9. Mavzu : Transfert bahoni shakllantirish



Yüklə 63 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü63 Kb.
#111725
9 . Mavzu Transfert bahoni shakllantirish


9 . Mavzu : Transfert bahoni shakllantirish
7.1. Korxona baho siyosatida transfert bahoning tutgan
o ‘mi va mazmuni
Respublikamizda bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida
sotiladigan mahsulot (ish va xizmatlar)larga ilmiy asoslangan baho
siyosatini ishlab chiqish boshqamv hisobining asosiy vazifalaridan
biri sanaladi.
Amaliyotda har bir korxona o‘z mahsulotini ishlab chiqara
boshlashidan awal qancha foyda olishi mumkinligini rejalashtiradi.
Korxona foydasi mahsulot bahosi va uni ishlab chiqarishga
sarflanadigan haqiqiy xarajatlarga bevosita bogliq bo'ladi. Ushbu
holatda mahsulot bahosi ishlab chiqaruvchi yoki xaridor xohishi
bo‘yicha baland yoki past bohishi mumkin emas, u talab va taklif
asosida tartibga solib borilishi lozim.
Inflatsiya jarayonida, ya’ni baholarning o‘sishi sodir bo'layotgan
paytda pulning foydaliligi pasayib boradi. Shu sababli, bunday
sharoitda barcha hisob-kitoblar qiyosiy yoki bazis davr baholarida
amalga oshirilishi zarur, aks holda, noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida
oqilona moliyaviy boshqamv qarorlarini qabul qilib bohmaydi. Shu
nuqtayi nazardan qiyosiy baholardan foydalanish moliyaviy
menejmentdagi barcha hisob-kitoblarga tegishli talab hisoblanadi.
Bunda bir o ‘lchamning o‘zgarishi ikkinchi o'lchamning o‘zgarishiga
qanday ta’sir etishi tahlil qilinadi.
Ishlab chiqarishning hajmi va baholar darajasi turlicha bolgan
holatda foyda summasini solishtirishning bir nechta varianti mavjud.
Mahsulotning q o ‘shimcha birligini ishlab chiqarish umumiy
tushum ning m a ’lum bir birlikda oshishiga olib keladi va u
cheklangan tushum deyiladi. Bunda o ‘z navbatida xarajatlar
miqdorining ham bir birlik miqdorida oshishi kuzatiladi va u
cheklangan xarajatlar deb ataladi. Maksimal foyda cheklangan
tushum bilan cheklangan xarajatlar bir-biriga teng b o ‘lgan yoki
ular bir-biriga maksimal darajada yaqinlashgan holda yuzaga keladi.
210
Foydalilikning cheklanganligi nazariyasiga muvofiq, ishlab
chiqarishning o ‘sishi tufayli cheklangan tu sh u m cheklangan
xarajatlarga nisbatan tezroq sur’atlarda о ' sib borgunga qadar foyda
hajmi o'sib boraveradi, biroq, cheklangan xarajatlar cheklangan
tushum dan oshib ketgan paytda m ahsulot ishlab chiqarishni
qisqartirish zarur. Shunday qilib, cheklangan xarajatlarning
cheklangan tushumga yaqinligi (maksimal) eng yuqori darajada
ta ’minlanganda yoki unga tenglashtirilganda mahsulot ishlab
chiqarishning hajmi va bahosi ishlab chiqaruvchini eng yuqori
(maksimal) foyda bilan ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada bahoni shakllantirish
va boshqarish bo'yicha tezkor qarorlar qabul qilish zaruriyati
tug'iladi. Buning uchun boshqaruv tizimida bahoni shakllantirish
bo'yicha funksional bloklarning o'zaro aloqasini tahlil qilish muhim
ahamiyatga ega (7.1-chizma).
7.1 -ch izm a . Korxona boshqaruvi tizimida bahoni shakllantirish bo'yicha
funksional bloklarning o'zaro aloqasi
211
Keltirilgan chizmadan ко hi nib turibdiki, bahoning shakllanishi
tashqi muhit ta’siriga ham ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Tashqi muhitda quyidagi makrodarajadagi o‘zgarishlar korxona
faoliyatida bahoni shakllantirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi:
1. Iqtisodiyotdagi o ‘sish va pasayish (har qanday mahsulotga
bo‘lgan ehtiyoj aholining real daromadlari, investitsiya faolligi, davlat
xarajatlari, kredit olish va uni qaytarish imkoniyatlari, baholarning
o ‘zgarishiga bog'liq). Shu sababli tashqi muhitni tahlil qilish
korxonani baholash uchun boshlanghch nuqta va qadam bo'lib
hisoblanadi.
2. Tabiiy resurslarga yaqinlik va ularning zaxirasiga ega bo ‘lish
nafaqat mahsulot ishlab chiqaruvchi, balki qayta ishlovchi
korxonalarni ham strategik rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga
ega.
3. Siyosat va huquq. Korxonaning faoliyat yuritishida davlatning
iqtisodiy barqarorligi, turli xil mulk egalarining huquqiy jihatdan
muhofaza qilinganligi, soliq qonunchiligining o ‘zgarib turishi,
bojxona huquqi kabi omillar ham hal qiluvchi ahamiyatga ega.
4. Demografiya. Korxona joylashgan hududdagi aholining soni
va tarkibi uning faoliyatiga katta ta ’sir. ко‘rsatadi. Agar hududda
tug'ilish darajasi yuqori b o ‘lsa, bolalarbop mahsulotlar assorti-
mentiga talab katta bo'ladi yoki katta yoshdagi aholining hissasiga
qarab ularning talabidagi mahsulotlar ishlab chiqarish zarur bo‘lsa,
korxona shunga qarab m o‘ljal olishi zarur.
5. Ijtimoiy-madaniy muhit. Jamiyatning iqtisodiy farovonligi
oshib borishi bilan unda iqtisodiy xavfsizlikni ta ’minlashga,
aholining kam ta’minlangan va ishsiz qatlamlarini himoya qilishga
imkoniyat oshib boradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korxonalarda baholarni
shakllantirish bo‘yieha qarorlar qabul qilishga ta’sir etuvchi omillar
tashqi va ichkiga bo‘linadi.
Tashqi omillar quyidagilar bilan ifodalanadi:
— korxona ishlab chiqarayotgan tovarga bozordagi. umumiy
talab;
— bozorga shu xilda boshqa firmalar tomonidan chiqarilgan
tovarlar hajmi;
— ushbu tovarlarning sifati va bahosi;
212
— xaridorlarning mahsulot bahosi past bo‘lishiga yoki.tovar
sifati yuqori b o ‘lishiga qiziqishi.
Bahoning shakllanishiga ta’sir etuvchi ichki omillarga quyidagilar
kiritiladi:
— mahsulotni ishlab cliiqarish tannarxi;
— uzoq muddatli kapital qo'yilmalarni qoplash imkoniyati;
— mehnat va materiallar sifati;
— ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
— cheklangan resurslardan foydalanish darajasi.
Transfert baholar mexanizmini ishlab chiqish korxona baho
siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Transfert bahokorxona ichida bir javobgarlik markazidan boshqa
javobgarlik markaziga o'tkaziladigan mahsulot (materiallar, yarim
tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar) yoki xizmatlar bahosini
aniqlash uchun foydalaniladigan bahodir.
7.2. Transfert bahoni aniqlash tartibi va
tamoyillari
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida transfert bahoni
aniqlash ishlab chiqarishni tashkil etishning markazlashtirilgan va
markazlashtirilmagan shakllariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Ishlab chiqarishni markazlashtirilgan holda tashkil etilgan
sharoitda javobgarlik markazlari o'rtasida mahsulot va xizmatlar
almashinuvi ko‘proq haqiqiy (normativ) tannarx asosida amalga
oshiriladi.
Markazlashtirilmagan holda tashkil etilgan ishlab chiqarishlarda
javobgarlik markazlari nisbatan mustaqil bo‘lib, korxona ichidagi
uzatuv (topshirish) bahosi har bir bo‘linma foydasining aniq va
ishonchli ko'rsatkichmi aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lishi nazarda
tutilgan holda o‘rnatilgan bo'lishi kerak. Korxona ichidagi uzatuv
(topshirish) bahosini tanlash nafaqat boTinma faoliyati natijalarini
aniqlash uchun, balki «qanday qilib ishlab chiqarish va sotib olisK»,
«sotish va bundan keyin ishlov berish» kabi savollar bo'yicha qarorlar
qabul qilish, shuningdek, ishlab chiqarishning muqobil variantlarini
tahlil qilishda muliim ahamiyat kasb etadi.
Transfert bahoni aniqlash quyidagi asosiy talablarga tayanadi:
213
— ishlab chiqarish korxonasining pirovard maqsadiga erishishini
va aiohida bo‘linmalar maqsadini korxonaning umumiy maqsadi
bilan uyg‘un holda birikib ketishini ta’minlash;
— boshqaruvning turli darajalarida menejerlar uchun mosla-
shuvchan va bir xilda bo‘lish;
— markazlashtirilmagan holda boshqarish sharoitida sotuvchi
va xaridor boiinmalar rahbarlariga ularning mustaqilligini saqlab
qolishga imkon tug'dirishi kerak;
— ichk-i va tashqi bozorlarning o ‘zgaruvchan sharoitlarini tez
ilg‘ab olish, foydani samarali sohalarga yo‘naltirish imkonini berish.
Masalan, yuqori foydani soliqlardan imtiyozlar mavjud bo‘lgan
sohalarga, yuqori bo'lmagan foydani esa soliqlari yuqori bo‘lgan
sohalarga yo‘naltirish lozirn;
— amaldagi qonunlar talablari asosida shakllantirilishi va ularga
mos kelishi.
7.3. Transfert bahoni belgilash usullari
Korxona ichki bo‘linmalari o ‘rtasida transfert baholami shakl-
lantirishda uni belgilash usullariga aiohida e’tibor qaratish zarur:
Transfert baholami belgilashning quyidagi usullari mavjud:
— bozor bahosi;
— to ‘liq tannarx plus foyda (to‘liq tannarxdan % sifatida);
— o ‘zgaruvchan xarajatlar plus foyda (o‘zgaruvchan xarajat-
lardan% sifatida);
— tomonlaming o‘zaro kelishuvi asosidagi shartnomaviy baho;
— to ‘liq yoki qisqartirilgan tannarx.
Korxona boshqaruvchilari, bo‘linma-sotuvchilar va bo‘linma-
xaridorlarning talablariga birdek javob beradigan yagona transfert
baho mavjud emas. Amaliyotda korxonalarning bir qismi shart­
nomaviy bozor bahosidan transfert baho sifatida foydalanadi, boshqa
bir qismi esa «to‘liq tannarx shu’ba foyda» usulidan foydalanishni
afzal ko‘radi.
Mahsulot (ish, xizmatjlarning shartnomaviy bozor bahosihajmi
qulay transfert baho hisoblanadi, chunki bu baho har bir mar-
kazning foydasini mustaqil xo‘jalik birligi sifatida tahlil qilib chiqish
imkoniyatini yaratadi.
214
Agar tash q i b o zo rd a b ah o an iq b o ‘lsa (m asalan, yangi
mahsulot turiga muqobil tovarlar b o zon b o ‘lmaganda va baho
oldindan belgilanmagan bo'lsa), imda «to ‘liq tannarxplusfoyda»,
va’ni to ‘liq tannarxdan foiz sifatida olingan bahoni qodlash lozim
bo‘ladi, chunki bnnday baho bozor bahosiga yaqin hisoblanadi г‘
va b o 'lin m a lar fao liy ati k am ch ilik larin i aniqlashga im kon
tug‘diradi.
Bahoga ustama belgilash vaqtida butun korxonani foydalilik
koeffitsientini emas, balki mazkur boiinm aning xarajatlari xusu-
siyatlarini hisobga olish zarur. Amaliyotda foyda ko‘pincha
moliyaviy qo‘yilmalardan olingan daromad hisoblanadi hamda
belgilangan reja k o ‘rsatkichi bilan solishtirilib boriladi. Agar
transfert baho sifatida «o‘zgaruvchan xarajatlar plus foyda»
usulidan foydalanilsa xomashyo, materiallar, xizmatlar va ish haqi
kabi xarajatlarni o ‘zgarishiga tuzatishlar kiritadigan qoidaga amal
qilinadi.
Transfert baho haqiqiy tannarx plus qo‘shimcha foyda tarzida
belgilanishi ham mumkin. Mazkur usuldan menejerlar o‘z bo‘lin-
malarida mablag£lar sarfi uchun javobgar bo‘lgan hollarda foyda-
lanadi, biroq, bu usul mablag‘larni tejash imkoniyatini pasaytiradi,
ya’ni haqiqiy tannarx qancha yuqori bo‘lsa, b o ‘linma-sotuvchi
sotish bahosini shuncha yuqori belgilaydi. Shuni nazarda tutish
zarurki, tannarx asosida transfert baholami belgilash vaqtida korxona
tarkibiga kiruvchi boMinmalarni foyda yoki investitsiya markazlari
sifatida emas, balki xarajatlar markazlari sifatida qarab chiqish lozim.
Bunday sharoitda o ‘zgaruvchan xarajatlar asosida belgilangan
transfert baholar samarali hisoblanadi. Bu usulda quyidagi ikkita
shartga amal qilinadi:
— ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar birligiga sarflangan aktivlar
qiymati bir xil;
— ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar birligiga to ‘g‘ri keladigan
o‘zgaruvchan xarajatlar darajasi qolgan xarajatlarga nisbatan deyarli
o‘zgarmas.
0 ‘zgaruvchan xarajatlar asosida korxona ichidagi topshiruvlar
paytidagi baho usuli to ‘liq tannarx asosidagi usuldan korxona zaxi-
ralaridan yanada samaraliroq foydalanishni ta’minlashga qaratil-
ganligi bilan ajralib turadi.
215
7.4. Transfert bahoni xarajatlar va qiymat yondashuvlari
asosida shakllantirish
Transfert baho siyosati masalasi bo‘yicha moliyachi va marke-
tologlar o ‘rtasida uni shakllantirishga nisbatan ikki muqobil
yondashuv — xarajatlar va qiymat yondashuvlari sohasida bahs-
munozara kelib chiqadi. Ularning mohiyatini 7.1-jadval yordamida
ifodalash mumkin.
Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan xarajatlar yondashuvi
eng sinalgan va ishonchli yondashuvdir. Uning asosida real kate-
goriya yotadi, bu — mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflana-
digan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar mahsulot ishlab chiqarishga
va sotishga sarflangan haqiqiy xarajatlar kategoriyasi orqali
ifodalanadi hamda buxgalteriyada dastlabki luijjatlar bilan rasmiy-
lashtiriladi.
Transfert bahoni shakllantirishga
nisbatan yondashuvlar
7. l-jadval
T/n Xarajatlar asosidagi yondashuv Qiymat yondashuvi
: l. Mahsulot 1 Xaridorlar i
2. Texnologiya 1 Qiymatliklar j.
3. Xarajatlar 1 Baho i
4. Baho f Xarajatlar 4
5. Qiymatliklar 1 Texnologiya 4
6. Xaridorlar Mahsulot
Buning ustiga, m alu m darajada bu yondashuvning nufuzi uni
iqtisodiy nazariyada qo‘llab-quwatlanishi bilan bogMiq, chunki,
mahsulotlar o'rtasida xarajatlarni to £g£ri taqsimlash, tannarxni
shakllantirish va boshqarish bahoni korxona uchun naflilik nuqtayi
nazaridan d’aromad olish manbayiga aylantiradi (7.2-cliizma).
Mahsulotni sotishda baho darajasini sotishning va shunga mos
ravishda ishlab chiqarishning taxminiy hajmi belgilaydi. Shu bilan
birga, boshqaruv hisobi e’tirof etadiki, mahsulot birligini ishlab
chiqarishning umumiy xarajatlari o£zgarishi bevosita ishlab chiqarish
216
7 .2 -ch izm a .Bozor iqtisodiyoti sharoitida transfert baho va xarajatlar
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik
miqyosiga bog‘liq. Ishlab chiqarish xarajatlarining o'sishi bilan bir
buyumga to ‘g‘ri keladigan doimiy xarajatlar summasi va ishlab
chiqarishga sarflanadigan o ‘rtacha xarajatlar hajmi ham o ‘sadi.
Binobarin, tadbirkor menejer transfert bahoni belgilayotganda
xarajatlar usuli asosida yoki raqobatchilar tomonidan baho bo‘yicha
qabul qilingan qarorlar ta ’siri ostida passiv baho belgilash yo'lini
tanlamasligi lozim.
Eng oqilona yondashuv — transfert bahoni shakllantirishga
nisbatan fa o l yondashuv usuli bo'lib, bunda transfert bahoni
boshqarish orqali sotishlarning zarur hajmiga mos keluvchi o'rtacha
xarajatlar hajmiga erishiladi, bu esa korxonani foydalilikning
kutilayotgan darajasiga olib chiqadi.
Transfert bahoni shakllantirishga faol yondashuv mantiqiga
o'xshash masalalarni quyidagicha ta’riflash mumkin: «Eng past
bahoda sotiladigan tovarlar miqdorini katta miqdordagi foyda olish
uchun qanchagacha oshirishim iz kerak?» yoki «Sotiladigan
' mahsulotlarning qancha miqdorini ko‘proq foyda olish uchun
yuqoriroq bahoda sotish kerak?»
Aynan mana shunday yondashuv «zaif» bozorlarda (ya’ni, talab
pasayib boruvchi bozorlarda) yoki «kuchli» bozorlarda (ya’ni, talab
o rtib b o r u v c h i b o z o r la r d a ju d a y u q o ri b a h o la r x a rajat
yondashuvining jiddiy kamchiligini chetlab o ‘tish imkonini beradi).
Shuni ta’kidlash joizki, transfert bahoni shakllantirishga xarajatli
yondashuvdan voz kechish korxona menejerlariga oson b o ‘lmaydi,
chunki ular ishlab chiqarishga yangi mahsulot uchun investitsiya
qilish va bahoni shakllantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilinguncha
kutilayotgan foydani aniqlashlari lozim.
Loyihalashtirilayotgan yangi mahsulot zam onaviy texnik
darajaga mos keluvchi o ‘lchamlar va xususiyatlarga ega bolishi,
217
konstruktorlik xizmatlari, texnologlar, moliya-iqtisodiy bo'lim va
buxgalteriyada texilik-iqtisodiy asosnoma (TIA) bilan tasdiqlangan
b o ‘lishi lozim. Shu bosqichning o ‘zida baho aniqlanadi, u
xarajatlaming o‘mini to ‘ldirishi va investitsiyalarni zaruriy darajada
qoplashi kerak. Shundan so‘ng marketologlar (agar shunday
mutaxassislar bor bo Isa) mahsulot sotish hajmini aniqlaydilar. Ular
mahsuiot sotishni tashkil etish, m ahsulot xossasi va sifatiga
xaridorlarni ishontirishga intiladilar. Agar bunday «targ‘ibot»
natijalari ijobiy natija bermasa, korxona rahbariyati, odatda, bahoni
pasaytirish taklifi hisobiga vaziyatni saqlab qolishga harakat qiladi.
Bunday sharoitda, odatda, xaridorlar bozorda ustunlik qiladigan
vaziyat yuzaga keladi. Bunda aynan ular o ‘z shartlarini qo‘yadilar
va bahoni yanada pasaytirishga erishadilar.
Transfert bahoni shakllantirishga xarajatli yondashuvni mo‘ljal
qilib muvaffaqiyatga erishish g'oyat mushkul. Bunday sharoitda
transfert bahoni shakllantirishga nisbatan qiymatli yondashuvga
ko‘proq e’tibor berish lozim (7.3-chizma).
X a rid o rn in g m a n f a a ti va vutug'i
i
r -i
4 i
О
K o rx o n a n in g f o y d a s i
IYMA
NAF)
'
<
C D
r
K o rx o n a n in g x a r a ja tla r i
a
r
7 .3 -ch izm a . Transfert bahoni shakllantirishga qiymatli yondashuv
Transfert bahoga nisbatan qiymatli yondashuvning vazifasi
korxona mijozlarining rag‘batlantirilishidan iborat emas. Bunday
natijaga bahoga katta chegirmalar berish hisobiga ham erishish
mumkin, lekin qiymatli yondashuv korxona uchun sotishlar hajmini
tobora avj olishi hisobiga emas, balki «qiyrnat — xarajatlar»
nisbatining m utanosibligiga erishish hisobiga foyda olishni
ta’minlashi kerak.
Transfert bahoning shakllanishi mehnat bozorida raqobatda
bolgan boshqa korxonalar ta’siriga ham bogliq. Shu bois, korxo-
naning baho siyosati buxgalterlar, moliyachilar, marketologlar,
menejerlar va bozorni o'rganuvchi axborot xizmatchilarining doimiy
218
hamkorligi natijasida tug'iladi va takomiliashadi. Bunday sharoitda
baho siyosatini shakllantirish korxonaga foyda, xaridorga esa
ko‘proq naf keltirishi lozim.
Nazarimizda, transfert bahoni shakllantirishda mahsulotning
zararsiz sotilishini belgilash muhim ahamiyatga ega. Вuning uchun
mahsulotni zararsiz sotish bahosini quyidagi formula yordamida
aniqlaymiz:
Ostonoviy tushum
Zararsizlik bahosi = -------------------------------------------------------------------------- '
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
Yuqorida ta ’kidlangan zararsizlik bahosini aniqlash uchun
quyidagi misoldan foydalanamiz.
1-misol. «Shahrixonsut» H Jn in g faoliyatini izohlaydigan
quyidagi m a’lumotlar keltirilgan.
Sotishdan olinadigan tushum, so‘m 358357
0 :zgaruvchan xarajatlar, so‘m 288916
Marjinal daromad, so'm 69441
Doimiy xarajatlar, so‘m 45568
Operatsion foyda, so‘m 23873
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, dona 205
Birinchi navbatda, ostonaviy tushumni belgilab olish uchun
quyidagicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi:
1. Maijinal daromad hajmini topamiz:
358357-288916 = 69441.
3. Marjinal daromad koeffitsientini chiqarib tashlaymiz:
69441:358357 = 0,19.
4. Ostonaviy tushum (zararsizlik nuqtasijni aniqlaymiz:
45568:0,19 = 239831,6.
Ostonaviy tushum ni hisoblab topgach, uning yordamida
mahsulotni zararsiz sotish bahosi aniqlanadi:
239831,6:205 dona = 1169,9.
Dernak, mahsulotning bir birligini sotish bahosi 358357: 205
dona = 1748,08 so‘m bo'lsa, bir birlikka to ‘g‘ri keladigan foyda
summasi 578,18 so'mni tashkil etadi.
219
Baho ishlab chiqarish bilan bog'iiq barcha xarajatlami qoplashi
va korxonaga foyda keltira boshlashiga imkon berish uchun uni
sotiladigan mahsulotga qanday belgilash lozim? Bu savolga javob
berish uchun quyidagi misoldan foydalanamiz.
2-misol. Korxona 5000 dona mahsulot sotishni rejalashtirgan,
bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan
o ‘zgaruvchan xarajatlar 1600 so‘mni tashkil etadi. Doimiy xarajatlar
— 2000000 so‘m. Korxona 3000000 so‘m miqdorida foyda olishni
moljallagan. Mahsulotni qanday bahoda sotish kerak?
1. Dastlab, marjinal daromad hajmini aniqlaymiz. Buning
uchun doimiy xarajatlarga foydaning rejalashtirilgan hajmini
qo‘shamiz:
2000000 so‘m+3000000 so‘m = 5000000 so‘m.
2. Bir birlik mahsulotga to ‘g'ri keladigan marjinal daromad
summasini topish uchun yalpi marjinal daromad summasini
sotiladigan mahsulotlar miqdoriga boiamiz:
.5000000 so‘m : 5000dona = 1000 so‘m.
3. Mahsulot birligi bahosini aniqlash uchun o ‘zgaruvchan
xarajatlar orqali hisoblangan marjinal daromad summasiga doimiy
xarajatlar va foydani q o ‘shish natijasida aniqlangan marjinal
daromad summasini qo'shamiz:
1600 so‘m+1000 so'm = 2600 so‘m.
Zararsizlik bahosini tahlil qilishga doir yuqorida keltirilgan
formulalar mahsulotning belgilangan hajmini sotish jarayonida
foydaning m a’lum darajasiga erishish uchun sotishning zararsiz
bahosini aniqlashga ko'maklashadi.
Demak, moslashuvchan transfert baho siyosatini yuritish va
unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillami chuqur tahlil qilish,
iste’molchilami rag‘batlantirish hamda tovar bozoridagi raqobatda
ustunlikka erishish imkonini beradi.
Yüklə 63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə