2-mavzu. Boshqaruv hisobi tizimida hisob siyosati Reja: Hisob siyosati haqida tushuncha va uning nazariy asoslari


«ABS» MChJ Toshkent sh. «___»_________20__y



Yüklə 198,5 Kb.
səhifə6/11
tarix31.05.2023
ölçüsü198,5 Kb.
#114724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-мавзу

«ABS» MChJ
Toshkent sh. «___»_________20__y.
Buyruq №_____
Mazmuni: «Hisob siyosati to’g’risida»
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi» qonuni va BHMS 1-sonli «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot», shuningdek boshqa milliy standartlar, amaldagi qonuniy hamda belgilangan me’yoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqib buyuraman:
1. 20_ yilning 1 yanvaridan «ABS» MChJning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishi va ularning buxgalteriya hisobi hamda hisobotlarini yuritishni tartibga soluvchi hisob siyosati ishlab chiqilsin.

  1. Firma faoliyatida hisob siyosatini ishlab chiqish va uni yuritish bosh buxgalter zimmasiga yuklatilsin.

  2. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.

«ABS» MChJ direktori A.Shodiyev


«ABS» MChJ ning hisob siyosati to’g’risida
NIZOMI
1. Umumiy qoidalar

    1. «ABS» MChJda buxgalteriya hisobi O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuni, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va boshqa qonuniy hamda me’yoriy xujjatlariga asoslangan xolda yuritiladi.

    2. Subyekt aktivlari, o’z mablag’larining manbalari, majburiyatlari, xo’jalik operasiyalarining hisobi ikki yoqlama yozuv asosida pul, natura va mehnat o’chlov birliklarida yoppasiga, uzluksiz, xujjatli hamda o’zaro bog’liqlikda aks ettiriladi.

    3. Buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi sifatida O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunidan kelib chiqqan holda quyidagilar belgilansin:

      1. Xo’jalik aktivlari, xususiy kapitali va majburiyatlari to’g’risida to’la, ishonchli ma’lumotlar berish;

      2. Sodir bo’lgan xo’jalik operasiyalarining qonunga zid kelmasligi va belgilangan talablarga asosan xujjatlarda rasmiylashtirilishi, qayta ishlanishi hamda buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishini ta’minlash;

      3. Moliyaviy va statistik hisobotlarni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida aniq hamda ishonchli shakllantirish;

      4. Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan, xo’jalik ikki imkoniyatlaridan samarali foydalanish qo’rsatkichlarini tahlil qilish uchun zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash;

      5. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish uchun javobgarlik xususiy firma rahbari zimmasiga yuklatilishi;

      6. Subyekt bosh buxgalteri sodir bo’lgan barcha operasiyalarni belgilangan talablar asosida xujjatlarda rasmiylashtirilishini, qabul qilingan xujjatlar aylanishi asosida ularning harakatlanishi va qayta ishlanishi, shuningdek, buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishini amalga oshirilishi, nazorat qilishni belgilangan muddatlarda hisobotlarni tegishli davlat idoralari hamda tashkilotlarga topshirishi;

      7. Bosh buxgalter subyekt rahbari bilan birgalikda moddiy, pul mablag’lari, hisob-kitob hamda moliyaviy majburiyatlari bo’yicha xujjatlarga imzo qo’yishi;

      8. Bosh buxgalter Respublikamizda amal qilayotgan qonuniy va me’yoriy xujjatlarga, shartnomalarga, moliyaviy majburiyatlarga zid keladigan xujjatlarni rasmiylashtirmaydi va ularni ijro uchun qabul qilmaydi.

  1. Hisob siyosatining uslubiy jihati

    1. Subyektda asosiy vositalarga qiymati eng kam ish haqi miqdorining ellik barobridan yuqori va foydalanish muddati 12 oydan ziyod bo’lgan ishlab chiqarish, noishlab chiqarish sohalarida, shuningdek, ijaraga berish maqsadida qurilgan, ishlab chiqilgan hamda sotib olingan ammo qayta sotishga mo’ljallanmagan ishlab chiqarish vositalari kiritiladi. Ushbu talabga javob bermagan ishlab chiqarish vositalari, inventarlar, tayyor mahsulot va tovarlar sifatida hisobga olinadi.

    2. Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati BXMS 5-sonli «Asosiy vositalar» standartiga muvofiq ularning sotib olish (qurish, ishlab chiqarish) qiymati, transportirovka qilish, o’rnatish, sinash, to’langan soliqlar va boshqa xarajatlardan tashkil topadi;

    3. Asosiy vositalarni qayta baholash yilning boshi 1 yanvar xolatiga amalga oshiriladi;

    4. Asosiy vositalarning qiymatiga eskirish hisoblash yo’li bilan qoplanadi. Bunda xo’jalikda mavjud asosiy vositalarga amortizasiya hisoblashning to’g’ri chiziqli usulini qo’llash orqali amalga oshiriladi;

    5. Nomoddiy aktivlarning qiymati amortizasiya hisoblashning to’g’ri chiziqli usulini qo’llash orqali amalga oshiriladi;

  2. Hisob siyosatining texnik jihati

    1. 21-sonli BHMS «xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»ga asosan buxgalteriya hisobining ishchi rejasi schyotlari rejasi ishlab chiqiladi hamda unga muvofiq yuritiladi.

    2. Subyektda buxgalteriya hisobi 20-sonli «Kichik tadbirkorlik subyektlarida hisob yuritishning soddalashtirilgan shakli va hisobot tuzish to’g’risida»gi milliy standartiga asoslanib buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklini qo’llaydi.

      1. Buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklini qo’llash jarayonida subyekt rahbariyati va mutaxassislarining ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojini, ishlab chiqarish jarayonining tashkiliy-texnologik xususiyatlarini e’tiborga olgan xolda zarur ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida buxgalteriya hisobining registlari 20-BHMSning 5.4-bandiga asoslanib o’zgartiriladi va moslashtiriladi.

    3. Buxgalteriya hisobining registrlarida xo’jalik operasiyalarini aks ettirish dastlabki xujjatlar va buxgalteriya hisob-kitoblariga asosan amalga oshiriladi.

      1. Dastlabki xujjat shakllari sifatida xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini operasiyalarini rasmiylashtirilishda qo’llanilahtgan xujjatlaridan foydalaniladi. Amalda mavjud dastlabki xujjat shakllari firma faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar mavjud bo’lmagan xallarda 20-BHMSning 5.6-bandiga asoslanib mustaqil ravishda ishlab chiqiladi.

    4. Buxgalteriya hisobida xujjatlar aylanishi belgilangan grafik asosida amalga oshiriladi va unga amal qilish ma’suliyati xujjatlarni tuzgan hamda imzo qo’ygan shaxslar zimmasiga yuklatiladi.

      1. Xujjatlar aylanishi grafigiga amal qilish firma bosh buxgalteriga yuklatiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi harajatlarni hisobga olishning buyurtmali usulida hisobga olinadi. Taqsimlanadigan xarajatlar ishlab chiqarishni kalkulyasiya obyektlari o’rtasida barcha xarajatlarga (xom-ashyo va materiallar chegirgandan so’nggi) mutanosib taqsimlanadi.

    5. Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining haqqoniyligini ta’minlash maqsadida mulk, moliyaviy majburiyatlar 19-sonli BXMS «Inventarizasiyani tashkil qilish va o’tkazish»da belgilangan muddatlarda, undagi tartib hamda qoidalarga amal qilgan xolda o’tkaziladi.

    6. Tovar-moddiy qiymatliklar, asosiy vositalar va pul mablag’lari ortiqcha chiqqan hollarda inventarizasiya o’tkazilgan hisobot oyning xo’jalik faoliyati natijalariga olib boriladi.

  3. Hisob siyosatining tashkiliy jihati

    1. Subyekt buxgalteriyasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 7-moddasiga muvofiq bosh buxgalter lavozimini joriy qilish asosida markazlashtirilgan holda tashkil qilinadi va xodimlar tarkibini tasdiqlaydi.




Yüklə 198,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə