1-variant Ombordagi materiallar hisobi


-variant 4-variant Materiallarni o’rtacha tortilgan (Aveco) va fifo usulidagi hisobini tushuntirib bering?



Yüklə 3,44 Mb.
səhifə8/67
tarix23.05.2022
ölçüsü3,44 Mb.
#87757
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
2 5213136887618738063

4-variant
4-variant

  1. Materiallarni o’rtacha tortilgan (Aveco) va fifo usulidagi hisobini tushuntirib bering?

Tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari va chiqib ketayotgan (shuningdek ishlab chiqarishga berilgan) tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:



  • tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi boʻyicha;

  • oʻrtacha tortilgan qiymat boʻyicha (АВЕCО);

  • TMZ xarid qilingan vaqt boʻyicha dastlabki zaxiralar tannarxi boʻyicha (FIFO).

AVECO (Average Cost- o’rtacha narx) usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har birligining qiymati shunga o‘xshash zaxiraning davr boshida o‘rtacha o‘lchangan qiymatidan va davr davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash zaxira birligining qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Tovar-moddiy zaxiralar birligining qiymatini AVECO usuli bo‘yicha aniqlash shunga o‘xshash zaxiralar umumiy tannarhini ularning umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Bunda umumiy tannarx mos ravishda davr boshiga bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va miqdori va davr davomida olingan Tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullari Tegishli birligining identifikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha zaxiralarni tannarxi bilan miqdoridan tashkil topadi. O‘rtacha miqdor korxona tomonidan tanlangan usulga qarab, vaqti-vaqti bilan yoki zaxiralarning har bir yangi partiyasi olinishiga qarab, hisob-kitob qilinadi.
Misol:
Korxona oy davomida quyidagi tovarlarni sotib oldi:
10.01.2022 kuni 800 birlik tovarni 1 400 so’mdan umumiy 1 120 000 so’mga sotib oldi.
20.04.2022 kuni 2 200 birlik tovarni 1 500 so’mdan umumiy 3 300 000 so’mga sotib oldi.
01.05.2022 kuni 4 000 birlik tovarni 1 450 so’mdan umumiy 5 800 000 so’mga sotib oldi.
11.07.2022 kuni 3 000 birlik tovarni 1 480 so’mdan umumiy 5 440 000 so’mga sotib oldi.
Yil davomida umumiy 10 000 birlik tovar umumiy 14 660 000 so’mga sotib olindi.
Yil oxirida omborda 1 000 birlik tovar qoldi. Chiqib ketgan tovarlarning umumiy tannarxini hisoblaymiz.
Sotilgan tovarlar soni aniqlanadi:
10 000 - 1 000 = 9 000 birlik
Bir birligining o'rtacha bahosi:
14 660 000 / 10 000 = 1 466 so'm
Sotilgan mahsulot tannarxi:
9 000 * 1 466 = 13 194 000 so'm
Hisobot davri oxiridagi qolgan tovarlar:
14 660 000 - 13 194 000 = 1 466 000 so‘m

FIFO (First In First Out) usuli – bu birinchi kirim qilingan baho bo‘yicha chiqim qilish.
FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaxiralar tannarhida birinchi navbatda sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar qiymati olib boriladi. Tovar-moddiy zaxiralarning davr oxiridgi qiymati so‘nggi sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning umumiy qiymatidan iborat.
Misol
Tasavvur qiling-a, agar kompaniya har biri 10 000 so’mga 100 ta mahsulot sotib olgan bo'lsa, keyin har biri 15 000 so’mga yana 100 ta mahsulot sotib olgan bo'lsa. Keyin kompaniya 60 ta mahsulotni sotdi. FIFO usulida 60 ta mahsulotning har biri uchun sotilgan mahsulot tannarxi 10 000 so’m/birlikni tashkil etadi, chunki birinchi sotib olingan tovarlar birinchi sotilgan tovarlardir. Omborda qolgan 140 ta tovardandan 40 tasining qiymati 10 000 so’m/birlik, 100 tasi esa 15 000 so’m/birlik. Buning sababi, ombordagi qolgan TMZ summasi FIFO usuli bo'yicha eng so'nggi xarajat bilan belgilanadi.
Qolgan 140 dona tovar bilan kompaniya qo'shimcha 50 ta mahsulotni sotadi, deylik. Ushbu mahsulotlarning 40 tasi uchun sotilgan tovarlarning narxi 10 000 so’mni tashkil etadi va 100 dona birinchi buyurtma to'liq sotildi. Sotilgan qolgan 10 ta birlik har birining narxi 15 000 so’mni tashkil etadi, qolgan 90 ta inventarning har biri 15 000 so’mga baholanadi (eng oxirgi toʻlangan narx).
FIFO usuli eskirishning oldini olish uchun kompaniya birinchi navbatda eng qadimgi tovar-moddiy zaxiralarini sotishi va ombordagi eng yangi narsalarni saqlashi mantiqiga asoslanadi.



  1. Yüklə 3,44 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə