1. O'zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi. O‘zbek tilining yangi imlo qoidalari. Unli va undoshlar imlosi To`g`ri ko`chirish qoidalari. Yozuvdagi tinish belgilarining qo`llanilish o`rni va bajaradigan vazifasi



Yüklə 143,31 Kb.
səhifə4/10
tarix24.12.2023
ölçüsü143,31 Kb.
#159789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbek tili

Mm harfi moy, muborak, tomon, ilhom kabi so‘zlarda ovozdor lab-lab burun undoshini ifodalash uchun yoziladi.13. Dd harfi:1) dala, odat, bunyod, modda, jiddiy kabi so‘zlarda til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;2) odob, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxo‘r kabi so‘zlarda t aytilsa ham, d yoziladi.14. Tt harfi tong, tun; butun, o‘tin, o‘t, kut kabi so‘zlarda ti1 oldi jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.15. Zz harfi:1) zar, zamon; toza, o‘zbek; yoz, g‘oz kabi so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;2) iztirob, izquvar, bo‘zchi, tuzsiz kabi so‘zlarda jarangsiz undoshdan oldin s aytilsa ham, z yoziladi.

KO‘CHIRISH QOIDALARI.

Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi: to‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-ta-kor, paxtakor kabi. Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi: va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi.76. So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular quyidagicha ko‘chiriladi:1) so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi;2) so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.77. O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi:1) ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi.2) uch undosh yonma-yon kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi.78. Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi: pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi.79. Bosh harflardan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko‘p xonali raqamlar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi: AQSH, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi.80. Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 5-,,A” sinf, V ,,B” guruhi,



Yüklə 143,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə