1. Ta’lim berish texnologiyasi ( amaliy mashg’ulot )



Yüklə 106,03 Kb.
səhifə4/8
tarix13.09.2023
ölçüsü106,03 Kb.
#121756
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Ta’lim berish texnologiyasi ( amaliy mashg’ulot )

3. Mavzuni asoslash
Xususiy farmakologiya bo’limlarni o’rganishda talabalar uchun umumiy farmakologiya masalalarini bilishlari, o’z ichiga dori vositalarni organizm bilan munosabati, yuborish yo’llari, ta’sir turlari,tarqalishi va chiqarish yo’llari, dori vositalarga o’rganib qolishni, qaram bo’lib qolishni va boshqalarni o’z ichiga olgan umumiy farmakologiya masalalarini bilishi shart. Ular keyinchalik talabalarga xususiy farmakologiyani o’rganishda va umumiy amaliyot shifokori faoliyatida kerak bo’ladi.
4. Fanlararo va fan ichidagi boq’liqlik
Shu mavzuni o`qitish talabalarning biokimyo, mikrobiologiya bo’yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar xususiy farmakologiya, klinik farmakologiya, terapiya va boshqa klinik yo’nalishlarni o’rganilganda kerak bo’ladi.
5. Nazariy qism
5.1. Nazorat uchun savollar:
1. Farmakologiya faninig rivojlanish tarixi. Umumiy farmakologiya nimani o’rganadi?
2. Dori vositalarni organizmga yuborish yo’llariga ta’rif bering. Enteral va parenteral yuborish yo’llarining o’ziga xosligi nimada?
3. Dori vositalarning odam organizmidan chiqarish yo’llari qanday?
4. Dori vositalarning organizmda so’rilishi va tarqalishi nimalardan iborat?
5. Dori vositalari ta’sir turlarini ta’riflang?
6. Dori vositalarining o’zaro ta’siri nima?
7. Dori vositalarning terapevtik kengligi deganda nimani tushunasiz?
8. Dori vositalarni takror ishlatilganda kuzatiladigan organizmdagi javob reaksiyasi qanday?
5.2. Mashg’ulot mazmuni
UMUMIY FARMAKOLOGIYA
“Umumiy farmakologiya” bo’limida dorilarni organizmga yuborish yo’llari, dori moddalarining organizmda tarqalishi, ularning to’planishi, qanday o’zgarishlarga uchrashi va organizmdan chiqarilishi ko’rib chiqiladi. So’ngra farmakodinamikaning umumiy qonuniyatlari dori moddalarining farmakologik ta’siri, ta’sirlarining turlari, ta’sirning organizm xususiyatlariga bog’liq bo’lishi, takror-takror yuborilganda va boshqalari bilan birga ishlatilganda ta’sirining qay tarzda o’zgarishi, ularning zararli va nojo’ya ta’sirlari ko’rib chiqiladi.
Umumiy farmakologiyaning sir-asrorlari odatda ikkita asosiy parametr bo‘yicha o‘rganiladi. Bular – farmakokinetika va farmakodinamikadir.
Farmakokinetika – bu dori moddalarining organizmga kiritish yo‘llarini, undagi so‘rilishini, taqsimlanishini, depolanishini, parchalanishini va chiqarib yuborilishini o‘rganuvchi bo‘lim hisoblanadi.
Farmakodinamika – bu dori moddalarining biologik samaralarini, shuningdek, ularning ta’sir mexanizmlarini va ta’sir qilish joylari (lokalizasiyasi) ni o‘rganuvchi bo‘limdir.

Yüklə 106,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə