1-mavzu: Media va axborot savodxonligi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, media va axborot savodxonligi tushunchasi mazmuni Reja


Media savodxonlik o‘z ichiga quyidagilarni oladi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə4/6
tarix09.09.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#121576
1   2   3   4   5   6
1-mavzu Media va axborot savodxonligi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, media va axborot savodxonligi tushunchasi mazmuni

Media savodxonlik o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
− Estetik va kreativ ko‘nikmalar media kontentni ijodiy jihatdan anglash, yaratish va talqin etish qobiliyatini bildiradi. Media kontentni yaratish orqali o‘quvchi mazkur ko‘nikmalarni o‘zida shakllantirishi mumkin.
− Interfaollik ko‘nikmalari media orqali muloqot qilish va turli media-rollarni bajarib ko‘rish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Mazkur ko‘nikmalarni ta’lim va amaliyot doirasida rivojlantirish mumkin. Interfaollik ko‘nikmalari o‘z fikri va qarashlarini ifoda etishga tayyorligini ko‘rsatadi.
− Tanqidiy tahlil ko‘nikmalari turli tahliliy vositalardan foydalangan holda, turfa xil media kontentni talqin qila olish va ahamiyatini tushunishni bildiradi. Ushbu ko‘nikmalar rang-barang mediakontent va janrlarni o‘rganish orqali yaxshiroq rivojlanadi;
− Xavfsizlik ko‘nikmalari murakkab vaziyatlardan chiqish va ularni oldini olish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Virtual makondan xavfsiz foydalanish, shaxsiy makonni himoya qilish hamda zararli kontent va muloqotdan voz kechishni nazarda tutadi.
Mediasavodxonlik - insonning jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir.
Media va axborot savodxonligi — «soyabon», ya’ni bir tushuncha mazmunida ikki ma’no birlashgan atama sifatida YUNESKO tomonidan tavsiya etilgan. Uning mohiyatini anglash uchun har bir tushuncha o‘zagini bilish zarur. Har bir atamaning mohiyatidan kelib chiqqan holda ularni tavsifi quyidagicha keltiriladi. Axborot savodxonligi — axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Ushbu majmuani 1-jadvalda ko‘rish mumkin. Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va ahloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi.
Media savodxonlik — mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo‘yicha ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Mazkur majmua 2-jadvalda keltirilgan.


Media savodxonlik media funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni amalga oshirish sifatini baholash va o‘z-o‘zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg‘u beradi. Media savodxonlik ham, axborot savodxonligi ham yoshlarda media va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan qat’iy nazar o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. Ushbu bir-biriga bog‘liq bo‘lgan sohani turlicha tushuntirib beruvchi ikkita ilmiy maktab mavjud.


Birinchi maktab vakillari axborot savodxonligini katta tadqiqotlar sohasi sifatida ko‘rishadi. Ikkinchi maktab namoyondalari esa axborot savodxonligi media savodxonlikning tarkibida bo‘lib, u ancha keng soha ekanligini ilgari suradilar.
Ammo YUNESKOning xalqaro ekspertlar guruhi nafaqat media va boshqa axborot xizmatlarining bir-biridan farqi, balki ularning o‘zaro aloqadorlik nuqtalarini ham aniqlagan.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə