Raqamli texnologiyalar iqtisodiy yuksalishning muhim



Yüklə 297 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.12.2023
ölçüsü297 Kb.
#147414
#3-



__62__ 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR IQTISODIY YUKSALISHNING MUHIM 
OMILI 
Normurodov Botir Tuhliyevich
Biznis va tadbirkorlik oliy maktabi
MBA yo’nalishi, 2-kurs talabasi
 
 
Annotatsiya
: maqolada raqamli iqtisodiyotning mohiyati,uning boshqa rivojlangan 
mamlakatlardagi rivojlanish darajasi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilib, hozirgi globallashuv 
sharoitida mamlakatimiz barcha sohalarining raqamli iqtisodiyotga o‘tishining obektiv 
zaruriyat ekanligini yoritib berishga harakat qilingan.
Kalit so‘zlar
: raqamli iqtisodiyot, internet, mobil tarmoq aloqalari, biznes,
“axborotlashgan jamiyat”. 
Raqamli iqtisodiyotga o‘tish barcha davlatlar va albatta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
uchun kechiktirib bo‘lmaydigan, o‘ta dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ilmiy adabiyotlarda 
va matbuot sahifalarida raqamli iqtisodiyotga ko‘plab ta’riflar berilgan, jumladan, xorijiy
manbalarda raqamli iqtisodiyotga raqamli axborot texnologiyalari va iqtisodiy agentlar 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish deb, boshqalarida esa uni xo‘jalik sub’ektlarining internet bilan 
bog‘langan holdagi iqtisodiy rivojlanish natijasi deb, ayrimlarida raqamli texnologiyalar va 
tegishli mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, tarqatish va ulardan foydalanish bo‘yicha 
faoliyat, degan, ta’riflar mavjud. Raqamli iqtisodiyotga berilgan boshqa ta’riflarni ham 
keltirish mumkin. Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyotga berilgan bu kabi ta’riflar uning 
mohiyatini to‘g‘ri ifodalab beradi, chunki raqamli iqtisodiyotga texnologiyalar va iqtisodiy 
agentlar yoki internet bilan bog‘langan rivojlanish jarayoni sifatida qarash o‘rinli, ammo
unchalik yetarli emas, chunki raqamli iqtisodiyot, avvalo raqamli axborot texnologiyalarining
rivojlanishi va barcha davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlari taraqqiyotini ta’minlash bilan 
bog‘langan.
Shu sababdan raqamli iqtisodiyotga har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining barcha 
tarmoqlariga va ijtimoiy hayotining turli jabhalariga zamonaviy axborot texnologiyalari 
yutuqlarini joriy qilish va undan unumli foydalanish natijasida iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni 
ta’minlash, deb ta’rif berilsa yanada to‘laroq bo‘lar edi, deb hisoblaymiz.
Raqamli iqtisodiyot axborot texnologiyalari bilan bog‘langan elektron tijorat, tovarlar 
ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalari bilangina cheklanib qolmasdan, shu bilan 
birga, milliy iqtisodiyotning sog‘likni saqlash, fan va ta’lim, qurilish, energetika, qishloq va 


__63__ 
suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, arxiv, internet- banking kabi tarmoqlariga, ijtimoiy 
va huquqni muhofaza qilish sohalariga ham jadal kirib bormoqda va ularning har birida 
yuqori samara berishi ta’minlanmoqda.Raqamli iqtisodiyotning dastlabki poydevori axborot 
texnologiyalari hisoblanadi. Uni raqamli axborot texnologiyalari, deb atashsa to‘g‘riroq bo‘lar 
edi, chunki axborot texnologiyalarining asosida tegishli raqamlar yotadi. Ularning
evolyusiyasi bir necha bosqichlarga bo‘linadi va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shubhasiz, 
raqamli axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining 
talabidan kelib chiqqan obektiv jarayondir. Bugungi kunda raqamli axborot texnologiyalarini 
targ‘ib qilishning asosiy maqsadi har qanday strategik vazifalarni hal etishga, ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarni optimal boshqarishni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishga 
imkon beradigan darajadagi axborot texnologiyalari tizimini yaratishdir. Bu esa raqamli 
iqtisodiyotning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shuni alohida ta’kidlash 
lozimki, shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi raqamli axborot texnologiyalarini
rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi. Yangi axborot texnologiyalari tizimlarini yaratish va 
undan foydalanish - bu mavjud ehtiyojlarni qondirish imkoniyatidir. Bunday holatda barcha
foydalanuvchilar raqamli axborot texnologiyalarini ilgari surishda faol ishtirok etadilar.
Bugunga kelib raqamli axborot texnologiyalari axborotlarni ommaviy va tezkor ishlov 
berishga yo‘naltirilgan. Ular rahbarlarning oqilona qarorlar qabul qilishiga, o‘zgaruvchan 
bozorning mumkin bo‘lgan kutilmagan hodisalaridan himoyalanishiga, raqobatbardoshlikni
ta’minlash uchun kerakli shart-sharoitlar yaratib, natijada muvaffaqiyatga erishishlariga
yordam berishlari kerak. Hozirgi davrda raqamli axborot texnologiyalarini rivojlantirishning 
eng mashhur va keng tarqalgan texnologik vositalari “Internet” hisoblanadi. Jahonda axborot 
texnologiyalarining uzoq vaqt davomida tarqalishi mamlakatlar milliy iqtisodiyotining 
rivojlanish yo‘llarini belgilab berdi, insonlar hayotidagi tub o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi va 
fanda raqamli iqtisodiyot terminining paydo bo‘lishiga tamal toshini qo‘ydi. Bu har bir 
mamlakat milliy iqtisodiyotini optimal darajada rivojlantirish va shu orqali xalqning moddiy
farovonligini ta’minlashdan iboratdir. Milliy iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohaning 
barcha jabhalarida raqamli axborot texnologiyalarini jadal sur’atlar bilan joriy etish barcha 
mamlakatlar uchun ustuvor masaladir.
Bugun jadallik bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni «yangi iqtisodiyot»ni, ya’ni 
raqamli iqtisodiyotni vujudga keltirdi. Kam o‘rganilgan va kun sayin chuqur tomir otib


__64__ 
borayotgan bu iqtisodiyot ishlab chiqaruvchilarga tadbirkorlikda va ijtimoiy sohalarda 
samarali marketing faoliyatini uyushtirish, xarajatlarni minimal miqdorda kamaytirib, 
maksimal foyda olish, tovarlarni sotish va xizmatlar ko‘rsatishni muvaffakiyatli amalga
oshirishga katta imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Keyingi yillarda dunyo miqiyosida tadbirkorlik va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatda 
raqamli axborot texnologiyalarining yangi avlodi paydo bo‘lib, ularning rivojlanish ko‘lami
tufayli fanda “sun’iy intellekt”, “robototexnika”, “narsalarning interneti”, “simsiz
texnologiyalar” va boshqa terminlar paydo bo‘ldi. Bularning barchasi raqamli iqtisodiyotning 
elementlaridir. Hisob-kitoblarga ko‘ra raqamli iqtisodiyotga o‘tish mamlakat milliy 
iqtisodiyotida faoliyat olib borayotgan firmalardagi mehnat unumdorligini, ularning ish
samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda o‘sish, faoliyat shaffofligini ta’minlash, mahsulot 
mutloq miqdorining o‘sishi va uning tannarxini keskin kamaytirish imkonini beradi. Bu uning 
eng katta ustunlik tomonidir. Raqamli iqtisodiyot vositasida iste’molchi, xaridor va 
mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatiladi va boshqa bir qator qo‘layliklar yaratiladi. Bu vaktingiz 
tig‘iz paytida tushlikka buyurtma berish, taksi chaqirtirish, uzokdagi yakiningizga pul 
jo‘natish, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijorat maydoni, masofaviy ofis 
kabilarni ham qamrab olmoqda.
Raqamli texnologiyalarni joriy qilish va uni jadal sur’atlarda rivojlantirish qator 
davlatlar uchun ustuvor yo‘nalishlarning eng asosiysiga aylanib ulgurdi. Ular raqamli 
rivojlanishni amalga oshirish davrining uzoq davom etishi, ustuvorliklarning uzluksizligi, 
asosiy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaratishdan boshlab, ushbu sohada maqbul 
siyosatni shakllantirishga va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish dasturlarini qo‘llab-
quvvatlashi bilan ajralib turadi.
Hozirgi vaqtda dunyo reytingida etakchilik qilib kelayotgan yigirma mamlakatda 
raqamli iqtisodiyot samarasi sifatida yiliga 2 trln. AQSH dollari miqdorida qo‘shimcha 
mablag‘lar yaratilmoqda. Ularning amalga oshirilishi firmalardagi mehnat unumdorligini 40
foizga, yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshirish imkonini berishi hisob-kitob 
qilingan. Shu bilan birga, qo‘shib yozishga, yashirin iqtisodiyotning avj olib ketishiga va shu 
kabi illatlarning tomir yoyishiga to‘siq bo‘ladi. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoev ta’kidlab 
o‘tganidek, iqtisodiy o‘sishni yuqori darajada ta’minlagan holda korrupsiya illatining oldini 
oladi va unga barham beradi. Iqtisodchi olimlar tomonidan 2022 yilga kelib dunyo yalpi ichki 


__65__ 
mahso‘lotining qariyb chorak qismi raqamli iqtisodiyot hissasiga to‘g‘ri kelishi bashorat 
qilinayotgan bir sharoitda yangi iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyati yanada dolzarb tus 
oladi.
Yurtimizda internet tizimini keng joriy qilish negizida raqamli iqtisodiyotga o‘tishda 
jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari bilan aloqa qilish shakllarini yanada 
rivojlantirish yuzasidan «Yagona interaktiv davlat xizmatlari» portali yangi versiyasining, 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqishi uchun 
virtual qabulxonasi – «business.gov.uz» portalining ishga tushurilishi muhim tadbirlarning 
boshlanishi, deb qaralishi mumkin.
Demak, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotga o‘tish borasida ayrim ijobiy siljishlar 
bilan birga yechimini kutayotgan masalalar ham yetarlicha. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, 
«Yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo‘yicha 
2019 yilda 8 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsada, hali juda ham orqadamiz. Aksariyat vazirlik va 
idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq desak, bu ham haqiqat».
Yurtboshimiz ta’kidlab o‘tganlaridek, «Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish 
kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mexnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. 
Biroq qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz? Ertaga 
juda kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish - kelgusi besh yildagi eng 
ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi».
Mamlakatimiz katta tabiiy boyliklarga ega. Ulardan unumli va samarali foydalanish 
ham iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qilishi, bu tabiiy hol, albatta. Chunonchi, hozirgi 
globallashuv davriga kelib dunyo mamlakatlarining rivojlanishi faqat ularning tabiiy
boyliklari yoki geografik joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘lmay qoldi. Bu esa, innovatsion 
g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tadbirkorlik 
sub’ektlarining uzviy hamkorligini ta’minlash, zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, 
intellektual salohiyatli kadrlarni etishtirish masalalariga alohida e’tibor qaratishni zaruriat 
qilib qo‘ymoqda.
Demak, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni keng joriy qilishdagi muammolar 
yetarli. Bularning echimida shu yilning oktyabr oyida Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan 
“Raqamli O‘zbekiston–2030” Dasturining qabul qilinishi dasturil amal bo‘lib xizmat qilishi
shubhasiz.


__66__ 
Xulosa o‘rnida, axborot texnologiyalari sohasida taniqli shaxs hisoblangan
«Microsoft» korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning quyidagi fikrlarini keltirishni o‘rinli deb 
hisobladik: «Tez orada yer sharida faqat ikki tur kompaniyalar mavjud bo‘ladi: birinchisi, 
internet orqali biznes qiluvchilar va ikkinchisi, biznesdan chiqqan kompaniyalar». Bu esa, 
barcha davlatlarning raqamli iqtisodiyotga o‘tishi davr talabi ekanligini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi 
Oliy Majlisga murojaatnomasi.//Xalq so‘zi, 2020 yil 25 yanvar, 19-soni.
2. Utkin V.B.,Baldin K.V. Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari.-O‘quv 
qo‘llanma (rus tilida).- M.: UNITI, 2018.
3. Jumanova S. Raqamli iqtisodiyot: taraqqiyot sari yo‘l.//Yangi O‘zbekiston, 2020 yil 
28 yanvar, 2-soni.

Yüklə 297 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə