1. O'zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi. O‘zbek tilining yangi imlo qoidalari. Unli va undoshlar imlosi To`g`ri ko`chirish qoidalari. Yozuvdagi tinish belgilarining qo`llanilish o`rni va bajaradigan vazifasi



Yüklə 143,31 Kb.
səhifə3/10
tarix24.12.2023
ölçüsü143,31 Kb.
#159789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbek tili

4. Uu harfi:1) uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura; ko‘zgu, uyqu; aluminiy, yubiley kabi so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;2) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg‘ovul, chirmovuq kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo‘g‘in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi

  • .5. O‘o‘ harfi o‘t, o‘q, o‘zbek, o‘simlik, do‘ppi; bo‘tako‘z, semizo‘t, gulko‘rpa, noo‘rin kabi so‘zlarda orqa qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi

  • .6. Ee harfi ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi; telefon, teatr; poyezd, atelye; e’lon, ne’mat, she’r kabi so‘zlarda old qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.

    7. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:1) unlilar orasiga ba’zan y undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi: a) ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi;b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi;d) ai: mozaika, ukrain, said, maishat kabi;e) oi: alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi;f) ea: teatr, okean, laureat kabi;2) ae, oe unlilar so‘z ichida kelganda ikkinchi unli y aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi.Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi: manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar.

    UNDOSHLAR IMLOSI.

    Bb harfi:1) bobo, bahor, bir, majbur, zarb kabi so‘zlarda jarangli portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;2) kitob, yuzlab, kelib kabi so‘zlar oxirida p aytilsa ham, b yoziladi; 3) qibla, tobla kabi so‘zlarda ba’zan v aytilsa ham, b yoziladi.9. Pp harfi paxta, pichoq, opa, tepa, tup, yop kabi so‘zlarda jarangsiz portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi.10. Vv harfi:1) ov, suv, kuyov; ovoz, savol; volida, vatan kabi so‘zlarda ovozdor sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;2) avtobus, avtomat kabi o‘zlashma so‘zlarda v ba’zan f aytilsa ham, v yoziladi.11. Ff harfi:1) fan, fe’l, futbol, fizika; asfalt, juft; insof, isrof kabi so‘zlarda jarangsiz sirg‘aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;2) fasl, fayz, Fotima, fursat kabi so‘zlarda f tovushi ba’zan p aytilsa ham, asliga muvofiq f yoziladi.


    Yüklə 143,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə