1-mavzu: Media va axborot savodxonligi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, media va axborot savodxonligi tushunchasi mazmuni Reja


Ахборот манбалари уч тоифага бўлинади



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə3/6
tarix09.09.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#121576
1   2   3   4   5   6
1-mavzu Media va axborot savodxonligi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, media va axborot savodxonligi tushunchasi mazmuni

Ахборот манбалари уч тоифага бўлинади.
Axborot manbasi, odatda, ijtimoiy ahamiyatga molik (ya’ni, keng ommaga qiziq va kerak bo‘lgan) axborotga ega bo‘lgan shaxs yoki tashuvchidir. Axborot manbalari an’anaviy (rasmiy manbalar, ya’ni hujjatlar, OAV materiallari, hukumat qarorlari, hayotning o‘zi va h.k.) va noan’anaviy (“ishonch telyefonlari”, ijtimoiy sog‘lomlashtirish markazlari, ikkilamchi xomashyo, shisha qabul qilish, mashina yuvish va yonilg‘i quyish shahobchalari, bozorlar va h.k.) ga ajratiladi.


Axborot borasida savodxon insonlar qo‘yidagi tayanch ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar: tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qila bilish va undan o‘z fikrini bayon etishda foydalanish, mustaqil ta’lim olish qobiliyati, davlat faoliyati va jamiyatda kechayotgan demokratik jarayonlarda ishtirok etish, xabardor fuqaro va o‘z kasbining ustasi bo‘lishga tayyor bo‘lish.


Axborot borasida savodxon insonlar odob axloq qoida va meyorlariga tayangan holda axborotni qanday to‘plash, undan foydalanish, uni sintezlash va tashkil etishni yaxshi biladilar. Mazkur kompetensiyalar har qanday o‘quv jarayoni kontekstida, shu jumladan ta’lim va kasbiy muhitga yoki o‘z-o‘zini rivojlantirishga nisbatan tadbiq qilinishi mumkin.

“Media” tushunchasi va media savodxonlik «Media» atamasi (lotincha — medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko‘rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasiga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o‘rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi.


Bugungi kunda media atamasidan OAV yoki massedia tushunchalarining sinonimi sifatida foydalaniladi. Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning ta’siri yil sayin oshib borib, ular vositasida insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy medialarning asosiy jihatlariga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va innovatsiyalarni kiritmoqda. Shu bilan birga boshqa manbalarda ham media atamasiga shu tarzdagi tavsiflar berilganini ko‘ramiz. «Media — ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga mo‘ljallangan ko‘ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga yo‘naltirilgan ko‘p sonli va serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir».

Aksariyat hollarda mutaxassislar media atamasi o‘zagida aynan ushbu tavsifni ko‘radi. Shunga qaramasdan, mazkur atamaning tor mazmuni ham mavjud. Ayrim tadqiqotchilar mazkur atama mazmunida alohida axborot muhiti sifatida aynan OAVni, boshqalari esa — aniq axborot tashuvchini nazarda tutadi. Kommunikatsiya kanali sifatida medialar sirasiga mutaxassislar bosma nashrlar, elektron OAV, shu jumladan Internet, reklamaning tashqi vositalari va b. ni kiritadi”


Medialar elektron bo‘lmagan bosma medialar hamda elektron medialarga ajratiladi:
Boshqa jihatdan olib qaraganimizda medialarni to‘rtta turga ajratish mumkin:





Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə