Fan nomi: “Fiziologiya”
Mavzu: “Liberin”
Bajardi: Mirdavurova Umida Axtam qizi
Guruh: BTS-117
Tripsin – ovqatni hazm qildiradigan ferment; gidrolazalar sinfiga kiradi. Tripsin meʼda osti bezida hosil boʼladi. Ichakda oksilni parchalaydi. Tripsin preparatlari jarohatlanganda, kuyganda, tromboz va boshqa(lar)ni davolashda baʼzi ferment va antibiotiklar bilan birga qoʼllanadi.
Ovqat hazm qilish murakkab fiziologik jarayon bo'lib, bunda ovqat fizik va kimyoviy o'zgarishlar natijasida mayda zanrachalarga parchalanib, oshqozon va ichak bo`shlig`idan qon hamda limfa tomirlariga so'riladi.
Ovqat og'iz bo'shlig'ida tishlar yordamida, oshqozonda va ichakJarning mayatniksimon hamda peristaltik harakati natijasida maydalanishi fizik o'zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog', uglevodlaming fermentlar ta'sirida parchalanishi kimyoviy o'zgarish deb ataladi. Ovqatni parchalovchi fermentlar uch guruhga bo'linadi:
I. Proteazalar - oqsillarni parchalovchi fermentlar.
2. Lipaza - yog'lami parchalovchi ferment.
3. Karbogidrazalar - uglevodorodlarni parchalovchi fermentlar.
Bu fermentlar til osti, jag' osti, quloq oldida, oshqozon va ichaklarning shilliq qavati ostida joylashgan bezlardan hamda oshqozon osti bezidan ishlab chiqariladi.
Fizik va kimyoviy o'zgarishlar natijasida ovqat tarkibidagi oqsillarning parchalanishidan aminokislotalar, yog'larning par¬chalanishidan glitserin va yog' kislota, uglevodlarning parchalanishidan monosaxaridlar hosil bo'ladi. Ular oshqozon-ichakJar devoridagi qon va limfa tomirlariga so'riladi.
Organizmda moddalar almashinuvi. Odam tashki muxitdan ovqat kabul qilish organizmda uni o’zgarishi, hazm qilishini, xosil bo’lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida energiya xosil bo’ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish bajaradi, hujayralar ko’paydi, yosh organizm o’sadi va rivojlanadi, tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi. Moddalar almashinuvchi bir – biriga chambarchas bog’lik bo’lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyasiya va diaaimilyasiya oqali o’tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o’tishi assimilyasiya deyiladi.
Vitaminlar. Vitaminlar ham yog’lar, oqsillar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv kabi organizm uchun zarur bo’lgan oziqa moddalardan hisoblanadi. Rus olimi N. I. Lunin ( 1853 – 1938 ) 1880 yilda organizm uchun zarur bo’lgan moddalardan biri vitaminlar ekanini birinchi bo’lib isbotladi. 1912 yilda K. Funk tomonidan vitaminlar deb nomlandi ( vita – xayot degan ma’noni anglatadi ). Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo’lib, ular organizmning o’sishiga modda almashinuviga immune holatiga, yurak – qon tomir, nerv tiziminish ish faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Agar biror vitamin organizmga mutlaqo kirmasa gvitaminoz, yetishmasa gipovitaminoz, me’yoridan ortib ketsa gipervitaminoz deyiladi. Har bir vitamin turli hil vazifani bajaradi.
A vitamin o’sish vitamini deyiladi. U organizmning o’sish va rivojlanishida, teri ostki qavati xolatini normal saqlashda, ko’z o’tkirligini yaxshi bo’lishini ta’minlashda muhim axamiyatga ega. Bu vitamin yetishmanganda teri quruqlashib, yorilib, nafas yo’llari va oshqozon – ichak qavatigini yallitlanishi kasalliklari yuziga keladi. Vitamin A baliq yog’ida, sariyog’da, tuxum sarig’ida, jigarda, sabzi, qizil qalampir, uruq tarkibida ko’p bo’ladi. B gruppa vitaminlarga B1 ( tiamin ) , B2 (riboflamin ), B6, B12, PP (nikotin kislota ) kiradi.
Gidrolazalar
Gidrolazalar (EC 3)[1] kovalent bog'lanishning gidrolizlanishini katalizlovchi fermentlar sinfidir. Gidrolaza bilan katalizlanadigan reaksiyaning umumiy shakli quyidagicha:
A-B + H2O → A-OH + B-H
Agar ular polipeptid zanjirida ma'lum bir pozitsiyani egallagan bo'lsa, ular o'zgarmagan sulfgidril SH-guruhlari ishtirokida faollikni ko'rsatadi. Katalitik ta'sir gidrolazalarning ajraladigan modda bilan birikmasidan va keyinchalik gidrolazalarning o'zlari ajralib chiqishi bilan reaksiya mahsulotlarining parchalanishidan iborat. Mexanizm transferazalarning ta'siri bilan juda ko'p umumiy xususiyatlarga ega. Gidrolazalar ajraladigan guruhlarni suvga o'tkazadi, ammo ba'zilari ularni boshqa molekulalarga ham o'tkazishga qodir. Ba'zi gidrolazalar kristall shaklda (ureaza, pepsin, tripsin, ximotripsin va boshqalar) ajratilgan.
Dostları ilə paylaş: |