1-variant Ombordagi materiallar hisobi


Jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibi va uni turkumlang



Yüklə 3,44 Mb.
səhifə9/67
tarix23.05.2022
ölçüsü3,44 Mb.
#87757
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67
2 5213136887618738063

Jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibi va uni turkumlang

OʻzR Soliq Kodeksining ХIII boʻlim “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi”, 53-bob. “Jami daromad” tarkibida bayon qilingan.


Unga ko’ra jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:
1) mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar;
2) mulkiy daromadlar;
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
4) boshqa daromadlar.
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan quyidagi barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi:
mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya);
ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash;
haqiqatda bajarilgan ish uchun haq hisoblangan boshqa to‘lovlar.
Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan, tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga to‘lovlar (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno);
O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə