|
1-variant Ombordagi materiallar hisobi
|
səhifə | 22/67 | tarix | 23.05.2022 | ölçüsü | 3,44 Mb. | | #87757 |
| 2 52131368876187380631ga javobMol-mulk inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga kiritilishi uchun quyidagi
mezonlarga javob berishilozim:
-xizmat muddati bir yildan oshmagan;
- xizmat muddatidan qat’iy nazar bir birlik (komplekt) uchun
0 ‘zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam
ish haqining ellik baravarigacha miqdorda qiymatga ega bo‘lgan
buyumlar. Rahbar hisobot yilida ularni inventar va xo‘jalik anjomlari
tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining kamroq chegarasini
belgilashga haqli.
Inventar va xo‘jalik anjomlarini foydalanishga topshirishda
ularning qiymati vazifasiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoki
davr xarajatlariga to‘liq hisobdan chiqarilib, keyin tashkilot tomonidan
oddiy shakl bo‘yicha (bir tomonlama tartibda), tannarxi bo‘yicha nomlar
(nomenklatura raqamlari) yoki guruhlar (yiriklashtirilgan komplektlar)
kesimida tezkor miqdoriy hisob yuritiladi, bunda foydalanishga kelib
tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (bo‘linmalar bo‘yicha) va
ulardan foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaxslar
ko'rsatiladi.
Agar inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati bir birlik
(komplekt) uchun xarid qilish paytida 0 ‘zbekiston Respublikasida
belgilangan eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, unda
lashkilot ularni foydalanishga berishda ushbu inventar va xo‘jalik
anjomlarining qiymatini muddati kechiktirilgan xarajatlarga kiritishi
mumkin. Bunda kechiktirilgan xarajatlami kamaytirish, ya’ni ularni
xarajatlarga hisobdan chiqarish quyidagi usullardan birini qo‘llash orqali
amalga oshiriladi:
a) qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga
mutanosib ravishda hisobdan chiqarish;
b) teng me’yorli tarzda.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar inventar va xo‘jalik
anjomlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
- maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni
turkumli va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani
tayyorlash uchun moijallangan, maqsadli asbob va moslamalar);
- maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal;
- ko‘rpa-to‘shaklar;
- yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiIadigan
asboblar va hokazolar);
- oshxonadnventari, shuningdek dasturxon va sochiqlar;
- barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga
kiritiladigan vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;
- foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan
uskunalar;
- ovlash qurollari (to‘rlar, matraplar, trallar va hokazo).
Korxona ulaming vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o‘miga
bog‘liq holda inventar, asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish
uchun hisobvaraqlami mustaqil ochish huquqiga ega. Topshirish paytida
inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati to‘laligicha ishlab chiqarish
yoki davr xarajatlariga kiritiladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga berish buxgalteriya
hisobida inventar va xo‘jalik jihozlarini xarid qilish va ishlab chiqarish
bilan bogiiq haqiqiy xarajatlar summasi (haqiqiy tannarx bo‘yicha)
xarajatlami hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi va quyidagi
yozuvlar amalga oshiriladi:
Debet 2000, 2300, 2500, 2700, 9400, 3290
Kredit 1080
Bir vaqtning o‘zida, foydalanishda bo‘lgan inventar va xo‘jalik
jihozlarini saqlanishini nazorat qilish maqsadida balansdan tashqari
schyotda quyidagi yozuv amalga oshiriladi:
Debet 014 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” hisobga
olishga o‘tkazilgan inventar va xo‘jalik jihozlari summasiga.
Dostları ilə paylaş: |
|
|