1-variant Ombordagi materiallar hisobi


-variant Mirahrorov Suhrob



Yüklə 3,44 Mb.
səhifə25/67
tarix23.05.2022
ölçüsü3,44 Mb.
#87757
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67
2 5213136887618738063

10-variant Mirahrorov Suhrob
1.Material qiymatliklarni ombordagi hisobi va materiallar xarakati to’g’risida hisobotni tuzish tartibi
2.Mehnatga haq hisoblash va to’lashda qo’llaniladigan dastlabki xujjatlarni turlari
3.Bankdagi maxsus schetlar bo’yicha muomalalar hisobi
4.Kassani inventarlash chog‘ida 400 ming so‘m kamomad borligi aniqlandi. Kassirning o‘rtacha oylik ish haqi 360 ming so‘m. Kassir bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilgan. Kassir kamomadni qaysi miqdorda to‘lab berishi lozim? muomalalarni provodkalarda aks ettiring.

Javoblar:


1. Moddiy-javobgar shaxs har oyning 1-sanasiga kartochkalardagi son qoldiqlarini hisobga olish qaydnomasiga o’tkazib qo’yadi. Bu qaydnoma har bir ombor bo’yicha buxgalteriya tomonidan bir yilga ochiladi. U buxgalteriyada saqlanib, oy tugashiga bir kun qolganda omborchiga beriladi, hisobot oydan keyingi oyning 1-2 sanasiga u buxgalteriyaga qaytarib topshiradi. Nomenklatura raqamlari bo’yicha haqiqiy qoldiqlarini belgilangan zaxira normalariga to’g’ri kelishini nazorat qilish va sodir bo’lgan farqlar to’g’risida marketing bo’limiga axborat berib turish moddiy-javobgar shaxsning zimmasiga yuklangan.
Buxgalteriya hisobi va hisobotining ishonchliligini ta’minlash maqsadida korxona o’z mulki va moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiya qiladi. 4 va 19-sonli BHMSlariga muvofiq tovar-material qiymatliklarning inventarizatsiyasi quyidagi hollarda o’tkazilishi mumkin:
hisobot yilining 1 oktabridan keyin inventarizatsiya o’tkazilmagan bo’lsa, yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin;
moddiy-javobgar shaxslar almashilganda va tabiiy ofatlar ro’y berganda;
buxgalteriya va ombor hisobi orasida farq vujudga kelganda;
o’g’irlik yoki xiyonatkorlik aniqlanganda, shuningdek, qiymatliklar nobud bo’lganda – shu faktlarning aniqlanishi bo’yicha darhol;
tovar-material qiymatliklar qaytadan baholanganda;
korxona tugatilganda yoki qaytadan tashkil etilganda.

2. Mehnatga haq to'lashda ishning sifatini , ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma'lum tartibini belgilash zarur . Demak , korxonada mehnatga haq to'lashni tashkil etish biri - biriga bog'liq bo'lgan uchta elementlar bilan aniqlanadt : tarif tizimi , mehnatni normalashtirish va mehnatga haq to'lash shakllari . Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi , sarflangan mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi , ish haqi hisoblash tartibi esa mehnatga haq to'lash shakllari bilan aniqlanadi . Ishchilar mehnatiga haq to'lashda tarif setkasi asos bo'lib hisoblanadi . Tarif GALVE setkasi ishlovchilaming malakasi , mehnatga haq to'lash shakli va mazkur sohaning xalq xo'jaligidagi ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi . Tarif tizimiga quydagilar kiritiladi : bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to'lanadigan haq miqdorini belgilovchi tarif stavkasi ; haq to'lashda ish va ishchilaming ( malakasi ) turli razradlari orasidagi munosabatlarini ko'rsatuvchi tarif setkast Z Dans tarif - malakaviy ma'lumotnoma . Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish va ishchining razradi aniqlanadi . Oddiy ishlar 1 - razradli ishchining tarif stavkasi bilan to'lanadi . Mehnat malakasi darajasiga , ya'ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsiyentiga , qarab qolgan razradlarning tarif stavkalari bu razraddan ortiq bo'ladi . Tarif razradi har bir ishlab chiqarish operatsiyasiga , har bir ish turiga tayinlanadi , shuning uchun ish bajarish normalarini hisobga olgan holda , ishbay ish haqini hisoblab topishda tarif stavkasidan foydalaniladi . Mehnatga haq to'lash shakli , mukofotlar , qo'shimcha haqlar , rag'batlantirish to'lovlari , kasaba uyushma qo'mitasi bilan kelishilgan holda , ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan jamoa shartnomasi bilan belgilanadi.
Ishchining ish haqi yoki oklad summasini aniqlash uchun nolinchl razryadning mehnatiga to'lanadigan summani mazkur ishchiga belgilangan razradning koeffitsiyentiga ko'paytirish kerak . Yuqorida keltirilgan yagona tarif setkasini budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar , tashkilot va korxonalar qo'llashga majbur . O'zining moliyaviy faoliyatini xo'jalik hisobi asosida yurituvchi barcha - An davlat , aksioner korxonalari va tashkilotlari mehnatga haq to'lashning yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif - malakaviy razradlarini belgilashlari zarur . Boshqa mulk shaklidagi korxona , tashkilot va muassasalarga yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif - malakaviy setkasini belgilab olish tavsiya qilinadi . Tarif stavkalar va okladlar tizimini jasosi bo'lgan nolinchi razryadning minimal ish haqi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi . Xususan nolinchi razryadning minimal ish haqisiga va qonunchilik bilan belgilangan o'rtacha oy ish kunlarining uzunligiga ( ish vaqtining o'rtacha oy fondi ) qarab 1 - razryadning soatlar tarif stavkalarining minimal o'lchami aniqlanadi . Chunonchi , nolinchi razradning minimal ish haqisi 28040 so'm va ( 40 soatlik ish haftasida ) ish vaqtining o'rtacha oylik fondi 169,2 soat bo'lgan taqdirda soatlik tarif stavkasining o'lchami 165,72 so'm bo'ladi ( 28040 : 169,2 ) . 1 - razrad stavkalarini mehnatga haq to'lash shakllari ( ishbay ishchilar va vaqtbay Ishchilar ) , shuningdek kasb guruhlari va ish turlari ( uch guruh stavkalar ) bo'yicha tabaqalashtirib korxona mehnatga haq to'lash bo'yicha tarif setkasini ishlab chiqishi mumkin . Bir korxona moliyaviy imkoniyatlari va boshqa ishlab chiqarish ko'rsatkichlariga qarab o'zining tarif koeffitsiyentlarini ishlab chiqadi . Hozirgi vaqtda byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasasalar , tashkilotlar va korxonalarda xodimlar mehnatiga haq to'lash O'zR VMning 2006 yil 26 oktyabrdagi 218 - sonli qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi ( YaTS ) ga asosan olib boriladi . U o'z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif koeffitsientlari orqali turli xil razryaddagi ish va ishchilar ( malaka ) o'rtasidagi mehnatga haq to'lash nisbatini namoyon etadi.

3. Korxonalar bankda hisob-kitob schyoti, valyuta schyotidan tashqari maxsus schyotlarga ham ega bo’lishlari mumkin. Bunday schyotlar mamlakatimizdagi va chet ellardagi akkreditivlarda, chek daftarchalarida, boshqa to’lov hujjatlarida (veksellardan tashqari), joriy, alohida va boshqa maxsus schyotlarda saqlanayotgan milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablag’larini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Bankda maxsus schyotlarni ochish korxonalar o’rtasida ayrim hisob-kitoblarni yuritish xususiyatlaridan ham kelib chiqadi. Auditorlik tekshiruvi har bir maxsus schyot bo’yicha o’tkaziladi.
Bankdagi maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga olish uchun 5510-«Akkredetivlar», 5520-«Chek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» tayinlangan bo’lib, ularda pul mablag’lari harakati ham so’mda, ham valyutada aks ettiriladi.
Alohida saqlash talab qilinadigan pul mablag’lari harakatini nazorat qilish uchun 5510, 5520 – schyotlar ma’lumotlari tekshiriladi. Pul mablag’larining maqsadli tayinlashiga ko’ra 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotiga quyidagi analitik schyotlar ochilishi mumkin:
Maqsadli (tadbirlarni) mablag’ bilan ta’minlashni (bolalar bog’chasi, yaslilarni saqlash va boshqalar) hisobga olish uchun;
Kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlashga mablag’larni to’plash uchun;
Bank kartalaridan foydalanib hisob-kitoblarni amalga oshirishda pul mablag’larini saqlash uchun mo’ljallangan bankdagi maxsus kartochka schyoti.
Auditor 5510, 5520 va 5530 – schyotlar bo’yicha analitik hisobning tuzilishi pul mablag’larining maqsadli tayinlanish turlari bo’yicha mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar olish imkonining ta’minlashini tekshirishi lozim.
Maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish yuqorida bayon qilingan umumiy uslubiyot bo’yicha amalga oshiriladi. 5510 - «Akkreditivlar» schyotiga doir muomalalarni tekshirishda qo’shimcha ravishda hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini qo’llash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish zarur:
Hisob-kitoblarning mazkur shakli shartnomada ko’zda tutilganligi;
Akkreditivlarning amal qilish muddatlariga rioya qilinishi;
Akkreditivdan naqd pul mablag’larining to’lanmaganligi;
Akkreditivni yopishni rasmiylashtirishning to’g’riligi.
5530 - «Boshqa maxsus schyotlar» schyoti «maxsus kartochka schyoti» analitik schyoti bo’yicha muomalalarni tekshirishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
Maxsus kartochka schyotini ochish uchun shartnoma mavjudligi, korxona korparativ kartasiga ega shaxslar ro’yxati, berilgan bank kartasining tiplari;
Transchegara to’lovlarini amalga oshirish chog’ida amaldagi valyuta qonunchiligiga rioya qilinishi (O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi chet el valyutasidagi hisob-kitoblar);
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan berilgan ruxsatnoma mavjudligi;
Korporativ kartalar egalarining hisobotlari mavjudligi;
Ish haqi va boshqa ijtimoiy to’lovlarni to’lash uchun korporativ kartalar ishlatilmaganligi;
Kurs farqlarini to’liq aks ettirish va hisob-kitob qilish to’g’riligi.

4. - Mehnat intizomini buzganligi uchun o’rtacha oylik ish haqining 20 % idan oshmagan miqdorda jarima.
Oylik ushlanm= 360 ming x 20% = 72 ming so`m
oylar soni = 400 ming / 72 ming = 5,56 oy = 6 oy
Dt: 4730 Kt: 5010 - 400 ming so`m
Dt: 6710 Kt: 4730 - 72 ming so`m (6 oy davomida ish haqidan ushlanib qoladi)


Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə