1-variant Ombordagi materiallar hisobi


Uzoq muddatli investitsiyalar



Yüklə 3,44 Mb.
səhifə5/67
tarix23.05.2022
ölçüsü3,44 Mb.
#87757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
2 5213136887618738063

Uzoq muddatli investitsiyalar - bir yildan uzoq bo‘lgan
muddatda egalik qilishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga
qo‘yilgan investitsiyalardir. Ular odatda investitsion portfelda
ulushli (aksiyalar) va qarz (uzoq muddatli obligatsiyalar) qimmatli
qog‘ozlar bilan ifodalangan bo‘ladi.
Uzoq muddatli investitsiya kompaniya balansining aktiv
tomonida joylashgan bo‘lib, u kompaniyaning investitsiyasini, shu
jumladan zaxiralarni, obligatsiyalarni, ko‘chmas mulkni va naqd
pulni bir yildan ortiq vaqt davomida foydalinishi tushiladi. Uzoq
muddatli investitsiya hisoboti asosan qisqa muddatli investitsiya
hisobidan farq qiladi, chunki qisqa muddatli investitsiyalar eng
ko‘p sotiladigan bo‘lsa, uzoq muddatli investitsiyalar hech qachon
sotilmasligi mumkin.

Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda qimmatli qog‘ozlarning buxgalteriya hisobi bo‘yicha muomalalar yagona (umumiy)


172
tamoyillar asosida amalga oshirilishi lozim. 21-son BHMS “Xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya
hisobi schyotlarining rejasi”ga muvofiq 0600-“Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” schyotida mamlakatimizda va undan tashqarida barpo etilgan korxonalarning qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba, qaram xo‘jalik jamiyatlarning hamda chet el sarmoyali korxonalarning nizom kapitali (jamg‘armasi)ga uzoq muddatli
qo‘yilmalar (investitsiyalar) mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’-
lumot quyidagi hisob-varaqalaridan kelib chiqib umumlashtiriladi:
0610 “Qimmatli qog‘ozlar”;
0620 “Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”;
0630 “Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”;
0640 “Chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar”;
0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”;
0610-“Qimmatli qog‘ozlar” schyotida aksionerlik jamiyatlarining aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari
(optsion, fyuchers va boshqalar)ga uzoq muddatli moliyaviy
investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘lgan operatsiyalarni buxgalteriya
hisobida aks ettirish uchun asos bo‘lib ularga egalik qilish huquqi
o‘tganligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar xizmat qiladi:
- oldi-sotdi shartnomasi (barcha qimmatli qog‘ozlar uchun);
- sertifikatni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (faqat
hujjatli qimmatli qog‘ozlar uchun);
- shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma (egasi yozilgan qimmatli
qog‘ozlar reestrni yuritish tizimida hisobga olinganda);
- depo hisobvaraqdan ko‘chirma (qimmatli qog‘ozlar
depozitariyga hisobga olinganda).
Qimmatli qog‘ozlarning turiga bog‘liq holda egalik qilish
huquqining o‘tish sanasi, tegishincha ularni buxgalteriya hisobiga
qabul qilish sanasi bo‘lib quyidagilar hisoblanishi mumkin:
- qabul qilish-topshirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan sana (agar
qimmatli qog‘ozlarni ko‘rsatuvchiga beriladigan sertifikat bevosita
sotuvchidan olingan bo‘lsa);
ų
- xarid qiluvchining unga reestrni yuritish tizimida ochilgan
shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmada ko‘rsatilgan sana;
- xarid qiluvchiga qimmatli qog‘ozlar sotuvchi tomonidan
saqlashga berilgan depozitariyga ochilgan depo hisobvaraqdan
ko‘chirmada ko‘rsatilgan sana.
Qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha barcha xarajatlar
ularning xarid qiymatiga kiritiladi.

Korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlariga qilingan


qisqa muddatli (bir yil muddatdan ko‘p bo‘lmagan) investitsiyalari
(qo‘yilmalar) davlat qarzlarining foizli obligatsiyalari, boshqa
korxonalarga berilgan qarzlar va boshqalarning naqdligi va harakati
to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda
amalga oshiriladi:
5810 “Qimmatli qog‘ozlar”;
5820 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”;
5890 “Boshqa joriy investitsiyalar”.
5810 “Qimmatli qog‘ozlar” schyotida aksiyalarga, davlat
qarzlarining foizli obligatsiyalariga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilgan qisqa muddatli investitsiyalarning mavjudligi va
harakati hisobga olinadi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab


chiqarish uchun soliq stavkasini qo‘llash maqsadida eng kam ish haqi
miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‘yicha (yil boshidan
tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi)
hisobga olinadi. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘i summasini, shuningdek eng kam ish haqining karrali miqdorlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarish uchun eng
kam ish haqi miqdorining joriy yilning 1 yanvaridagi holati inobatga
olinadi.
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining quyidagi daromadlari
kiradi:
mulkiy daromadlar, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida
soliq solinmagan bo‘lsa;
 fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan
foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
 asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi
daromadlar;
 ikki yoki undan ko‘p manbadan olingan soliq solinadigan
daromadlar;
 O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
107
 soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar.
Agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan
daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
uning arizasiga ko‘ra belgilangan eng yuqori stavka qo‘llanilgan holda
ushlab qolingan bo‘lsa, daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim
etilmaydi.

3.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining


2013-yil 26-apreldagi 9/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”
Nizom asosida amalga oshiriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllari:
1) to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
2) akkreditivlar bilan hisob-kitoblar;
3) inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar;
4) cheklar bilan hisob-kitoblar.
Yuqorida ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha naqd pulsiz hisobkitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul-hisob-kitob hujjatlaridan
foydalaniladi:
1) memorial order;
2) to‘lov topshiriqnomasi;
3) to‘lov talabnomasi;
4) inkasso topshiriqnomasi;
5) akkreditivga ariza;
6) tijorat bankining hisob-kitob cheki.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan (BPK)
foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob-kitob hujjatlarining
turi mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchi o‘rtasida
tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab
qo‘yilgan bo‘lmasa, bank tegishli to‘lov hujjati bankka kelib
tushgan kunda mablag‘larni mijozning hisobvarag‘iga kirim qilishi
yoki mablag‘larni uning hisobvarag‘idan hisobdan chiqarishi shart.
Banklar mijozning topshirig‘iga binoan elektron to‘lovni
tegishli to‘lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot
kuni mobaynida tushgan bo‘lsa, amalga oshirishi shart, qonunda
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar to‘lov hujjati
amaliyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elektron to‘lovni
keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart.
45
Banklar “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga (O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 43-son, 451-
modda) muvofiq, hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib
turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.
Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida unga qo‘yilgan
talablarni qondirish uchun yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmagan
taqdirda, mablag‘larni hisobdan chiqarish Xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan
chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2342,
2012-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami, 2012 yil, 11-son, 127-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Hisob-kitob hujjatlari texnik vositalardan foydalangan holda
to‘ldiriladi. Hisob-kitob hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Cheklar havo yoki qora rang pastasi bo‘lgan sharikli ruchka
bilan yoxud texnik vositalardan foydalangan holda to‘ldirilishi
mumkin.
Bank tomonidan hisob-kitob hujjatlari quyidagi hollarda
ijroga qabul qilinadi:
 yuridik shaxslardan — hisob-kitob hujjatlaridagi imzolar va
muhr izi imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada
ko‘rsatilgan namunaga muvofiq (rahbarlik vazifalarini hamda
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga
oshiradigan shaxsning) bo‘lganda (mikrofirmalar uchun
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga
oshiruvchi shaxsning imzo namunasini taqdim etish talab
etilmaydi);
 yakka tartibdagi tadbirkorlik va yuridik shaxs tashkil etmasdan turib dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan — hisob-kitob hujjatlaridagi imzo va muhr izi imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan namunaga
muvofiq bo‘lgan taqdirda, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.
46
Mijozlarning imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan
varaqchasida dumaloq muhr izi qo‘yilmagan bo‘lsa, hisob-kitob
hujjatlari muhr izisiz qabul qilinadi.
Hisob-kitob hujjatlari imzolar namunalari va muhr izi
qo‘yilgan varaqchaga imzo qo‘ygan shaxslar tomonidan
imzolanishi shart. Hisob-kitob hujjatlarini faksimile usulida nusxa
ko‘chirish vositalaridan foydalangan holda imzolash taqiqlanadi.
Memorial order banklar tomonidan ishlatiladigan naqd pulsiz
hisob-kitob hujjati bo‘lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:
 mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisobkitoblarda;
 bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda;
 banklarning o‘z ichki operatsiyalarida;
 mijozning qarzdorlik mablag‘larini qoplashda, agar banklar
bilan mijozlar o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan
bo‘lsa;
 buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;
 jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lmagan yozma topshiriqlari bo‘yicha mablag‘larni naqd pulsiz
shaklda o‘tkazishni amalga oshirishda. Bunda to‘lov amalga
oshirilgandan so‘ng, mazkur topshiriq memorial order bilan birga
bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yilad

_______________________________________________________________



Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə