1. O'zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi. O‘zbek tilining yangi imlo qoidalari. Unli va undoshlar imlosi To`g`ri ko`chirish qoidalari. Yozuvdagi tinish belgilarining qo`llanilish o`rni va bajaradigan vazifasi



Yüklə 143,31 Kb.
səhifə9/10
tarix24.12.2023
ölçüsü143,31 Kb.
#159789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbek tili

VERGUL VA UNING QO'LLANILISHI
Vergul tinish belgisi sifatida G'arbiy Yevropada XV asr-dan boshlab ishlatila boshlangan. O'zbekcha matnlarda XX asr boshlaridan boshlab uchraydi. Undan quyidagi o'rinlarda foydaianiladi.
1. Uyushiq bo'laklar orasida. Bolalarning hulqi, odobi, yurish-turishi, ko'cha-ko'yda, mahallada o'zini tutishi, do'stlari orasidagi mavqeyi, hur-mati, oila yumushlariga qo'shayotgan hissasi bilan doimo qiziqib turish lozim (M. Inomova).
2. Undalmalar vergul bilan ajratiladi.
Uka, o'qishning erta-kechi bo'lmaydi. Men Sizni, oyi-jon, juda yaxshi ko'raman. Salom sizga, purviqor tog'lar!
3. Kirish so'z va kirish birikmalardan so'ng.
Shubhasiz, Vatanimiz jahonning rivojlangan mamlakatlari
qatoridan o'rin olajak. Forobiyning yozishicha, inson jami-yatda, o'zaro munosabatlarda voyaga yetadi.


SO'ROQ VA UNDOV BELGILARI, ULARNING QO'LLANILISHI
So'roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio — so'roq so'ziga olib borib taqaydilar. So'roq ma'nosida maz-kur so'zning birinchi harfi «Q» ishlatila boshlagan, ke-yinchalik uning shakli hozirgi holatga (?) kelib qolgan, o'zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so'ng muntazam ishlatila boshlangan.
SO'ROQ BELGISI QUYIDAGI O'RINLARDA ISHLATILADI:
1.So'roq gaplarning oxirida.
Yomonlikning jazosiz qolmasligini bilasizmi? Navoiyning tilshunoslikka bag'ishlangan qanday asari bor? Vazifani bajarib bo'ldim (darak gap). Vazifani bajarib bo'ldim? (ohang o'zgaradi).
2.Kim, nima, qanday, qanaqa, qaysi kabi so'roq olmoshlaridan so'ng.
Rang-tusni bildiruvchi sifatlar qanday? qanaqa? qaysi? so'roqlariga javob bo'Iadi.
3.Gap yoki matn ichidagi birorta so'z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo'lsa, undan so'ng qavs ichiga qo'yiladi. «Toping!» ma'nosida.
Abdulla Qodiriyning «0'tgan kunlar» qissasida (?) o'zbek xalqining yaqin o'tmishi haqida hikoya qilinadi. 5 • 5 = ? (matematikada).
UNDOV BELGISI VA UNING QO'LLANILISHI
Undov belgisi o'zbek tiliga rus tilidan o'tgan. Mutaxas-sislarning fikricha, u lotincha lo — undov so'zidan kelib chiqqan bo'lib, unga nuqta (.) ning qo'shilishidan hosil bo'lgan.
Undov belgisi quyidagi hollarda ishlatiladi: 1. Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so'ng qo'yiladi.
Oqpodsho yerdan bir siqim tuproq oladi.
Ana tuproq, mana tuproq! — deydi. — Bo'rsildoq tuproq, mag'izdor tuproq, hosildor tuproq. Tuproqmisan-tuproq! (Tog'ay Murod).
2. Buyurish, yalinish, istak, xohish va shu kabi ma'-
nolarni ifodalovchi gaplarning oxirida ham ishlatiladi.
Siz ham oyoqni ishlating! — deb buyurdi. Suv ostida o'pqonlar ko'p. Tortib ketmasin!
3. So'z boshida kelib, kuchli his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan so'ng qo'yiladi.
Ey arslonlar arsloni! Mening yozuqlarimdan o't, me­ning qo'limni tut, belimni bog'la, muqaddas fotihangni ber! (A. Fitrat).
4. Ha, yo 'q, xo'p, uzr, mayli, xayr, salom kabi so'z-gaplarhayajon bilan aytilsa, ulardan so'ng qo'yiladi.
Balli-balli! — dedi Rahim va Sharifga qarab im qoqdi (A. Qodiriy). Yo'q! Borolmayman, — dedi qayrilib.
5. Matn ichida alohida ta'kidlangan, ajratib ko'rsatilgan so'zlardan keyin qavs ichida berilishi mumkin.
.
6. Aytilishi lozim boigan fikr o'ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket uchta belgi qo'yiladi.
7. His-hayajon bilan aytilgan so'roq, shuningdek, ritorik so'roq gaplardan so'ng.

Yüklə 143,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə