarni bayon qiladigan (ochib beradigan) tushuntirish xati.
Xo’jalik subyektining hisob siyosatiga taalluqli ma’lumotlar:
- hisob siyosatini shakllantirishda tanlab olinadigan, o’tgan yilgidan farq qiladigan buxgalteriya hisobini yuritish usullari;

  • hisobot yilida yoki hisobot yilidan keyingi davrlarda buxgalteriya hisobotlaridan foydalanuvchilarning baholash va qaror qabul qilishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan hisob siyosatidagi o’zgarishlar;

  • hisobot sanasidan keyin sodir bo’lgan hodisalar va xo’jalik faoliyatining shartli faktlari, muomalalarni to’xtatish, bitta aksiyaga to’g’ri keladigan foyda.

Umuman olganda hisob siyosati o’z ichiga moliyaviy hisob va boshqaruv hisobning xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Ya’ni hisob siyosatida quyidagilar o’z aksini topishi kerak:
I. Tashkiliy - texnik masalalar.
- hujjatlar aylanish qoidalari va reja - grafigi;
- ichki hisobot (tarkibi, shakllari, davriyligi, tuzish va taqdim qilish muddatlari, foydalanuvchilar) – bevosita boshqaruv hisobiga tegishli bo’limi;
- ichki nazorat tizimi (ichki audit xizmati, mutaxassis, rahbar) – boshqaruv hisobi nuqtai nazardan;
- buxgalteriya (yoki moliya-hisob markazi) to’g’risidagi Nizom va buxgalteriya yoki moliya - hisob markazi (MHM) xodimlarining xizmat vazifalari taqsimoti;
- inventarizasiya o’tkazish tartibi.
II. Uslubiy masalalar.
- tovar-moddiy zahiralar haqiqiy sarfining me’yordan og’ishishlarini nazorat qilish usullari (boshqaruv hisobining ta’minot faoliyati);
- umum ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa bilvosita xarajatlarni taqsimlash tartibi (boshqaruv hisobida xarajatlar hisobga olish tartibi);
- davr sarflarini hisobdan o’chirish tartibi (boshqaruv hisobida xarajatlar hisobga olish tartibi);;
- tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash (boshqaruv hisobida xarajatlar hisobga olish tartibi);.
III. Soliqqa oid masalalar.
- alohida hisob yuritishni tashkil etish tartibi (faoliyat turlari bo’yicha, sotilgan tovarlar bo’yicha, qo’shilgan qiymat solig’i olinadigan va olinmaydigan);
- ijtimoiy soha obyektlarini alohida hisobga olishni tashkil etish (mulklar imtiyoz berilgan va imtiyoz berilmagan ishlab chiqarishlarda birga qo’shib ishlatilgan hollarda mulk solig’i bo’yicha imtiyozga huquq olish uchun).
Hisob siyosatining belgilangan tartibini keyingi paragraflarda amaliy boshqaruv hisobi nuqtai nazardan yondoshilgan holda ko’rib chiqiladi.
Xo’jalik subyektlarida hisob yuritish siyosati hisob jarayonining uch tomonini: uslubiy, texnik va tashkiliy tomonlarini o’z ichiga olishi lozim. Boshqaruv hisobida hisob yuritish siyosatining uslubiy asosida subyektning asosiy vositalariga eskirish (amortizasiya) hisoblash tartibi, subyekt mulki va majburiyatlarini baholash usuli va boshqalar aks ettiriladi.



Hisob siyosatning metodologik jihatlari

Hisob siyosatini tashkiliy jihati

Hisob siyosatini texnikaviy jihati

Hisob siyosatini soliq jihati




Tanlash jarayoni




1.Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari.

2.Uslubiy qoidalari.


3. Subyektlarning daromadlari va xarajatlarini soliq bazasiga qo’shiladigan va qo’shilmaydigan guruhlarga ajratish.


4.Byudjet bilan bo’ladigan hisob- kitoblar.



1.Buxgalteriya xizmatining tashkiliy shakllari.

2.Buxgalteriya xizmatining tarkibi va hisobning markazlashtirish darajasi.


3.Subyekt bo’limlarini alohida balansga ajratish.


4 Ichki nazoratni tashkil qilish.



1.Subyekt tomonidan ishlab chiqilgan schyotlar rejasi asosida ishlab chiqilgan ishchi schyotlar rejasi.
2.Dastlabki xujjatlarning hisob shakillarida foydalanish tartibi.
3. Buxgalteriya hisobida xujjatlar aylanishi va ularning qayta ishlash taribi.
4. Mulk va majburiyatlarni inventarizasiya qilish.

1.Daromad solig’i.

2.Qo’shilga qiymat solig’i.


3. Boshqa soliq to’lovlari.








Yüklə 198,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə