1-variant Ombordagi materiallar hisobi



Yüklə 3,44 Mb.
səhifə24/67
tarix23.05.2022
ölçüsü3,44 Mb.
#87757
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67
2 5213136887618738063

3. ga javob

Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob qilinganida to‘lovchining topshirig‘i bilan va uning ko‘rsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent), mablag‘larni oluvchi yoki u ko‘rsatgan shaxs hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.


Akkreditiv bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblarda chet el banklari ishtirok etganda, ushbu operatsiyalar Xalqaro savdo palatasining standartlari asosida amalga oshiriladi.
Akkreditivning amal qilish muddati va u bo‘yicha hisob-kitob qilish tartibi mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Bunda shartnoma quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
mablag‘larni to‘lovchining banki nomi;
akkreditivning turi va uni bajarish usuli;
akkreditiv ochilganligi haqida mablag‘larni oluvchini xabardor qilish usuli;
akkreditiv bo‘yicha mablag‘lar olish uchun mablag‘larni oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifi;
Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Akkreditivni boshqa shaxslar nomiga qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Mablag‘larni to‘lovchi akkreditiv ochish uchun unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka shartnomani ilova qilgan holda ikki nusxada akkreditivga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda arizaning (to‘lov hujjatining):
birinchi nusxasi to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
ikkinchi nusxasi mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilinadi.
Akkreditiv summasi bir vaqtning o‘zida ko‘zda tutilmagan holatlar balansdan tashqari hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
Qoplangan akkreditivda nazarda tutilgan summa mablag‘larni oluvchining bankida ochilgan hisobvaraqqa mablag‘larni to‘lovchining arizasiga (to‘lov hujjati bilan) asosan o‘tkaziladi. Bunda mablag‘larni oluvchining banki akkreditivda nazarda tutilgan summa mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga kelib tushganligi haqida uni xabardor qiladi.
Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov tizimi orqali kelib tushgan akkreditivga arizalar bank tomonidan ikki nusxada chop etilib, uning bir nusxasi bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi, ikkinchi nusxasi — 1-son kartotekada hisobga olinadi.
Akkreditivning muddati tugaguniga qadar mablag‘larni oluvchi va to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan va mablag‘larni oluvchi tomonidan akkreditiv shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ikki nusxada taqdim qilingan taqdirda, tegishli summa uning hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. Bunda bank tomonidan mablag‘larni oluvchining akkreditiv shartlariga rioya qilganligi hamda ularning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirganligi tekshirilishi shart.
Mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasida tuzilgan akkreditiv bo‘yicha shartnomada belgilangan shartlarning bittasi bajarilmagan taqdirda ham akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi.
Mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazishda bank tomonidan to‘rt nusxada memorial order rasmiylashtirilib, uning “To‘lov maqsadi” grafasida to‘lov qaysi shartnoma asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, shu shartnomaning tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
Akkreditiv bo‘yicha qisman to‘lovlar amalga oshirilgan taqdirda, mablag‘larni to‘lovchining banki va mablag‘larni oluvchining banki amalga oshirilgan qisman to‘lovlarni 1-son kartotekadan hisobdan chiqarib boradi.
Akkredit va maxsus schyotlar orqali olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi shu tarzda olib boriladii.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə