1-mavzu: Media va axborot savodxonligi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, media va axborot savodxonligi tushunchasi mazmuni Reja



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə1/6
tarix09.09.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#121576
  1   2   3   4   5   6
1-mavzu Media va axborot savodxonligi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, media va axborot savodxonligi tushunchasi mazmuni


1-mavzu: Media va axborot savodxonligi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, media va axborot savodxonligi tushunchasi mazmuni
Reja:

  1. Media va axborot savodxonligi tushunchasi;

  2. Media va axborot savodxonligi jamiyat hayotidagi o‘rni;

  3. Ta’limda media va axborot savodxonligi.



Media savodxonlik va axborot madaniyati tushunchasi
Tabiat va jamiyatdagi har bir evolyutsion jarayon insoniyat tarixining muhim qismi
sifatida insoniyatni o‘zi haqidagi tarixiy haqiqatni topishga yaqinlashtiradi. Shu ma’noda
u еrning yaratilish tarixi, hayvonot olami va o‘simlik dunyosining o‘zaro bog‘liqligidan
dunyoning yaratilishi bilan bog‘liq muhim yangilikni tadqiq qiladi.
Mediasavodxonlik va axborot madaniyatining hayotimizga chuqur kirib borishi
tufayli axborot hajmi ham oshdi va bunday global jarayonda ommaviy demokratik
muloqotning eng yaxshi kafolati hisoblanadi. Muloqotning bu turi inson huquqlarini
amalga oshirishning asosiy omili hisoblanadi.
Binobarin, dunyodagi barcha voqea va hodisalar u yoki bu tarixiy manbaga o‘ziga
xos tarzda oydinlik kiritishi va ayni paytda muhim tarixiy ma’lumotlarning ochilishi
uchun sabab bo‘lishi mumkin. O‘tmish tarixi, ijtimoiy va gumanitar fanlarni o‘rganishda
falsafa, madaniyatshunoslik, etnologiya, etnografiya, san’atshunoslik, sotsialogiya va
boshqa shu kabi fanlar еtakchilik qilmoqda. Biroq, mohiyatiga ko‘ra, bu fan tarixining
muhim tarkibiy qismidir. Tarixiy manbalarga murojaat qiladigan bo‘lsak, ibtidoiy odam
o‘z fikrini o‘zi o‘ylab topgan turli belgilar va tasvirlar yordamida ifodalashga harakat
qilganligini bilib olamiz. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan til, yozuv va
muloqot shakli shu tarzda paydo bo‘lgan degan argument bor. Agar biz tilning tarixi va
evolyutsiyasi haqida fikr yuritmoqchi bo‘lsak, uni ilmiy jihatdan o‘rganishimiz kerak.
Jahon tarixida ibtidoiy tasviriy sanʼat, ayniqsa, gʻorlar devorlariga turli tasvirlarni
yozish paleolit davriga toʻgʻri keladi, Oʻrta Osiyodagi gʻor va qoyalarga chizilgan rasmlar
esa mezolit davriga mansub. Oʻrta Osiyoning togʻli hududlarida keng tarqalgan qoyatosh
rasmlari ishlov berish usuliga koʻra ikki turga boʻlinadi. Ularning ba'zilari bo‘yoq (oxra)
bilan chizilgan rasmlar (petrogliflar), ikkinchi turi o‘yilgan va ishqalangan.
Biroq til, nutq, yozuv va uning muhim elementlari inson evolyutsiyasida ahamiyat
kasb etish bilan birga millionlab yillar davomida shakllangan va shakllanmoqda. Til
jamiyat boyligi boʻlib, u jamiyat aʼzolarining oʻzaro munosabatlarini amalga oshiradi,
insonning moddiy va maʼnaviy hayotida sodir boʻlayotgan barcha hodisalar haqida
bilimlarni toʻplaydi, ular haqida hisobot beradi.
«Axborot» atamasi ko‘plab tavsifga ega bo‘lib, u ma’lumotlar, tadqiqot jarayonida olingan bilimlar, tajriba yoki tahsil olish, shuningdek, signal yoki belgilarni anglatishi mumkin.
Oddiy qilib aytganda, axborot — bu to‘plangan, qayta ishlangan va izohlangan, foydalanish uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etiladigan ma’lumotlardir. Axborotni yana bir boshqacha tavsifi — «tushunishga oson shaklda berilgan bilimlar»dir.
O‘tmishda mazkur tushuncha ortida odamlar tomonidan bir-biriga og‘zaki, yozma va boshqa usulda beriladigan ma’lumotlar tushunilgan. Keng ma’noda axborot ta’rifi kibernetika fanida keltirilgan. Uning asoschisi Norbert Vinerning yozishicha, “axborot — bu biz unga va uning bizning hissiyotlarimizga moslashuvchi, tashqi dunyodan olingan mazmun tavsifidir”.
Axborot tushunchasiga juda ko‘p olimlar tomonidan turlicha ta’riflar berilgan





Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə