1. Ta’lim berish texnologiyasi ( amaliy mashg’ulot )


DORI VOSITALARNI ORGANIZMGA YUBORISH YO’LLARI



Yüklə 106,03 Kb.
səhifə5/8
tarix13.09.2023
ölçüsü106,03 Kb.
#121756
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Ta’lim berish texnologiyasi ( amaliy mashg’ulot )

DORI VOSITALARNI ORGANIZMGA YUBORISH YO’LLARI
Dorilarning ta’sir qilish tezligi, kuchi va muddati ularni organizmga yuborish yo’llariga ko’p jihatdan bog’liq dir. Shu bilan birga bu yo’llarning har biri o’z xususiyati bilan ajralib turadi.
Dorilarni organizmga yuborishning barcha yo’llari asosan 2 guruhga bo’linadi:
1. Enteral yo’l (me’da – ichak yo’li orqali)
2. Parenteral yo’l (me’da – ichak yo’lini chetlab)
Enteral yo’llar - ularga og’iz orqali, til osti, 12-barmoq ichak orqali va to`gri ichak orqali kiritish.
Og’iz orqali yuborish – eng ko’p tarqalgan, oson va qulay usul. Bu yo’l bilan yuboriladigan dori moddalar asosan ingichka ichakda, ba’zilari me’dada so’riladi. Ta’siri 15-30 min dan keyin boshlanadi, dorilar har xil o’zgarishlarga uchraydi, albatta jigar orqali o’tadi.
Til ostiga qo’yish – bunda dori modda tez so’riladi, ta’siri tez boshlanadi. Dori moddalar jigarni chetlab o’tadi. Bu yo’ldan kam foydalaniladi, bu usul bilan faol moddalar kichik dozalarda ishlatiladi (masalan, nitrogliserin).
To`gri ichak orqali kiritish - dorilar shamcha yoki klizma yordamida kiritiladi. Dorilar tez so’rilib ancha kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bunda ham jigar chetlab o’tiladi.
Parenteral yo’llar bularga teri ostiga va ichiga, muskullar orasiga, venaga yuborish kiradi. Bu usullar dori morddalarini qon aylanish doirasiga tez va to’liq tushishini ta’minlaydi, ayniqsa venaga yuborish.
Subaraxnoidal yo’l ba’zi bir, gematoensefalik to’siq orqali o’tolmaydigan moddalar shu yo’l bilan yuboriladi. Bu yo’l bilan ko’pincha mikroblarga qarshi vositalar turli yuqumli kasalliklarda yuboriladi.
Nafas orqali yuborish – bu yo’l bilan har xil gazsimon uchuvchan, bug’simon moddalar, hamda aerozollar kiritiladi. Bunda qon aylanish doirasiga tez tushadi.
DORI MODDALARNING ORGANIZMDA TAQSIMLANIShI VA TO’PLANISHI.
BIOLOGIK TO’SIQLAR
Dori moddalari qonga quyilgandan keyin organizmning suvli muhitida tez tarqaladi. Ular organizmda ikki xil taqsimlanishi mumkin. Ko’pchilik dorilar notekis taqsimlanadi, ba’zilari esa bir qadar tekis taqsimlanishi mumkin.
Dori moddalarning taqsimlanishiga tarqalish yo’llarida joylashgan bir qancha tabiiy to’siqlar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bularga kapillyar tomirlaning devorlari, xujayra devorlari, gematoensefalik, yo’ldosh to’siqlari kiradi.
Moddalarning organizmda to’planishi ularning oqsillar bilan hosil qiladigan birikmalarining mustahkamligiga bog’liqdir.

Yüklə 106,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə