1. O'zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi. O‘zbek tilining yangi imlo qoidalari. Unli va undoshlar imlosi To`g`ri ko`chirish qoidalari. Yozuvdagi tinish belgilarining qo`llanilish o`rni va bajaradigan vazifasi



Yüklə 143,31 Kb.
səhifə7/10
tarix24.12.2023
ölçüsü143,31 Kb.
#159789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbek tili

BOSH HARFLAR IMLOSI

  1. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallu-si, nasl-nasabi bosh harf bilan yoziladi: Sobirov Zokirjon Shukurjonovich, Abdurauf Fitrat, G'aznaviylar kabi.

  2. Mamlakatlar, shaharlar, qishloqlar, shaharchalar, daryo, dengiz, tog', tepa, adir nomlari ham bosh harf bilan yoziladi: Hindiston, Muborak, Urgut, Tentaksoy, Qo'ng'irtog', Qashqadaryo, Qora dengiz va hokazo.

3. Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va
san'at asarlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, trans-
port vositalarining nomlari bosh harf bilan yoziladi: «Ma-
lika» firmasi, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni, «0'zqish-
loqxo'jmashxolding» kompaniyasi, «Damas» avtomobili,
Ko'kdumaloq kompressor stansiyasi, Xorazm chanqovbosti
ichimliklar zavodi, Qizilqum fosforit kombinati, «Amudaryo»
jurnali, «Shaytanat»
asari va hokazo.

  1. Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi bosh harf bilan yoziladi: Mustaqillik kuni, Navro'z bayrami, Xotira kuni.

  2. Oliy darajadagi davlat tashkilotlari, xalqaro birlash-malar nomi bosh harf bilan yoziladi: O'zbekiston Respub-likasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, Yevropa Ittifoqi Kengashi kabi.

  3. Mudofaa vazirligi, Davlat test markazi, «Umid» jamg'armasi, Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi kabi tashkilotlar nomining birinchi harfi bosh harf bilan yoziladi.

  4. Oliy darajadagi unvonlar va mukofotlar nomi tarkibidagi so'zlar har biri bosh harflar bilan yoziladi: «Ozbekiston Qahramoni» unvoni, «Oltin Yulduz» medali.

Shuningdek, «Soq'lom avlod uchun» ordeni, «Shuhrat» medali singari mukofotlarning birinchi so'zi bosh harf bilan yoziladi.
8. Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi: Har qanday
intilish, izlanish, ijod xalq manfaatlariga xizmat qilsagina u
qadrlidur {A. Oripov).

Yüklə 143,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə