1-mavzu: Media va axborot savodxonligi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, media va axborot savodxonligi tushunchasi mazmuni Reja



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə2/6
tarix09.09.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#121576
1   2   3   4   5   6
1-mavzu Media va axborot savodxonligi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, media va axborot savodxonligi tushunchasi mazmuni

\


Axborot — «bizni o‘zgartiradigan» tushuncha (Stafford Beyer, 1979).
Axborot — bu «insonning ongiga yetib boradigan va uning bilimini oshiradigan» tushuncha (Blokdjik and Blokdjik, 1987).
«Axborot — bu uni oladiganlar uchun ma’noga ega shaklga keltirilgan va joriy yoki keyingi harakatlar yoki qarorlar uchun haqiqiy yohud potensial qiymatga ega ma’lumotlar» (Davis and Olsen, 1984).
Boshqa tomondan, “axborot” atamasi axborot berish, axborotni uzatish va uni tarqatish ma’nosida ham qo‘llaniladi. Ayrim tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, axborot deb oldindan ma’lum bo‘lmagan biror narsa haqidagi xabar yoki ma’lumotlar tushuniladi. Axborot muhim unsur bo‘lib, usiz nafaqat alohida insonni, balki jamiyatni ham tasavvur qilib bo‘lmaydi. Masala, uning sifati, mazmuni, ohangi va yo‘naltirilganligidadir. Shu bois axborot chegaralangan, qalbakilashtirilgan, tezkor, dolzarb va h.k. bo‘lishi mumkin.
Media va boshqa axborot manbalari tomonidan taqdim etilayotgan axborotdan to‘g‘ri foydalanish, insonlarning o‘zida axborotga bo‘lgan ehtiyojini anglashi, ma’lumotni topish va unga egalik qilish hamda sifatini baholash imkonini beradi.
Aksariyat hollarda iste’molchi u yoki bu maqsadga erishish uchun nimani bilishi zarurligini anglaydi va o‘z qidiruvishini ma’lum bir natijaga qaratadi. Masalan, inflyatsiya sharoitida har bir fuqaroni narx-navoning o‘sishi qiziqtiradi. Abituriyent oliy ta’lim muassasasiga kirish qoidalariga oid barcha ma’lumotni o‘rganadi. Tadbirkor va moliyachini birinchi navbatda birjadagi narx kotirovkasi qiziqtiradi.
Insonga u yoki bu axborot kanaliga murojaat qilish maqsadi tushunarli. Tanlov xabarning to‘laligi, manbaning ishonchliligi yoki qiziqarligi va h.k. asosida amalga oshiriladi. Ammo bu yerda ham manbaning ishonchliligini chuqur o‘rganish lozim. Masalan, o‘zini adabiy tanqidchi deb tanishtirgan shaxsning yangi adabiyot bo‘yicha tavsiyalari avvalo muayyan maqsadda berilgan bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda axborot materiallarining, kontent va resurs larning haddan tashqari keng va turli-tuman to‘plami mavjud, ayniqsa Internetda, u larning aniqligi, ishonchliligi va qiymati turlicha. Bundan tashqari, bu ma’lumotlar turli shakllarda (matn, tasvir, statistik ma’lumotlar, elektron yoki bosma shaklda) mavjud bo‘lib, ularni onlayn baza, portal, virtual va real kutubxona, hujjatlar to‘plami, ma’lumotlar bazasi, arxivlar, muzeylar va boshqalar orqali olish mumkin. Ammo ushbu axborotning sifati muhim omil sanalib, axborotning sifati «juda yaxshi» dan «juda yomon»gacha farqlanishi mumkin.
Demak, axborotni saralash asosida uning iste’molchiga xatto, o‘zi tushunmagan holatda ham qadrliligi yotadi. Axborot manbasini baholashda avvalo inson axborotni nima maqsadda olayotganini aniqlash zarur. Mazkur jarayon ishonchli axborot manbalarini aniqlashga yordam beradi. Masalan, quyidagi savollarga javob topishga harakat qilish joiz: konkret holat uchun axborotning qanday manbai yoki qanday turdagi manba eng ishonchli hisoblanadi, qanday manbalarning holis, betaraf, yashirin ma’nosi bo‘lmagan va sifat nazoratidan o‘tgan bo‘lish ehtimoli ko‘proq? Qaysi manbalar haqqoniy, xolis bo‘la oladi?


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə